B a L i q L a r b I o L o g I y a s I



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/99
tarix17.04.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#105966
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   99
BALIQLAR BIOLOGIYASI

Hazm qilish organlari
. Ovqat hazm qilish organlari quyidagicha tuzilgan og‘iz 
bo‘shlig‘i, xalqum, qizilo‘ngach, oshqozon, ichak, orqa chikaruv teshigi. Oziqni maydalashda 
mayda tishchalar, hazm qilishda pilorik o‘simtalar va jigar yordam beradi. Jigarida o‘t pufagi 
bo‘ladi. Havo pufakchasi gidrostatik apparatdir, u baliqning suv tubiga va suv ostiga tushishiga 
yordam beradi.
Nafas olish organlari.
Nafas olish organlari jabralardan iborat. Nafas olish jabra qopqogi 
harakatlanishi xisobiga bo‘ladi. Jabralari to‘rttasi butun jabra, bittasi soxta jabra deb ataladi.
Qon aylanish organlari
. Qon aylanishi sistemasi yopiq bo‘lib, yurak bor. YUragi 3 ta 
bo‘limdan iborat venoz sinusi, yurak bo‘lmasi, yurak qorinchasi. Arterial konus o‘rniga ularda 
aorta so‘g‘oni bo‘ladi. To‘rt juft qon olib keluvchi va to‘rt juft qon olib ketuvchi jabra arteriyasi 
bo‘ladi. Baliq tepasining ustki tomonida bir juft aorta butog‘i bo‘ladi. Bular qo‘shilib orqa 
aortani xosil qiladi. Undan oldinga qarab bir juft tashqi va ichki uyqu arteriyalari chiqadi. Venoz 
sistemasi akuladan farq qilib yon venalari bo‘lmaydi, ko‘pchiligida ketingi chap kardinal vena 
shu tomondagi buyrakda mayda kapillyarlar xosil qiladi o‘ng kardinal vena kyuverov kanaliga 
uzluksiz boradi. Jigar qopqa venasi bilan dum venasi qo‘shiladi.
Ayirish organlari
. Zog‘ora baliqning buyraklari qorin pardasi ostida va umurtqa 
pog‘onasining ikki yon tomonida joylashgan bir juft lenta shaklidagi tanachadan iborat. Xar 
qaysi buyrakdan siydik yo‘li chiqkib, pastrokda qo‘shiladi va orqa tomondan siydik pufagiga 


qo‘shiladigan bitta umumiy kanal xosil qiladi. Siydik pufagi siydik tanosil so‘rg‘ichi uchidagi 
maxsus teshik bilan tashqariga ochiladi.
Urchish organlari
. Zog‘ora baliqning erkagida bir juft urugdon, urg‘ochilarida toq 
tuxumdon bo‘ladi. Erkagining jinsiy yo‘llari o‘ziga xos bo‘lib, chuzunchoq urug‘ donlarida 
maxsus teshiklar bilan siydik tanosil so‘rg‘ichi orqali tashqariga ochiladigan bitta umumiy kirish 
yo‘li bo‘ladi.
U
rchishi
. Suyakdor baliqlarda urug‘lanish tashqi ikrasi mayda va ko‘p bo‘ladi. 200 
gramm og‘irlikdagi zog‘ora baliq 300000 ta ikra tashlaydi.Zog‘ora baliq sekin oqadigan ikki 
tiniq chuchuk suvlarda yashaydi. U umurtqasizlar va mayda baliqlar bilan oziqlanadi. Zog‘ora 
baliq o‘rta xisobda 10-12 yil umr ko‘radi. Zog‘ora baliq.Evropa va SHimoliy Osiyoning ko‘p 
qismida chuchuk va uncha sho‘r bulmagan suvlarda tarqalgan.
Suyakli baliqlar sinfini sistemaga solish ancha qiyin, shu sababli hozirgi kunga qadar bu 
masalada olimlar o‘rtasida umumiy fikr yo‘q. S.P. Naumovning "Umurtqali hayvonlar 
zoologiyasi" (1995) darsligida keltirilgan sistematikaga ko‘ra suyakli baliqlar sinfi to‘rtta kenja 
sinfga bo‘linadi:

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə