B a L i q L a r b I o L o g I y a s I



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/99
tarix17.04.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#105966
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   99
BALIQLAR BIOLOGIYASI

 
Tayanch iboralar:
superfosfat, biogen, Granulalangan superfosfat, kompost, segoletka, 
intensiv, uvildiriq, chavoq, malki, molod, sadok, ekstinsiv, bentos, plankton, bonitirovka, 
inkubatsiya, tip, sinf, turkum, oila, avlod, tur, filogeniya, xorda fitoplankton, ekotizim
biokatalizator, primiks, 
 
Jag‘sizlar katta sinfi, tuzilishi va xarakterli belgilari (Agnatha). 
Ixtiologiya kursida
 
jag‘sizlar yoki baliqsimonlar va baliqlar birlamchm suv hayvonlari hisoblanadi. Ularning 
tuzilishida va hayot tarzida o‘xshashliklar mavjud. Jag‘sizlar umurtqali hayvonlar orasida eng 
oddiy tuzilishga ega. Og‘zi so‘ruvchi tipda, boshqa umurtqali hayvonlarga xos bo‘lgan 
harakatchang jag‘lar mavjud emas. Juft harakat organi yo‘q, tanasining harakati juda sodda. 
Ichki slet tog‘aydan iborat. Lekin qirilib ketgan formalarida tashqi suyak sklet rivojlangan. 
Ko‘pchilik vakillarida burun teshigi toq. Jag‘sizlar murtak pardasiz umurtqali hayvonlarg 
(Anamnia) kiradi. 
Jag‘sizlar katta sinfi 2 ta sinfga bo‘linadi: 
1.
Qalqonlilar (Ostracodermi) 
2.
Hozirgi to‘garak og‘izlilar (Cyclostomata). 
To‘garak og‘izlilar (Cyclostomata) sinfi 
To‘garak og‘izlilar hozirgi umurtqalilarning eng oddiy guruhidir. SHuning bilan birga 
ularda yarim yoki to‘liq parazitlik qilishga moslashgan maxsus belgilari mavjud. Tashqi tuzilishi 
va biologiyasi bilan baliqlarga o‘xshash bo‘lsada, lekin qator belgilari bilan ulardan farq qiladi. 
Bu hayvonlar umurtqalilarning alohida tarmog‘i hisoblanadi. To‘garak og‘izlilarning jag‘i va juft 
harakat organi bo‘lmasligi ularning oddiyligidan dalolat beradi. Hidlash kapsulasi toq bo‘lib, 


tashqariga bitta teshik orqali ochiladi. Jabra apparati ektodermadan kelib chiqqan, o‘ziga xos 
tuzilishga ega, ya’ni jabra xaltachalaridan iborat, shuning uchun to‘garak og‘izlilar jabra 
xaltalilar ham deyiladi.
Parazitlik hayotga moslashgan belgilari so‘rish voronkasi va uning asosida joylashgan 
og‘iz teshigi. SHox moddadan iborat tishlari va bezlarga juda boy bo‘lgan tuksiz terisi ham 
parazitlikka moslashgan belgilardan.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə