B a L i q L a r b I o L o g I y a s I



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/99
tarix17.04.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#105966
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   99
BALIQLAR BIOLOGIYASI

Iqlimlashtirish.
Ovlanadigan baliqlar vunasini sun’iy ravishda qimmatbaho baliqlar 
bilan boyitish ishlari ancha rivojlangan. Masalan, asrimizning 30-yillarida Qora dengizdan 
Kaspiy dengizga 3 mln dona kefal balig‘i ko‘chirilgan edi. Bu baliq muvaffaqiyatli iqlimlashdi 
va u 1937 yildan ovlana boshlandi. Kaspiy dengizida (1930-1931 yillarda) Qora dengiz 
kambalasining ikki turi iqlimlashtirila boshlangan edi. Ammo bu ish muvaffaqiyatsiz chiqdi.
SHimoliy-sharqiy oblastlarda yashaydigan siglar Ural, Zaurale, Armanistondagi, 
Krasnoyarsk o‘lkasidagi ko‘llarda muvaffaqiyatli iqlimlashtirilgan. Bunday ishlar natijasida 
ayrim joylarda suv xavzalarining baliq maxsuldorligi bir necha marta ortgan. O‘rta Osiyodagi 
katta ko‘llardan birida – Issiqko‘lda (Qirg‘iziston) Sevan ko‘lidan 1930 va 1936 yillarda 
keltirilgan gulmoy (forel) muvaffaqiyatli iqlimlashtirilgan edi. Qizig‘i shundaki, Issiqko‘lda 
gulmoy tez o‘sib ancha katta bo‘ldi. SHu erda leshch ham iqlimlashtirilgan.
Zog‘orabaliqni ko‘paytirib tarqatish va iqlimlashtirish bo‘yicha ham ko‘p muvaffaqiyatli 
ishlar qilingan. U Leningrad, Novgorod oblastlarida, Belorussiyada va Zauraledagi ko‘llarda va 
boshqa joylarda muvaffaqiyatli iqlimlashtirilgan. Tinch okean lososlarirni SHimoliy 
Amerikaning Atlantika qirg‘oqlarida iqlimlashtirish muvaffaqiyatli bo‘lgani ehtimoldan xoli 
emas. Keyingi yillarda Janubi–SHarqiy Osiyoda o‘simlikxo‘r baliqlardan oq amur bilan, 
do‘ngpeshona (tolostolobik) muvaffaqiyatli iqlimlashtirilmoqda. Bu tadbirlardan birdaniga ikki 
maqsad: suv havzalarining baliq mahsulotini oshirish va ularni o‘simliklar bilan qoplanishdan 
saqlash ko‘zda tutiladi. SHimoliy Kavkazdagi sug‘orish uchun xizmat qiladigan suv omborlarida 
do‘ngpeshonaning yillik mahsuldorligi 2 s/ga. Qoraqum kanalining o‘simliklar bilan qoplanish 
masalasi o‘txo‘r baliqlarni iqlimlashtirish yo‘li bilan birmuncha hal qilinadi. Oq amur qator 
oblastlarda, jumladan, Volga, Amudaryo, Kuban, Simlyansk suv obmborlarida iqlimlashtirilgan.
Baliqlar chivinga qarshi kurash maqsadida ham iqlimlashtiriladi va ko‘paytiriladi.
Amerikaning mayda gambuziya balig‘i bizga birinchi marta 1924 yilda keltrilgan edi. 
Hozirgi vaqtda u butun Zakavkaze respublikalarida, O‘zbekiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, 
SHimoliy Kavkazda keng tarqalgan. SHimoliy Qozag‘istonda sovuqqa chidamli irqlari 
yaratilgan. O‘zbekistondagi gambuziya boqiladigan ko‘llarning har 1 m
2
sathida chivin 
lichinkalarining soni 200-500 tadan 10-25 tagacha kamaygan.


Suv havzalaridagi oziqlanish muhitini yaxshilash orqali ularning baliq mahsuldorligini 
oshirish mumkin. L.A. Zenkevich tashabbusi bilan Kaspiy dengizida Qora-Azov dengizi 
chuvlchangi bo‘lgan nereisni iqlimlashtirish bu erda baliqlar ozig‘ining ko‘payishiga va baliq 
mahsuldorligining ortishiga sabab bo‘ladi.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə