B a L i q L a r b I o L o g I y a s I



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/99
tarix17.04.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#105966
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   99
BALIQLAR BIOLOGIYASI

3.
 
Appendikulyarlar.
 
Umurtqalilar, ya’ni bosh suyaklilar kenja tipi 2 ta guruhga bo‘linadi 
Murtak pardasiz umurtqalilar (Anamniya). 
Murtak pardali umurtqalilar (Amniota). 
Murtak pardasiz umurtqalilar. 
Murtak pardasiz umurtqalilarda nafas olish organi 
butun umr yoki lichinkali davrida jabra bo‘lib xizmat qiladi. Tuxumining rivojlanishida murtak 
pardasi bo‘lmaydi. 
Murtak pardasiz umurtqalilar 3 ta katta sinfga bo‘linadi: 
1.
Jag‘sizlar katta sinfi (Agnatha). 
2.
Baliqlar katta sinfi (Pisces) 
3.
 
Er usti umurtqalilar katta sinfi (Tetrapoda).
 
Baliqlar filogeniyasi. 
Bosh suyaklilar orasida to‘garak og‘izlilar eng sodda tuzilgan.
 
Lekin ular ancha ixtisoslashgan hayvonlar. 
 
Baliqlarning xo‘jalikdagi ahamiyati 
Baliqlarning odam hayotida ahamiyati nihoyatda katta. Jahonning turli mamlakatlari 
aholisining oqsil ratsionida baliq 17-83% ni tashkil qiladi. Baliqdan ovqat mahsulotlaridan 
tashqari, vitaminlar, em uni, o‘g‘it va boshqalar tayyorlanadi.
Baliq – odam tomonidan suvdan olinadigan asosiy biologik mahsulotdir; uning (massa 
hisobida bo‘lgan) ahamiyati 85% ga yaqin. Baliqlarning asosiy qismi (90% ga yaqin) 
dengizlardan ovlanadi. Bulardan planktonofaglar (65%), (25%) va bentofaglar (10% ga yaqin) 
asosiy ahamiyatga ega.
Baliq ovlash geografiyasi.
Keyingi o‘n yilliklar mobaynida baliq ovlash sanoatida ov 
strukturasi va baliqlarning joylanishi geografiyasida katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Ilgari baliq ovi 
ichki suv havzalarida, birinchi galda SHimoliy Kaspiyga quyiluvchi daryolarda, asosan, Volga 
daryosida mujassamlashgan edi. Uzoq SHarq daryolarida (asosan Amur vodiysida) o‘tkinchi 
losos baliqlarini ovlash katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Atlantika va Tinch okeanlarining ochiq 
suvlarida baliq ovlash nisbatan katta ahamiyatga ega bo‘lmagan.
Hozirgi vaqtda ahvol butunlay o‘zgargan. Baliq ovining umumiy oshishi bilan bir qatorda 
ochiq dengizlarda baliq ovlash ham ancha rivojlanadi. Baliq ovlash kemalari ancha uzoqda 
joylashgan Barens, Bering, Oxota, YApon dengizlari bilan bir qatorda, Atlantika, Hind va Tinch 
okeanlarida ham baliq ovlaydi. Umuman Jahon okeanida ovlangan baliqlar umumiy ovning 90% 
ni tashkil qiladi.


Ayrim okeanlar va ulardagi dengizlarda baliq ovi hissasi quyidagicha: Tinch va Atlantika 
okeanida 40-45% dan, Xind okeanida 10% ga yaqin, SHimoliy Muz okeanida 5%. Kenglik 
zonalarda baliq ovining joylanishi quyidagi raqamlar bilan ifodalanadi:shimoliy zona (SHimoliy 
Muz okeani va Atlantika hamda Tinch okeanlarining shimoliy qismi va ulardagi dengizlar) 40-
45 % ga yaqin, tropik zona (Atlantika va Tinch okeanlarining tegishli joylari va Hind okeani) 
30% ga yaqin. Janubiy yarim shar – 10% ga yaqin. Bu raqamlarga qarab xulosa chiqarganda, 
mazkur zonalarda oxirgi yillarda baliq ovi nihoyatda notekis bo‘lganini hisobga olish kerak. 
Masalan, shimrliy zonada baliq ovlash 50% ga, tropik zonada 4% ga, janubiy yarim sharda 10% 
ga yaqin oshgan.
Baliq ovini kelgusida yanada o‘stirish istiqbollari haqida mulohaza qilganda, 
quyidagilarni ko‘zda tutish kerak: Jahon okeanining umumiy maydoni nihoyatda katta, u butun 
er yuzasining taxminan 71% ni tashkil qiladi. SHu jumladan, chuqurligi 3 ming metrdan ortiq 
bo‘lgan dengizlar sathi 50-60%. Baliqlar 10 ming m chuqurlikda ham borligi aniqlangan. 
Aytilganlarning hammasi Jahon okeanini cheksiz dengiz mahsulotlari, shu jumladan, baliq ovi 
platsdarmi shaklida xarakterlaydi. Biroq hozirgi zamon texnikasi turli chuqurlikda baliq ovlash 
imkoniyatini bersa ham baliq manbalari va uni ovlash Jahon okeanining nihoyatda kichik 
territoriyasida mumkinligi baliq ovlash praktikasidan ma’lum. Bu uncha chuqur (200 m gacha) 
bo‘lmagan shelf yoki materik zinapoyalari deb ataladigan dengiz qirg‘oqlariga yaqin bo‘lgan 
zonadir. Jami okeanlar va ulardagi dengizlar shelfining umumiy maydoni Jahon okeani sathining 
8% ga teng. Xuddi ana shu shelf oblastida 90% baliq ovlanadi. SHunday qilib, baliq ovlash 
texnikasi qancha rivojlansa ham, shelflar va dengizlarning ochiq qismi orasidagi munosabatning 
o‘zgarishi ehtimoldan uzoqdir.
Qimmatbaho o‘tkinchi baliqlarni sun’iy ko‘paytirish ularni tabiiy holatda urchitganda 
ko‘plab tuxumi urug‘lanmay qolishiga, tuxumi (ikrasi) va yosh baliqchalari nobud bo‘lishiga 
asoslangan. Masalan, Amurda “kuzgi” keta tuxum tashlashida uvildirig‘ining 20-40% yo‘qoladi. 
Juda ko‘p yosh baliqchalar hayotning dastlabki davridayoq nobud bo‘ladi: dengizga o‘tish 
vaqtida yosh ketalarning faqat 10% qoladi, xolos. Tuxum qo‘yish joylaridan dengizgacha 
bo‘lgan yo‘l 1-1,5 ming km bo‘lgani sababli qisman yosh baliqlar shu yo‘lda nobud bo‘ladi. 
Natijada dengizga nihoyatda kam, 1% ga yaqin baliqlar etib boradi. Albatta bunday holatga 
e’tibor berish kerak.
Asrimizning boshlaridayoq Uzoq SHarq lososlari bilimdoni V.K.Soldatov bu 
qimmatbaho baliqlarni sun’iy urchitishni tavsiya qilgan bo‘lsa-da, chor hukumati unga etarli 
ahamiyat bermagan. Keyingi vaqtda baliqlarni ko‘paytirish keng rivojlanadi. Hozirgi vaqtda 
o‘tkinchi baliqlar tuxum qo‘yadigan joylarda daryo va dengizlarga qo‘yib yuborish uchun 
baliqlardan jinsiy mahsulotini to‘plovchi, sun’iy urchitib, yosh baliq o‘stiruvchi qator baliq 
zavodlari qurilgan. O‘tkinchi baliqlar maxsus sun’iy urchitish apparatlarida urchitiladi.
Bizda bundan 100 yil ilgari V.P. Vrasskiy tomonidan taklif qilingan “quruq” usul deb 
ataladigan progressiv metod keng qo‘llaniladi. U spermalar suvda xarakatchanligini tez 
yo‘qotishiga va qisman tuxumi urug‘lanmay qolishiga asoslangan. Vrasskiy metodi bo‘yicha 
tog‘oraga baliq tuxumi solinib, ustiga erkak jinsiy mahsuloti quyiladi. Keyin tuxum va jinsiy 
mahsulot yaxshi aralashishi va urug‘lanish protsenti ko‘payishi uchun ular asta-sekin 
aralashtiriladi. SHundan keyin tog‘oraga suv quyiladi.
Urug‘langan tuxumlar maxsus apparatga solinib, mutaxassislar nazoratida o‘stiriladi. 
Kasallangan va nobud bo‘lgan tuxumlar muntazam ravishda olib tashlanadi. Keta tuxumining 
inkubatsiya davri 103-120 kun. CHiqqna yosh baliqlar maxsus hovuzlarda saqlanadi, ular 
endogen, ya’ni sariqlik xaltasining energetik moddalari hisobiga oziqlanadi. Embrion 
chiqqanidan 60-90 kundan keyin xalta so‘rilib ketadi. Keyinchalik ekzogen oziqlanishga o‘tgan 
yosh baliqlar dengizga quyiladigan daryolarga qo‘yib yuboriladi.
Baliq ko‘paytiriladigan zavodlarning muvaffaqiyati juda katta. Masalan, keta o‘stiruvchi 
zvodlarda tuxumning urug‘lanishi 98-99% ga teng. Inkubatsiya davrida tuxumlarning 4-8%, 
yosh baliqlarning ko‘pi bilan 0,5% nobud bo‘ladi. Tabiiy urchish davrida urug‘langan hamma 


tuxumlardan daryoga tushgan yosh baliqlar 10% ni tashkil qilsa, sun’iy urshitishda u 90% ni 
tashkil qiladi.
Bayon etlgan usul bo‘yicha sun’iy baliq urchitishdan tashqari, daryolarning quyi oqimida 
(masalan, Volgada) yarim o‘tkinchi baoiqlar (zog‘ara baliq, leshch) ning tuxum qo‘yish sharoiti 
yashilanadi. Bunday sun’iy tuxum qo‘ydirish o‘stirish joylari uchun tabiiy suv xavzalaridan yoki 
daryoga yaqin bo‘lgan bir necha yuz gektar maydonda sun’iy xavza barpo etib foydalaniladi. 
Bahorda bu joylarga maxsus kanallar orqali daryodan suv keltiriladi. SHu suv xavzalariga 
daryoda ovlangan nasl beruvchi baliqlardan 1 gektarga 8 ta zog‘orabaliq, 30-40 ta leshch (jinslar 
nisbati 1:1 hisobidan) qo‘yiladi. Bu erda baliqlar tabiiy urchidi va yosh baliqlar o‘sadi. YOz 
ohirida pastki shlyuz ochiladi va yosh baliqlar suv bilan daryoga tushadi. Bir son bilan bir 
gektardan daryoga taxminan 50 t zog‘orabaliq (massasi 3 g) va 8 t leshch (masssi 0,5 g) 
chiqariladi.
Tabiiy tuxum tashlash joylari qisqargan vaqtda turli xil sun’iy joylar barpo etiladi. 
Tuxumini o‘simliklarga qo‘yadigan baliqlar (fitofillar) uchun sun’iy joylar statsionar yoki 
suzuvchi bo‘lishi mumkin. Suzuvchi sun’iy tuxum tanlash joyi suvning chuqurligi tez o‘zgarib 
turadigan, masalan, suv omborlarida gidroinshoatlar quriladigan joylarda katta ahamiyatga ega.
Tabiiy tuxum tanlash joylaridagi ahvolni yaxshilash tadbirlari ham ko‘riladi. Masalan, 
uzoqSHarqning bir qator rayo‘nlarida qor kam bo‘lgan sovuq yillarda tuxum qo‘yish joylaridagi 
suv muzlab (uyalaridagi), losos balig‘ining ko‘p tuxumi nobud bo‘ladi. Bunga qarshi kurash 
choralari baliqlar tuxum tashlab bo‘lgandan keyin daryoda vaqtincha to‘g‘onlar qurib suv satxini 
ko‘tarish, ko‘llar yuzasidagi muz ustida qorni saqlash va boshqalardan iborat.
O‘rta Osiyo sharoitida karp bilan o‘txo‘r baliqlar (oq amur, do‘ngpeshona) birga boqiladi. 
Bunda mahsuldorlik 20-24 s/ga, jadal boqilganda 50 s/ga gacha bo‘lishi mumkin. (Hikolskiy va 
boshqalar, 1979).

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə