U. G‘afUrov, Q. SharIpov



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/119
tarix22.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#112172
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   119
tadbirkorlik asoslari 11 uzb

raQoBaTLaShISh USULLarI 
Raqobatning narx vositasidagi va narxsiz raqobat usullari farqlanadi.
Narx vositasida raqobatlashuv
– bu muayyan mahsulotlar narxi
-
ni boshqa ishlab chiqaruvchilarining shu turdagi mahsulotlari narxiga 
nisbatan pasaytirishga asoslangan raqobat usuli.
Narxsiz raqobat
– raqobat kurashining asosiy omili bo‘lib to
-
varning sifati, servis xizmat ko‘rsatishi, ishlab chiqaruvchi firmaning 
obro‘-e’tibori hisoblanuvchi kurash usuli.
INSofSIZ raQoBaT
Raqobatlashuvning noiqtisodiy usullaridan foydalanish insofsiz raqo
-
bat deb yuritiladi. Ularga jismoniy kuch ishlatish, majburlash, raqiblar
-
ning 
obro‘siga putur yetkazish, iqtisodiy resurslar manbalaridan mahrum 
etish, yetakchi mutaxassislarni og‘dirib olish, narxni keskin pasaytirish 
kabilar kiradi.
KorXoNa raQoBaTDoShLIGINI oShIrISh Yo‘LLarI
Bozor iqtisodiyotida boshqa raqobatchilardan o‘zib ketish yoki ustun 
kelish qobiliyati, ya’ni raqobatdoshlik muhim hisoblanadi. Raqobatdoshlik 
turli darajalarda namoyon bo‘lishi mumkin.


140
Raqobatdoshlik darajasi
Tovar 
raqobatdoshligi
Korxona (firma) 
raqobatdoshligi
Tarmoq 
raqobatdoshligi
Milliy iqtisodiyot 
raqobatdoshligi
Raqobatdoshlikning har qanday darajasi uchun xususiyatli bo‘lgan 
asosiy omillar mavjud.
sifat
Narx
Reklama
Assor-
timent
Tadqiqot 
va 
rivojlanish
Xizmat 
ko‘rsatish
Siz o‘z tadbirkorlik faoliyatingizni muvaffaqiyatli amalga oshirish 
uchun korxonangiz raqobatdoshligini ta’minlashingiz zarur.
Korxona raqobatdoshligi
– muayyan turdagi mahsulotni ishlab 
chiqaruvchi boshqa korxonalarga o‘zining ishlab chiqarish, moliyaviy 
va marketing faoliyati samaradorligi jihatidan munosib qarshi tura 
olish qobiliyati.
Buning uchun, albatta, korxona raqobatdoshligini ta’minlash yo‘llari 
to‘g‘risida bilishingiz kerak. Quyida ularning asosiylarini keltirib o‘tamiz:
– muntazam ishlab chiqarish jarayoniga yangiliklarni joriy etish;
– mahsulotning nisbatan takomillashgan shakli ustida izlanish;
– mahsulot sifatining milliy va jahon andozalariga muvofiqligini 
ta’minlash;
– yuqori sifatli xomashyo va materiallardan foydalanish;
– muntazam ravishda xodimlarning malakasini oshirib borish;
– xodimlarning moddiy manfaatdorligini oshirish va mehnat sharoit
-
larini yaxshilash;
– bozorda chuqur marketing tadqiqotlarini o‘tkazish va boshqalar.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə