B a L i q L a r b I o L o g I y a s I



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/99
tarix17.04.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#105966
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   99
BALIQLAR BIOLOGIYASI

Sistematik birliklar. 
Hayvonot olami ikkita kenja olamga bir hujayralilar kenja olami va 
ko‘p hujayralilar kenja olamiga bo‘linadi. Har bir kenja olam bir nechta tiplarni o‘z ichiga oladi. 
 
Tip sistematik birliklarga kiradi.
 
Biologiya fanlarida sistematik
 
birliklar bir nechta bo‘lib, 
bularga 
tip, sinf, turkum, oila, avlo, tur
kiradi. Eng katta sistematik birlik bu tip. Tip bir nechta 
sinflarni, sinf bir nechta turkumlarni, turkum bir nechta oilalarni, oila bir nechta avlodlarni avlod 
esa turlarni birlashtiradi. Taksonlar organizmlarning bir-biriga o‘xshashlik belgilari asosida 
tuziladi. Sistematik birliklarning eng kichigi tur. Taksonlardan tashqari oraliq taksonlar ham bor, 
masalan, katta tip, katta sinf, kichik sinf, kichik tip va hokozo. 
Tur tushunchasi va tur hosil bo‘lish jarayoni. 
Tur – bir-biri bilan erkin chatisha 
oladigan, ma’lum bir arealda tarqalgan individ. 
Baliqlar sinfi. 
Baliqlar suvda yashovchi umurtqali hayvonlardir. Suvda yashovchi 
umurtqali hayvonlarda, jumladan baliqlarda ham asosiy nafas olish organi jabra hisoblanadi. 
Baliqlar sinfining xarakterli belgilari: nafas olish organi, harakat organi, tana qoplami va jag‘ 
apparati. Baliqlarda juft harakat organi oldingi (ko‘krak) va orqa (qorin) suzgichlardir. Baliqlar 
og‘zida harakatchan jag‘ apparati mavjud. Harakatchang jag‘ apparati borligi bilan baliqlar sinfi 
to‘garak og‘izlilardan farq qiladi. Hidlash teshigi bir juft. Baliqlar jabrasi kelib chiqishiga ko‘ra 
ektodermal hisoblanadi, ya’ni embrional rivojlanish davrida ektodermadan kelib chiqqan. Tanasi 
tangacha bilan qoplangan. 
Biologik jihatdan baliqlar oldingi sinf, ya’ni to‘garak og‘izdlilardan ancha yuqori turadi. 
Bu baliqlarning chaqqon harakatida, oziqni aktiv ovlashda, umumiy xatti-harakatida va tashqi 
muhit ta’sirini qabul qilishida va unga moslanishida nomoyon bo‘ladi. Ularning chaqqon 
harakati, oziqni aktiv ovlashi, tashqi muhit organlarining, masalan nerv sistemasining, sezgi 
organlarining, hamda skletining takomillashuviga bog‘liq. 

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə