30 yil va undan ko‘proq yashaydilar. Uzoq Sharq mintaqasidagi suvlarda yashovchi kit,
gorbusha, chavicha deb nomlanuvchi baliqlar esa atigi 2—5 yil yashaydi, xolos. Baliqlarning
yoshini ularning tangachalaridagi yillik halqalar
soniga ko‘ra aniqlash mumkin. Bu halqalar qish mavsumida baliqlarning o‘sishi to‘xtagan yoki
o‘ta sekinlashgandan keyin, suvning harorati ko‘tarilib, o‘sishi jadallashgan oraliqda hosil
bo‘ladi.
Tangachalar
tanadan yulib olinib, nashatir spirti bilan yuvilsa, undagi yillik
halqachalarning ko‘rinishi osonlashadi. Ushbu halqachalar qancha bo‘lsa, baliqlar shuncha
yoshga kirgan bo‘ladilar. Tangachalari yoki unda halqachalari bo‘lmagan baliqlarning yoshini
suzgich qanotlarining suyaksimon tig‘larini olib, undan mikroton yordamida yupqa qalinlikda
kesmalar tayyorlanadi. Bu
kesmalarni ksilol, benzol yoki toluolda yuvib, mikroskop yoki lupa yordamida ko‘rilganda, yillik
halqalarini ko‘rish va sanash mumkin. Ushbu halqalari soniga ko‘ra ham baliqlar yoshini
aniqlaydilar. Baliqlarni o‘lchash shakli 35-rasmda berilgan Naslli va ta’mirlash guruhidagi
yosh baliqlarning individual
ko‘rsatkichlari dalolatnomasi
Baliqchilik xo‘jaligi___________sanasi __________________________
Zotga mansubligi______________miqdori__________________________
Baliqning yoshi va toifasi________o‘rtacha og‘irligi__________________
Umumiy og‘irligi____________________________________________
Tabiatning organizmni o’rab turgan va u bilan bevosita aloqada bo’ladigan qismi yashash muhiti
deb ataladi. Har qanday organizm murakkab va o’zgaruvchan
muhitda yashaydi va bu
muhitning o’zgarishlariga o’z hayot faoliyatini moslashitirib boradi. Planetamizda tirik
organizmlar 4 ta asosiy yashash muhitini egallab olganlar: suv, quruqlik-havo muhiti, tuproq va
tirik organizm.
Organizmlarning yashash muhitiga moslashishi adaptatsiya deb ataladi. Organizmlarning
adaptatsiyaga qobiliyatliligi - uning asosiy xususiyatlaridan biridir. Bunday xususiyat
organizmning yashab qolishiga va ko’payishiga imkoniyat yaratib beradi. Organizmlarga
Har doim yashash muhitidan turli omillar ta’sir etib turadi. Tashqi muhitning organizmga
ta’sir qiluvchi xususiyatlari yoki elementlari ekologik omillar deyiladi.
Ekologik omillar juda turli tuman bo’lib,ular organizm uchun zarur bo’lishi ham
mumkin, zararli bo’lib ularning yashab qolishi va ko’payishiga to’sqinlik qilishi ham
mumkin. Ekologik omillar 3 ta katta guruhga ajratiladi.
1. Abiotik omillar - o’lik tabiat omillari bo’lib, organizmga bevosita yoki bilvosita ta’sir
ko’rsatadi. Bularga harorat, yorug’lik, suvning sho’rligi, shamol, oqim, joyning relfi va
hokazolar kiradi.
2. Biotik omillar - tirik organizmlarning bir-biriga ta’sir etish formasi.
Har qanday
organizmga Har doim boshqa organizmlar bevosita va bilvosita ta’sir ko’rsatib turadi.
3. Antropogen omillar-insoniyat jamiyati xo’jalik faoliyatining tirik organizmga ta’siri.
Inson omili organizmga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir qilishi mumkin, yoki yashash
muhitini o’zgartirib bilvosita ta’siri qilishi mumkin. Hozirgi vaqtda butun yer sharining taqdiri
antropogen omilga bog’liq bo’lib qoldi.
Ekologik omillarning organizmga ta’siri.
Ayrim olingan ekologik omillar turli organizmlarga turlicha ta’sir ko’rsatadi. M-n, qattiq
shamol ochiq yashaydigan yirik hayvonlarga ko’proq ta’sir qilsa, kichik, yashirin hayot
kechiradigan hayvonlarga ta’sir qilmaydi. Tuproqdagi tuz miqdori o’simlik uchun juda muhim
bo’lsa, hayvonlar uchun ahamiyati yo’q va h.o.Ba’zi ekologik omillar uzoq vaqt davomida
doimiy o’zgarmas bo’ladi. Masalan, tortishish kuchi, quyosh yorug’ligi, atmosferaning
xususiyatlari,okean suvining tarkibi va h.o. lar.
Ko’pchiliq ekologik omillar, masalan, harorat, namlik, shamol, yog’ingarchiliq,
Oziq, yirtkichlar, parazitlar, rakobatchilar va h.o. lar o’zgarib turuvchi omillardir. Bu
omillarning o’zgarishi darajasi yashash muhiti xususiyatlariga bog’liq.
Har qanday ekologik
omilni organizmga ijobiy ta’sir ko’rsatishning ma’lum chegaralari bor. Omillarning bu
chegaradan past yoki yuqori ta’siri organizm hayot faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Ekologik omilarning organizmga ijobiy ta’sir ko’rsatadigan qiymati optimum zonasi
deyiladi. Omilning ta’siri optimum nuqtadan qanchalik uzoqlashib borsa, organizmga salbiy
ta’siri shunchalik kuchayib boradi. Har qanday ekologik omilning maksimal va minimal
qiymatlari borki, omil ta’sirining bu qiymatlardan oshib ketishi yoki kamayib ketish
organizmni o’limga olib keladi.Omilning maksimal va minimal nuqtalar orasidagi qiymati
organizmlarning shu omillarga nisbatan ekologik valentligi deyiladi. Turli turga mansub
organizmlar bir biridan
optimum nuqtasi bilan ham, ekologik valentligi bilan ham farq
qiladi. Masalan, tundradagi ko’pchiliq hayvonlar haroratning 800 gacha o’zgarishiga (+30
dan -55 C gacha) chiday olsa, iliq suvlarda yashaydigan qisqichbaqa haroratning 60C gacha
o’zgarishiga chiday oladi xolos. Ekologik omilning aniq bir qiymati bir tur uchun optimal
bo’lsa, boshqa tur uchun salbiy ta’sir ko’rsatishi, uchinchi organizm uchun xalokatli bo’lishi
mumkin. Abiotik omillarga nisbatan keng ekologik valentlikka ega bo’lgan, ya’ni turli
ekologik sharoitga moslasha oladigan organizmlar evribiont organizmlar deyiladi. Aksincha, tor
ekologik valentlikka ega yoki ma’lum ekologik sharoitdagina yashay oladigan turlar
stenobiontlar deb ataladi. Agar organizm aniq bir abiotik omilga nisbatan keng ekologik
valentlikka ega bo’lsa, bunda abiotik omil nomiga “evri” old qo’shimcha qo’shiladi:
masalan, temperaturaning keng o’zgarishlariga chiday oladigan organizmlar evriterm
organizmlar deyiladi. Haroratga nisbatan tor ekologik valentlikka ega bo’lgan organizmlar
stenoterm organizmlar deyladi. Har bir ekologik omil organizmning turi funksiyalariga
turlicha ta’sir ko’rsatadi. Masalan, 400 C harorat sovuqonli hayvonlarda
modda almashinish
jarayonlarini tezlashtirsa, harakatlanish qobiliyatini susaytiradi. Organizlarning bir
ekologik omilga nisbatan chidamliliq darajasi, uning boshqa omilga nisbatan chidamliligini
ko’rsatmaydi. Masalan, haroratning keng o’zgarishiga chiday oladigan turlar namlik o’zgarishiga
chiday olmasligi mumkin. Turning turli omillarga nisbatan ekologik valentligi turlicha
bo’lishi mumkin. Turli omillarga nisbatan ekologik valentliklar yigindisi turning ekologik
spektri deyladi. Ekologik omilning optimal qiymati hamda bu omilga ta’siriga
organizmning chidamliliq darajasi ayni vaqtda boshqa omillarning ta’sir etish darajasiga
ham bog’liq. Masalan, yuqori haroratga nam havo sharoitiga nisbatan quruq havoda chidash
osonroq, muzlab qolish extimoli shamol esib turganda yuqoriroq bo’ladi.
O’zining optimal qiymatidan ko’proq chetga chiqadigan ekologik omillar
cheklovchi omillar deyiladi. Agarda faqat bitta omil o’zining
kritik nuqtasidan chetga
chiqsa,boshqa barcha omillar optimal darajada bo’lsa ham, organizm nobud bo’ladi. Turning
geografik areali cheklovchi omillarga bog’liq. Masalan, turning shimolga tarqalishini
issiqlikning yetishmasligi, janub tomon tarqalishini esa namlikning yetishmasligi cheklab
turadi. Cheklovchi omillarga
ba’zan botiq munosabatlarni ham kiritish mumkin M: anjir daraxti bitta tur ari tomonidan
changlanadi. Anjir daraxti Kaliforniyaga keltirib eqilganda hosil bermagan. Keyinchalik
uni changlantiradigan ari keltirigandan keyin anjir daraxti hosil bera boshlagan. Cheklovchi
omillarni aniqlash ayniqsa qishloq xo’jaligida muhim ahamiyatga ega,chunki bu omillar ta’sirini
yo’qotib o’simlik va hayvonlarning hosildorligi va maxsuldorligini oshirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: