Byudjet tashkilotlarida turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobi docx


II.Bob.To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar



Yüklə 77,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix31.05.2023
ölçüsü77,46 Kb.
#114775
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Byudjet tashkilotlarida turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar

II.Bob.To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar
2.1.To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar
Bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida (bolalar bog‘chalari va
yaslilarda)
saqlanganligi, bolalarni musiqa va san’at maktablarida o‘qitilganligi,
tarbiyalanuvchilarni maktab-internatlarda va boshqa ta’lim muassasalarida
saqlanganligi uchun ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar, ish
joyida ovqat bilan ta’minlanganligi uchun xodimlar bilan olib boriladigan
hisob-kitoblar va boshqa shu kabilar bo‘yichato‘lovlarning maxsus turlariga
doir hisob-kitoblaramalga oshiriladi. Bolalarni maktabgacha ta’lim
muassasalarida saqlanganligi uchun ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-
kitoblar bo‘yicha pul hisoblab yozish bolalarning bog‘chaga kelishi hisobi
olib boriladigan 305-son shakldagi bolalarning davomat hisobi bo‘yicha
tabel asosida haqiqiy qatnagan kunlariga muvofiq amalga oshiriladi.
To‘lovlar bevosita maktabgacha ta’lim muassasalariga to‘langanda ota-
onalarga to‘langanlik haqidagi kvitansiyalar beriladi. Vakil qilingan
kishilardan qabul qilingan summalar uch kunlik muddat ichida tashkilotning
hisobvarag‘iga kirim qilinishi kerak.Maktabgacha ta’lim muassasalari,
maktab-internatlari va boshqa ta’lim muassasalaida bolalar ta’minotiga xaq
to‘lash tartibi va to‘lov miqdorlari qonunchilikka muvofiq tartibga solinadi.
Buxgalteriya hisobida to‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-
kitoblar156 
“To‘lovlarning 
maxsus 
turlariga 
doir 
hisob-kitoblar”


subschyotida yuritiladi. Bu subschyotning debet tomonida to‘lovlarning
maxsus turlari bo‘yicha hisoblangan summa, kredit tomonida ushbu
mablag‘larni kelib tushishi aks ettiriladi.
Bolalar maktabgacha ta’lim muassasasidan chiqarib olingan taqdirda
oldindan to‘langan summa ota-onalarga ularning arizasiga muvofiq
maktabgacha 
ta’lim 
muassasasi 
rahbarining 
ko‘rsatmasiga 
binoan
qaytariladi. Ariza maktabgacha ta’lim muassasasi buxgalteriyasiga
rahbarning ko‘rsatmasi va bolalarning bog‘chaga qatnashini hisobi olib
boriladigan navbatdagi tabel bilan birgalikda topshiriladi.
Qaytariladigan summa kassa orqali beriladi yoki pochta orqali
jo‘natiladi, shuningdek naqd pulsiz hisob-kitoblar yo‘li bilan ham
qaytarilishi mumkin. Bolalarni saqlash yuzasidan olib boriladigan hisob-
kitoblarning analitik hisobi 327-son shakldagi ta’lim muassasalarida
bolalarni saqlanganligi uchun ularning ota-onalari bilan olib boriladigan
hisob-kitoblar qaydnomasida yuritiladi.327-son shakldagi qaydnoma asosida
406-son shakldagi (15-memorial order) bolalarni saqlaganlik uchun ota-
onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo‘yicha jamlanma qaydnoma
tuziladi.
Tarbiyalanuvchilarni maktab-internatlarda saqlanganligi uchun ota-
onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo‘yicha kelib tushgan to‘lovlar
summasiga 156 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar”
subschyot kreditlanadi, 110 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-
kitoblardan tushgan mablag‘lar” subschyot yoki 120 “Milliy valyutadagi
naqd pul mablag‘lari” subschyot debetlanadi. Tarbiyalanuvchilarning
maktab-internatda haqiqiy bo‘lgan kunlari uchun hisoblangan to‘lov
summasiga 156 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar”
subschyot debetlanadi va 242 “Ta’lim muassasalarida hisoblangan ota-
onalarning mablag‘lari” subschyot kreditlanadi.


Ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning analitik hisobi har
bir tarbiyalanuvchi bo‘yicha alohida holda 327-son shakldagi ta’lim
muassasalarida bolalar saqlanganligi uchun ularning ota-onalari bilan olib
boriladigan hisob-kitoblar qaydnomasida yuritiladi.
Bolalarni maktablar qoshidagi internatlarda ovqatlanganligi uchun ota-
onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo‘yicha hisoblab yozilgan to‘lov
summasiga 156 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar”
subschyot debetlanadi va 242 “Ta’lim muassasalarida hisoblangan ota-
onalarning mablag‘lari” subschyot kreditlanadi. Kelib tushgan to‘lovlar
summasiga 156 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar”
subschyot kreditlanadi va 120 “Milliy valyutadagi naqd pul mablag‘lari”,
110 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan
mablag‘lar” yoki 061 “Oziq-ovqat mahsulotlari” (to‘lov o‘rniga oziq-ovqat
berilganda) subschyotlar debetlanadi.
Ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning analitik hisobi 327-
son shakldagi ta’lim muassasalarida bolalar saqlanganligi uchun ularning
ota-onalari bilan olib boriladigan hisob-kitoblar qaydnomasida yuritiladi.
Bolalarni bolalar musiqa va san’at maktablarda, shuningdek boshqa
ta’lim muassasalarida o‘qitganlik uchun hisoblangan to‘lov summalariga 156
“To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyot debetlanadi
va 242 “Ta’lim muassasalarida hisoblangan ota-onalarning mablag‘lari”
subschyot kreditlanadi. Kelib tushgan summalarga tegishli pul mablag‘larini
hisobga oluvchi subschyotlar debetlanadi va 156 “To‘lovlarning maxsus
turlariga doir hisob-kitoblar” subschyot kreditlanadi.Analitik hisob har bir
badal to‘lovchi ota-onalar bo‘yicha alohida holda yuritiladi.Xodimlar bilan
ularning ish joylaridan ovqatlanish uchun olib boriladigan hisob-kitoblarda
qonunchilikka ko‘ra kasalxonalar, maktabgacha ta’lim muassasalari,
nogironlar, shuningdek qariyalar uylari va boshqa tashkilotlar joylashgan


yerda umumiy ovqatlanish korxonalari bo‘lmagan hollarda ularning
xodimlariga to‘lov hisobiga ovqatlanish ruxsat etilgan bo‘lib, ana shu
tashkilotlarning xodimlari bilan ovqatlanganlik uchun hisob-kitob olib
boriladi.
Xodimlar bilan ular olgan ovqatlar uchun hisob-kitob yuritganda 156
“To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyotning debetiga
sarf qilingan
oziq-ovqat mahsulotlarining qiymati yoziladi, bunda, 061 “Oziq-ovqat
mahsulotlari” subschyot kreditlanadi.
Kreditiga esa, xodimlardan ovqat uchun olingan summalar, shuningdek
oldindan to‘langan avans summalari yozib boriladi, bunda tegishli pul
mablag‘larini hisobga oluvchi subschyotlar (120 “Milliy valyutadagi naqd
pul mablag‘lari” yoki 110 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-
kitoblardan tushgan mablag‘lar” subschyotlar) debetlanadi.
Ovqatlanish uchun olib boriladigan hisob-kitoblarning hisobi 285-son
shakldagi aylanma qaydnomada yuritiladi. Bu qaydnomada
xodimlarning familiyasi va ismi ko‘rsatiladi.

Yüklə 77,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə