B a L i q L a r b I o L o g I y a s I



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/99
tarix17.04.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#105966
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   99
BALIQLAR BIOLOGIYASI

 
 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
9-MA’RUZA 
Mavzu: Tog‘ay-suyakli baliqlar. Osyotrsimon baliqlar va Shu’laqanotli baliqlar. 
Ularning biologiyasi. 
 
Reja: 
1.Osyotrsimon baliqlarning sistematik, biologik, ovlanish xususiyatlari.
2. MDH mamlakatlari va qo‘shni mamlakatlar suv havzalaridagi vakillari.
3. Shu’laqanotli baliqlarning umurtqali hayvonlar va baliqsimonlarning eng gullab yashayotgan 
guruhi sifatidagi sistematik holati. 
 
 
Tayanch iboralar
: Chavoq, protein, polietelen, artemia, tubifextrubochnik , granula, 
segoletka, intensiv, uvildiriq, chavoq, malki, molod, sadok, ekstinsiv, bentos, plankton
bonitirovka, inkubatsiya, tip, sinf, turkum, oila, avlod, tur, filogeniya, xorda fitoplankton, 
ekotizim, biokatalizator, primiks, 
 
 
Osetrasimonlar turkumi. Osetrasimonlar oilasi. Osetrasimonlar t
og‘ay-suyakli 
baliqlar (
Chondros
) hisoblanadi. Bu kenja sinfi o‘z ichiga faqat Osyotrsimonlar 
(
Acipenseriformes
) turkumini oladi.
Osyotrsimon baliqlar xo‘jalikda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ulardan juda qimmatbaho 
go‘sht va qora ikra olinadi. 
SHuning uchun osetrasimonlarga kengroq to‘xtalib o‘tamiz. 
Osetrasimonlar tuzilishlarida qadimgi belgilar saqlanib qolgan. Tanasida beshta bo‘ylama 
qator rombsimon suyak plastinlar mavjud. Suyak plastin ganoidli tangachalarning rudiment 
organi hisoblanadi. Ganoidli tangachalar - fulkr asosan dum suzgichlarining yuqori qismda 
saqlangan.


Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra osetrsimon baliqlar akulalarga ancha o‘xshab ketadi. Boshining 
uchida qazg‘ichi (rostrumi) bor, uning tagida og‘iz teshigi ko‘ndalang bo‘lib joylashadi. Dum 
suzgich qanoti geteroserkal tipda. Juft suzgich qanotlari tanaga nisbatan gorizontal joylashadi. 
Tangachalari o‘ziga xos bo‘lib, katta-katta suyak bo‘rtmalaridan iborat. Bu bo‘rtmalar gavdasi 
bo‘ylab 5 qator bo‘lib joylashadi.
Ichki sklet tog‘aydan iborat.O‘q skeletining asosini biriktiruvchi to‘qima pardasi bilan 
o‘ralgan xorda hamda ustki va ostki umurtqa yo‘llari tashkil qiladi. Miya qutisi asosan tog‘aydan 
tashkil topgan, lekin uning qopqog‘i, bosh skeletining yon tomonlari va tagi qoplovchi 
suyaklardan iborat. SHuning uchun bular tog‘ay-suyakli baliqlar yoki tog‘ay-gonoidli baliqlar 
deyiladi. Ichagida spiral klapani, yuragida arterial konusi bor.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə