B a L i q L a r b I o L o g I y a s I



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/99
tarix17.04.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#105966
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   99
BALIQLAR BIOLOGIYASI

Xarakterli belgilari. 
Tanasi uzunchoq, ugirsimon, juft harakat organi yo‘q. Boshi keng 
so‘rg‘ich voronka bilan tugab, uning chetlarida teri yaproqchalar joylashgan. Voronkasining 
ichida va yirik til uchida shox tishchalar joylashgan. Terisi tuksiz. Tanasining ustini juda ko‘p 
shilimshiq modda ajratuvchi bezlarga boy bo‘lgan epidermis qoplagan.
Minogalarda
toq burun teshigi boshining tepasida, ko‘zlari orasida joylashgan. 
Miksinlarda
toq burun teshigi boshining oldingi uchida joylashgan. Boshining yon tomonlarida 
yumaloq (baliqlarniki singari) jabra teshiklari joylashgan.
Skleti.
Tana va dum qismida o‘q skleti qalin biriktiruvchi to‘qima bilan qoplangan 
xordadan iborat. Miya qutisi sodda tuzilgan, u bosh miya ostida joylashgan tog‘ay plastinkadan 
iborat.
Hazm qilish organlari.
SHox moddadan iborat tishlar bilan qoplangan voronkali og‘zi, 
baquvvat til, og‘iz teshigidan keyin xalqum, qizido‘ngach, ichak. Ichak qismlarga bo‘linmagan. 
Jigar. Me’da bezi.
Jabra apparati.
Jabra apparati tor yumaloq.
Qon aylanish organlari.
Lansetniki singari. 
Nerv sistemasi.
Bosh miya 5 qismdan iborat: oldingi, oraliq, o‘rta miya, miyacha va 
uzunchoq miya. 
Sezgi organlari.
Juda sodda tuzilgan. 
Ayirish organi.
Mezonefrik buyrak. Ayrim vakillarida pronefros saqlanadi.
Jinsiy bezlar.
Toq, maxsus chiqarish yo‘li yo‘q. Gonadalar tana bo‘shlig‘iga, keyin 
siydik-jinsiy sinusiga tushib, uning kanali orqali tashqariga chiqadi. 
To‘garak og‘izlilar 2 ta turkumga bo‘linadi 
1.
Miksinlar turkumi (Myxiniformes) 
2.
Minogalar turkumi (Petromyzoniformes) 
Miksinlar parazit to‘gark og‘izlilar. Oddiy miksina va bdellostoma turlari bor.
Minogalar ham parazit, lekin miksinlarga nisbatan parazitligi kamroq. Dengiz 
minogasi, kaspiy minogasi, daryo minogasi, buloq minogasi.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə