B a L i q L a r b I o L o g I y a s I



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/99
tarix17.04.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#105966
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   99
BALIQLAR BIOLOGIYASI

Nazorat savollari:
1.
Ayrish tizimi va uning tuzilishi qanday? 
2.
 
Buyraklarning tuzilishi va vazifasi qanday?.
 
3.
 
Jinsiy tizim, jinsiy bezlarning tuzilishi va vazifasi qanday?
 
4.
 
Baliqlarning urchishi, rivojlanish etaplari qanday?
 
5-MA’RUZA 
Mavzu:
Baliqlarning yoshi va o‘sish sur’atlarini aniqlash. Uzunlik va og‘irlik o‘sishining 
nisbati. Baliqlar hayotidagi abiotik va biotik omillar. 
 
 
REJA
1.Baliqlarning yoshi va o‘sishi va ularni aniqlash. Qayd qiluvchi tuzilmalarda yillik halqalar 
hosil bo‘lishi. Uzunlik va og‘irlik o‘sishining nisbati. O‘sish ko‘rsatkichlari. Baliqlar 
hayotining davomiyligi.
2. Suvning harorati, yorug‘lik, cho‘kindilar, minerallashuvi, tovush, gaz tartibi abiotik omil 
sifatida. Tur, populyatsiya, boshqa tur ichidagi tuzilmalar.
3. Baliqlarning tur ichidagi munosabatlari. Baliqlar turlararo munosabatlari.
3. Baliqlar va bakteriyalar, suv o‘tlari, yuksak suv o‘siliklari, zamburug‘lar, umurtqasiz va 
umurtqali hayvonlar.
 
 
Tayanch iboralar
: Populyasiyalar yoshi, tarkibi, jinsi, bonitirovka, nobud bo’lishi, 
dinamikasi, chavoq, inkubatsiya, intinsiv, sadok, ekstinsiv, bentos, plankton, tip, sinf, turkum, 
oila, avlod, tur, filogeniya, xorda fitoplankton, ekotizim, biokatalizator, primiks, malki
 
 
Baliqlarning yoshini aniqlash
. Turli baliqlarning yashash muddati turlichadir. 
Odatda, katta tirik vazngacha o‘sa oladigan baliqlar uzoqroq, kichik baliqlar esa kamroq 
yashaydilar. Uzoq yashaydigan baliqlar kechroq, kam yashaydiganlari esa ertaroq jinsiy voyaga 
yetadi. Oq bakra, bakrabaliq kabi baliqlar 100 yoshgacha, zog‘orabaliq, laqqa, cho‘rtanbaliq,
amur kabi baliqlar 


30 yil va undan ko‘proq yashaydilar. Uzoq Sharq mintaqasidagi suvlarda yashovchi kit,
gorbusha, chavicha deb nomlanuvchi baliqlar esa atigi 2—5 yil yashaydi, xolos. Baliqlarning 
yoshini ularning tangachalaridagi yillik halqalar 
soniga ko‘ra aniqlash mumkin. Bu halqalar qish mavsumida baliqlarning o‘sishi to‘xtagan yoki 
o‘ta sekinlashgandan keyin, suvning harorati ko‘tarilib, o‘sishi jadallashgan oraliqda hosil
bo‘ladi. 
Tangachalar tanadan yulib olinib, nashatir spirti bilan yuvilsa, undagi yillik 
halqachalarning ko‘rinishi osonlashadi. Ushbu halqachalar qancha bo‘lsa, baliqlar shuncha 
yoshga kirgan bo‘ladilar. Tangachalari yoki unda halqachalari bo‘lmagan baliqlarning yoshini
suzgich qanotlarining suyaksimon tig‘larini olib, undan mikroton yordamida yupqa qalinlikda 
kesmalar tayyorlanadi. Bu 
kesmalarni ksilol, benzol yoki toluolda yuvib, mikroskop yoki lupa yordamida ko‘rilganda, yillik 
halqalarini ko‘rish va sanash mumkin. Ushbu halqalari soniga ko‘ra ham baliqlar yoshini 
aniqlaydilar. Baliqlarni o‘lchash shakli 35-rasmda berilgan Naslli va ta’mirlash guruhidagi
yosh baliqlarning individual 
ko‘rsatkichlari dalolatnomasi 
Baliqchilik xo‘jaligi___________sanasi __________________________ 
Zotga mansubligi______________miqdori__________________________ 
Baliqning yoshi va toifasi________o‘rtacha og‘irligi__________________ 
Umumiy og‘irligi____________________________________________ 
Tabiatning organizmni o’rab turgan va u bilan bevosita aloqada bo’ladigan qismi yashash muhiti
deb ataladi. Har qanday organizm murakkab va o’zgaruvchan muhitda yashaydi va bu 
muhitning o’zgarishlariga o’z hayot faoliyatini moslashitirib boradi. Planetamizda tirik 
organizmlar 4 ta asosiy yashash muhitini egallab olganlar: suv, quruqlik-havo muhiti, tuproq va 
tirik organizm. 
Organizmlarning yashash muhitiga moslashishi adaptatsiya deb ataladi. Organizmlarning 
adaptatsiyaga qobiliyatliligi - uning asosiy xususiyatlaridan biridir. Bunday xususiyat 
organizmning yashab qolishiga va ko’payishiga imkoniyat yaratib beradi. Organizmlarga
Har doim yashash muhitidan turli omillar ta’sir etib turadi. Tashqi muhitning organizmga
ta’sir qiluvchi xususiyatlari yoki elementlari ekologik omillar deyiladi.
Ekologik omillar juda turli tuman bo’lib,ular organizm uchun zarur bo’lishi ham
mumkin, zararli bo’lib ularning yashab qolishi va ko’payishiga to’sqinlik qilishi ham
mumkin. Ekologik omillar 3 ta katta guruhga ajratiladi. 
1. Abiotik omillar - o’lik tabiat omillari bo’lib, organizmga bevosita yoki bilvosita ta’sir 
ko’rsatadi. Bularga harorat, yorug’lik, suvning sho’rligi, shamol, oqim, joyning relfi va 
hokazolar kiradi. 
2. Biotik omillar - tirik organizmlarning bir-biriga ta’sir etish formasi. Har qanday 
organizmga Har doim boshqa organizmlar bevosita va bilvosita ta’sir ko’rsatib turadi. 
3. Antropogen omillar-insoniyat jamiyati xo’jalik faoliyatining tirik organizmga ta’siri.
Inson omili organizmga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir qilishi mumkin, yoki yashash
muhitini o’zgartirib bilvosita ta’siri qilishi mumkin. Hozirgi vaqtda butun yer sharining taqdiri 
antropogen omilga bog’liq bo’lib qoldi. 
Ekologik omillarning organizmga ta’siri. 
Ayrim olingan ekologik omillar turli organizmlarga turlicha ta’sir ko’rsatadi. M-n, qattiq 
shamol ochiq yashaydigan yirik hayvonlarga ko’proq ta’sir qilsa, kichik, yashirin hayot 
kechiradigan hayvonlarga ta’sir qilmaydi. Tuproqdagi tuz miqdori o’simlik uchun juda muhim 
bo’lsa, hayvonlar uchun ahamiyati yo’q va h.o.Ba’zi ekologik omillar uzoq vaqt davomida 
doimiy o’zgarmas bo’ladi. Masalan, tortishish kuchi, quyosh yorug’ligi, atmosferaning
xususiyatlari,okean suvining tarkibi va h.o. lar.
Ko’pchiliq ekologik omillar, masalan, harorat, namlik, shamol, yog’ingarchiliq,
Oziq, yirtkichlar, parazitlar, rakobatchilar va h.o. lar o’zgarib turuvchi omillardir. Bu
omillarning o’zgarishi darajasi yashash muhiti xususiyatlariga bog’liq. Har qanday ekologik


omilni organizmga ijobiy ta’sir ko’rsatishning ma’lum chegaralari bor. Omillarning bu 
chegaradan past yoki yuqori ta’siri organizm hayot faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Ekologik omilarning organizmga ijobiy ta’sir ko’rsatadigan qiymati optimum zonasi
deyiladi. Omilning ta’siri optimum nuqtadan qanchalik uzoqlashib borsa, organizmga salbiy
ta’siri shunchalik kuchayib boradi. Har qanday ekologik omilning maksimal va minimal 
qiymatlari borki, omil ta’sirining bu qiymatlardan oshib ketishi yoki kamayib ketish
organizmni o’limga olib keladi.Omilning maksimal va minimal nuqtalar orasidagi qiymati
organizmlarning shu omillarga nisbatan ekologik valentligi deyiladi. Turli turga mansub
organizmlar bir biridan optimum nuqtasi bilan ham, ekologik valentligi bilan ham farq
qiladi. Masalan, tundradagi ko’pchiliq hayvonlar haroratning 800 gacha o’zgarishiga (+30 
dan -55 C gacha) chiday olsa, iliq suvlarda yashaydigan qisqichbaqa haroratning 60C gacha
o’zgarishiga chiday oladi xolos. Ekologik omilning aniq bir qiymati bir tur uchun optimal 
bo’lsa, boshqa tur uchun salbiy ta’sir ko’rsatishi, uchinchi organizm uchun xalokatli bo’lishi
mumkin. Abiotik omillarga nisbatan keng ekologik valentlikka ega bo’lgan, ya’ni turli
ekologik sharoitga moslasha oladigan organizmlar evribiont organizmlar deyiladi. Aksincha, tor 
ekologik valentlikka ega yoki ma’lum ekologik sharoitdagina yashay oladigan turlar
stenobiontlar deb ataladi. Agar organizm aniq bir abiotik omilga nisbatan keng ekologik 
valentlikka ega bo’lsa, bunda abiotik omil nomiga “evri” old qo’shimcha qo’shiladi:
masalan, temperaturaning keng o’zgarishlariga chiday oladigan organizmlar evriterm 
organizmlar deyiladi. Haroratga nisbatan tor ekologik valentlikka ega bo’lgan organizmlar
stenoterm organizmlar deyladi. Har bir ekologik omil organizmning turi funksiyalariga 
turlicha ta’sir ko’rsatadi. Masalan, 400 C harorat sovuqonli hayvonlarda modda almashinish
jarayonlarini tezlashtirsa, harakatlanish qobiliyatini susaytiradi. Organizlarning bir
ekologik omilga nisbatan chidamliliq darajasi, uning boshqa omilga nisbatan chidamliligini 
ko’rsatmaydi. Masalan, haroratning keng o’zgarishiga chiday oladigan turlar namlik o’zgarishiga 
chiday olmasligi mumkin. Turning turli omillarga nisbatan ekologik valentligi turlicha
bo’lishi mumkin. Turli omillarga nisbatan ekologik valentliklar yigindisi turning ekologik
spektri deyladi. Ekologik omilning optimal qiymati hamda bu omilga ta’siriga
organizmning chidamliliq darajasi ayni vaqtda boshqa omillarning ta’sir etish darajasiga
ham bog’liq. Masalan, yuqori haroratga nam havo sharoitiga nisbatan quruq havoda chidash 
osonroq, muzlab qolish extimoli shamol esib turganda yuqoriroq bo’ladi.
O’zining optimal qiymatidan ko’proq chetga chiqadigan ekologik omillar
cheklovchi omillar deyiladi. Agarda faqat bitta omil o’zining kritik nuqtasidan chetga
chiqsa,boshqa barcha omillar optimal darajada bo’lsa ham, organizm nobud bo’ladi. Turning 
geografik areali cheklovchi omillarga bog’liq. Masalan, turning shimolga tarqalishini
issiqlikning yetishmasligi, janub tomon tarqalishini esa namlikning yetishmasligi cheklab
turadi. Cheklovchi omillarga
ba’zan botiq munosabatlarni ham kiritish mumkin M: anjir daraxti bitta tur ari tomonidan 
changlanadi. Anjir daraxti Kaliforniyaga keltirib eqilganda hosil bermagan. Keyinchalik
uni changlantiradigan ari keltirigandan keyin anjir daraxti hosil bera boshlagan. Cheklovchi 
omillarni aniqlash ayniqsa qishloq xo’jaligida muhim ahamiyatga ega,chunki bu omillar ta’sirini 
yo’qotib o’simlik va hayvonlarning hosildorligi va maxsuldorligini oshirish mumkin. 

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə