B a L i q L a r b I o L o g I y a s I



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/99
tarix17.04.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#105966
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   99
BALIQLAR BIOLOGIYASI

 
Bosh miya. 
Tog’ayli baliqlarnmg bosh miyasi to’garak og’izlilar va suyakli 
baliqlar bosh miyasiga nisbatan ancha yaxshi rivojlangan. Bu birinchi navbatda tog’ayli 
baliqiarda oldingi miya yarim sharlari va miyachasining yirikligidan dalolat byeradi. Akulaning 
bosh miyasi besh bo’limdan iborat. Oldingi miya yarim sharlari birmuncha katta bo’lib, o’ng va 
chap pallalarga aniq ajralmagan. Yarim sharlarning oldida joylashgan hidlov bo’laklari esa juda 
yaxshi rivojlangan. Oldingi miya kevingi uchi bilan oraliq miyaga, oraliq miyaning qopqog’iga 
esa uzun dastali miya usti bezi — epifiz birikadi. 
O’rta miya ko’ruv bo’laklari
 
deb ataladigan bir juft bo’rtma bilan qoplangan. O’rta miya 
yaxshi rivojlangan, lekin oldingi miya yarim sharlariga nisbatan ancha kichik.Bosh miyaning 
to’rtinchi bo’limi miyacha juda yaxshi taraqqiy etgan bo’lib, oldingi tomondan o’rta miya, 
keyingi qismi bilan uzunchoq miyaning ustiga joylashgan bo’ladi. 
Uzunchoq miya bosh miyaning oxirgi bo’limidir. Bosh miyaning bo’limi ustki 
tomonidagi rombsimon chuqurcha deb ataluvchi to’rtinchi miya qorinchasi aniq ko’rinib turadi. 
Bu chuqurcha odatda qon tomiriga boy parda bilan qoplangan. Uzunchoq miya to’g’ridan-to’g’ri 
orqa miya bilan qo’shilib ketadi. 
Bosh miya nervlari. Akulasimon baliqlar bosh miya bo’limlaridan bir-biriga simmetrik 
joylashgan o’n juft bosh miya nervlari chiqadi. Bosh miya nervlari odatda ikki nom — tartib 
raqamlari va o’z nomlari bilan belgilanadi. 


Hidlov nervi (birinchi juft) hidlov bo’laklaridan chiqadi. Nerv tolalari hidlov xaltasining 
shilimshiq pardasida joylashgan sezuvchi hujayralarning o’simtalaridan iborat bo’lib, faqat 
sezish xususiyatiga ega. 
Ko’ruv nervi (ikkinchi juft) oraliq miyaning tagidan chiqib, ko’z kosasidagi ko’z 
soqqasining to’r pardasida tarmoqlanadi. Bu ncrv ham faqat sezuvchi nervdir. 
Ko’zni harakatlantiravchi nerv (uchinchi juft) o’rta - miyaning pastki yuzasidan chiqadi 
(uni ko’rish uchun o’rta miyani bir oz yon tomonga surish lozim). Bu nerv bosh skelet devorini 
teshib o’tib, to’g’ri ko’z muskullariga kirib shoxlanadi va pastki qiya, pastki va ichki hamda 
ustki to’g’ri ko’z muskullarini innervatsiyalaydi. 
G’altak nerv (to’rtinchi juft) o’rta miya bilan uzunchoq miya oralig’idan chiqadi 
(preparatda u miyacha ostidan chiqqandek ko’rinadi). Bu nerv o’rta miya qopqog’i orqali o’tib, 
ko’z kosasi devorining oldingi qismida ko’zning ustki qiya muskulida tarmoqlanadi. Bosh 
miyaning boshqa qolgan nervlarining hammasi uzunchoq miyadan chiqadi. 
Uchlik nerv (beshinchi juft) murakkab nerv hisoblanadi, u uzunchoq miyaning oldingi 
qismi yon devoridan yo’g’on ildiz bilan boshlanib, darhol bir necha tarmoqlarga bo’linadi. 
Shulardan ko’zga, lunjga, yuqori va pastki jag’ga boradigan tarmoqlar eng kattalari hisoblanadi. 
Uchlik nerv funksiyasi jihatidan aralash, ya’ni ham sezuvchi va ham harakatlantiruvchi nervdir. 
Uzoqlashtiruvchi nerv (oltinchi juft) uzunchoq miyaning ostidan chiqadi, lekin preparatda 
uning chiqqan joyi ko’rinmaydi. Bu nerv ko’zning sirtqi to’g’ri muskulini innervatsiyalaydi. 
Yuz nervi (ettinchi juft). Bu nerv uchlik nervga juda yaqin yondosh bo’lib, uning ketidan 
chiqadi. Shuning uchun ham ularning asoslarini bir-biridan ajratish qiyin. Yuz nervi ham bir 
necha tarmoqlarga bo’linib, shulardan ko’z, tanglay va til osti tarmoqlari eng yiriklari 
hisoblanadi. 
Uchlik nerv singari yuz nervi ham aralash nerv bo’lib, uning ko’z va tanglayga boradigan 
tarmoqlari sezuvchi, til osti tarmog’i esa aralashdir (sezuvchi va harakatlantiruvchi).Eshituv 
nervi (sakkizinchi juft). Bu nerv uzunchoq miyaning yon devoridan chiqishi bilanoq miya 
qutisining devoriga kirib, ichki quloqni innervatsiyalaydi. Eshituv nervi fakat sezuvchi nervdir. 


1.7-rasm. Akula bosh miyasining yuqoridan ko’rinishi: 
l-oldingi miya, 2-hidlov bo’laklari, 3-oraliq miya, 4-epifiz, 5-o’rta miya, 6-miyacha, 7-uzunchoq 
miya, 8-rombsimon chuqurcha. Rim raqamlari bilan bosh miyadan chiqadigan nervlar 
ko’rsatilgan. 
Til- halqum nervi (to’qqizinchi juft) akulaning birinchi jabra yorig’iga borib, ikkita 
tarmog’i bilan uning oldingi va keyingi qismlarini innervatsiyalaydi. Bu nerv funksiyasi jihati-
dan aralash bo’lib, sezuvchi va harakatlantiruvchi nervdir. 
Adashgan nerv (o’ninchi juft) aralash nerv bo’lib, uzunchoq miyaning yonboshidan
keyinchalik bir-biri bilan qo’shilib yo’g’on nerv tomirini hosil qiladigan bir qancha tarmoqlar 
holida chiqadi. Adashgan nerv bosh miyaning boshqa nervlaridan gavdaning ko’pchilik qismini 
innervatsiyalashi bilan farq qiladi. Asosiy tarmoqlaridan to’rttasi to’rt jabra yorig’ini 
(ikkinchidan beshinchigacha), beshinchi - ichki organlar yonbosh tarmog’i esa tana va dum 
bo’limlarining teri sezish organlarini innervatsiyalaydi. 
Orqa miya nervlarining orqa va qorin butoqlari har ikki tomondan juft-juft bo’lib 
birlashib, umumiy aralash nervni hosil qiladi. Har bir juft nerv o’ziga tegishli segmentlarni 
innervatsiyalaydi. Akulalarda juft suzgich qanotlar rivojlan-ganligi munosabati bilan yelka va 
bel-dumg’aza nerv chigali hosil bo’ladi. Bu nerv chigallari bir qancha nervlarning qo’shilishidan 
hosil bo’lgan va tegishli juft suzgich qanotlarga boradigan umumiy stvol (tana)dan iborat. 
Umurtqali hayvonlarning ko’z soqqasini 6 ta muskul (1,2, 3, 4, 5, 6) harakatlantiradi, ular 
bir uchi bilan ko’z kosasining devoriga, ikkinchi uchi bilan esa ko’z soqqasining ma’lum joyiga 
birikadi. Ularning to’rttasi (3, 4, 5, 6) yuqorigi, pastki, ichki va tashqi to’g’ri muskullar, 2 tasi 
esa (1, 2) yuqorigi va pastki qiya muskullar deb ataladi. Bu musk-ullarni III, IV va VI juft 
nervlar innervatsiyalaydi. 

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə