Byudjet tashkilotlarida turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobi docx


Byudjet hisobini yuritishni alohida hususiyatlari quyidagilardan



Yüklə 77,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix31.05.2023
ölçüsü77,46 Kb.
#114775
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Byudjet tashkilotlarida turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar

Byudjet hisobini yuritishni alohida hususiyatlari quyidagilardan
iborat:
·
Byudjet tasnifi asosida hisobni tashkil etilishi;
·
Byudjet ijrosini nazorat qilinishi;
·
Harajatlar smetasi ijrosini nazorat qilinishi;
·
Davlat byudjeti g’azna ijrosi sharoitida hisobni tashkil etilishi va
yuritilishi;
·
Hisobda kassa va haqiqiy harajatlarni yuritilishi;
·
Byudjet tashkilotlarida soha hususiyatlari bo’yicha hisobni tashkil
etilishi va boshqalar. Byudjet hisobini alohida hususiyatlari buxgalteriya
hisobi vazifalariga qo’shimcha yanada
aniqroq vazifalar kiritilishini talab etadi. Ya’ni tasdiqlangan byudjet ijrosini
to’g’ri tashkil etish, moliya-byudjet intizomiga rioya qilish va boshqalar.


I.Bob.Byudjet tashkilotlarida turli debitor va kreditorlar bilan
hisoblashuvlar hisobi
1.1.Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari hisobini tashkil etish, uning
maqsadi va vazifalari.
Byudjet tashkilotlari tomonidan daromadlar va xarajatalar smetalarini
ishrosini amalga oshirish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslar bilan
hisoblashuvlarni amalga oshiradi. Bu hisoblashlarning provard natijasi
debitorlik va kreditorlik majburiyatlar bo‘yicha hisoblashuvlarni yuzaga
kelishiga sabab bo‘ladi.
Debitorlik majburiyat – bu boshqa korxonalarni, (haridorlarga sotilgan
mahsulot (ish va xizmatlar), mol yetkazib beruvchilarga oldindan to‘langan
mablag‘lar va boshqalar bo‘yicha), byudjet, 
byudjetdan tashqari
jamg‘armalarni (soliqlar, majburiy ajratma va ushlanmalar bo‘yicha oldindan
to‘langan mablag‘lar bo‘yicha) xodimlarni (hisobini berish sharti bilan
olingan mablag‘lar va boshqalar bo‘yicha) tashkilot oldidagi qarzdorligidir.
Kreditorlik majburiyat–
bu tashkilotning boshqa korxonalardan
(xaridorlarga sotilgan mahsulot (ish va xizmatlar) uchun olingan avanslar,
mol yetkazib beruvchilardan olingan mahsulot(ish va xizmatlar) va
boshqalar bo‘yicha), byudjet, byudjetdan tashqari jamg‘armalardan (soliqlar,
majburiy ajratma va ushlanmalar bo‘yicha), xodimlardan (ish haqi va unga
tenglashtiriladigan to‘lovlar va boshqalar bo‘yicha) qarzdorligidir.
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan ular yetkazib bergan
tovar moddiy qimmatliklari, ajargan ishlari va ko‘rsatgan xizmatlari uchun
olib boriladigan hisob-kitoblar, byudjet hamda ijtimoiy sug‘urta to‘lovlariga
ajratmalar bo‘yicha, kasaba uyushma tashkilotlari, hisobdor shaxslar,
xodimlar, stipendiya oluvchilar, deponent qilingan summalar, ta’lim
muassasalarida bolalarni saqlaganlik uchun ularning ota-onalari, shuningdek
boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar hisobi byudjet


tashkilotlarida debitorlar va kreditorlar hisobi ko‘rinishida yuritiladi.
Qonunchilikka muvofiq debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini
muddati 90 kun etib belgilangan. Bu muddatda tugatilmagan debitorlik va
kreditorlik 
majburiyatlari 
bo‘yicha 
tashkilot 
ma’sul 
shaxslariga
qonunchilikka muvofiq choralar ko‘riladi. Buxgalteriya hisobida undirish
imkoni bo‘lmagan debitorlik majburiyatlar balansdan tashqari schyotlarda
aks ettiriladi. Mamlakatimizda Davlat byudjeti g‘azna ijrosiga o‘tishi
munosabati 
bilan 
byudjet 
tashkilotlarining 
yuridik 
va 
moliyaviy
majburiyatlari G‘aznachilik va uning xududiy bo‘limlarida ro‘yxatga
olinmoqda.
Yuridik majburiyat - yuridik (jismoniy) shaxslarning ikkinchi tomon
oldidagi tuzilgan shartnomalar, kelishuvlar va tegishli hokimiyat
organlarining qarorlari bo‘yicha yuzaga kelgan majburiyatlari;
Moliyaviy majburiyat - yuridik (jismoniy) shaxslarning ikkinchi tomon,
tovar (ish va xizmat)lar yetkazib beruvchilar oldidagi yetkazib berilgan tovar
(ish va xizmat)lar uchun xaq to‘lashni tasdiqlovchi hujjatlar, jumladan hisob-
to‘lov hujjatlarida hisoblangan, ishchilarga ish haqi, to‘lov hujjatlari, sud
qarorlari, hamda byudjetdan mablag‘ oluvchilarni mol yetkazib beruvchi
yoki to‘lovni qabul qiluvchiga mablag‘larning o‘tkazilish majburiyatini
yuklovchi hujjatlar.Byudjet tashkilotlarining Davlat byudjeti hisobidan
mahsulot yetkazib beruvchilar bilan tuzgan shartnomalari, shuningdek
kapital 
qurilish 
buyurtmachilarining 
shartnomalari 
g‘aznachilik
bo‘linmalarida majburiy tartibda ro‘yxatga olinadi.
Bunda, byudjet tashkilotlarining tovar (ish, xizmat)lar yetkazib berish
bo‘yicha tuzadigan shartnomalarida, 15 foiz miqdorda oldindan to‘lov
amalga oshirilishi belgilanadi. Byudjet tashkilotlarining ikkinchi tomon
oldidagi yuridik majburiyatlari tuzilgan shartnomalar
(kontraktlar), qonun hujjatlari (misol uchun yig‘imlar, badallar, soliq va


boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha yuridik majburiyatlar) asosida yuzaga
keladi.
Byudjet tashkilotlari tomonidan qabul qilinadigan yuridik majburiyatlar
hajmi, belgilangan tartibga ko‘ra, ular iqtisodiy tasnifning tegishli moddalari
bo‘yicha xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan, ajratilgan byudjet
mablag‘lari bilan, kapital qo‘yilmalar xarajatlari bo‘yicha esa - har bir ob’ekt
bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan kapital qo‘yilmalar bilan
chegaralanadi.G‘aznachilik bo‘limlarida I va II guruh xarajatlari bo‘yicha
yuridik majburiyatlar ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlarni to‘lash
uchun naqd pul olishga so‘rovnomalar asosida ro‘yxatga olinadi.III va IV
guruh xarajatlari bo‘yicha yuridik majburiyatlar belgilangan tartibda tuzilgan
shartnomalar asosida ro‘yxatga olinadi.
Byudjet tashkilotlarini byudjet mablag‘lari hisobidan shartnomalari
faqat xarajatlarni qoplashga manbaning mavjudligi to‘g‘risidagi tasdiqnoma
va ushbu maqsadlarga ajratilgan byudjet mablag‘lari (limitlari) mavjud
bo‘lgan xarid hajmigagina tuzilishi mumkin.
Debitorlik va kreditorlik qarzlar bo‘yicha kelishmovchiliklar mavjud
bo‘lgan taqdirda tashkilot ularni bartaraf etish maqsadida tushunmovchiliklar
haqidagi materiallarni tegishli idoralarga taqdim etishi shart.
Qarzdorning undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulki yoki
daromadlari yo‘qligi tufayli ijro hujjatlari tashkilotga qaytarilgan taqdirda,
ushbu qarzlar tashkilot rahbari ruxsati bilan belgilangan tartibda hisobdan
chiqariladi.
Da’vo muddati o‘tgan debitorlik qarzlar tashkilot rahbarining ruxsati
bilan amaldagi xarajatlarni oshirish bo‘yicha hisobdan chiqariladi va bu
haqda 10 kun muddatda tegishli moliya organiga xabar qilinadi.
Da’vo qilish muddati tugagan byudjet mablag‘lari bo‘yicha yuzaga
kelgan deponent qilingan qarz summalari tashkilot moliyalashtiriladigan


(xarajatlari amalga oshiriladigan) tegishli byudjet daromadiga da’vo qilish
muddati tugagan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay kiritilishi
kerak.
Bunda, da’vo qilish muddati tugagan, byudjetdan tashqari mablag‘lar
bo‘yicha yuzaga kelgan deponent qilingan daromad sifatida aks ettiriladi.
Da’vo qilish muddati tugagan boshqa kreditorlik qarzlar O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda hisobdan
chiqariladi.[5]
Umumiy qilib byudjet tashkilotlarida debitorlar va kreditorlar hisobini
yuritishning hususiyatlarini quyidagicha tavsiflash mumkin:
1. Yuridik va moliyaviy majburiyatlar G‘aznachilik va uning hududiy
bo‘limlarida ro‘yxatga olinishi;
2. Tovar (ish, xizmat)lar yetkazib berish bo‘yicha mol yetkazib beruvchi
va pudratchilar bilan tuziladigan shartnomalarida oldindan to‘lov 15 foiz
miqdorda belgilanishi;
3. Tovar (ish, xizmat)lar yetkazib berish bo‘yicha mol yetkazib beruvchi
va pudratchilar bilan tuziladigan shartnomalar summasi 300 AQSh dollari
miqdorigacha bo‘lsa tanlov o‘tkazilmasdan to‘g‘ridan - to‘g‘ri shartnomalar
tuzish;
4. Tovar (ish, xizmat)lar yetkazib berish bo‘yicha mol yetkazib beruvchi
va pudratchilar bilan tuziladigan shartnomalar summasi 300 AQSh
dollaridan 100 ming AQSh dollariga teng miqdorigacha bo‘lsa tanlov
o‘tkazilib(birja savdolari ma’lumotlari asosida) shartnomalar tuzish;
5. Moliyaviy majburiyatlarni g‘aznachilik bo‘limlari tomonidan to‘lab
berilishi va boshqalar.
Byudjet tashkilotlarida debitorlar va kreditorlar hisobini yuritishda
buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi:
o Debitorlar va kreditorlar hisobini qonunchilik talablari bo‘yicha tashkil


etish;
o Debitorlar va kreditorlar hisobini o‘z vaqtida buxgalteriya birlamchi,
yig‘ma, hisob
registrlarida aks ettirib borish;
o Tovarlar(ish va xizmatlar) yetkazib berish bo‘yicha mol yetkazib
beruvchilar va
pudratchilar bilan tuziladigan shartnomalarni belgilangan tartibda
rasmiylashtirib to‘lov grafiklari tuzib ro‘yxatdan o‘tkazish uchun
g‘aznachilik bo‘limlariga taqdim etish;
o Ish xaqi va unga tenglashtiriladigan to‘lovlar, xizmat safari
harajatlariga naqt pul olish uchun g‘aznachilik bo‘limlariga o‘z vaqtida
so‘rovnomalarni taqdim etish;
o Debitorlik va kreditorlik majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida
amalga oshirilishini ta’minlash;
o Ish haqi va unga tenglashtiriladigan to‘lovlar bo‘yicha xodimlar bilan
hisoblashuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish;
o Debitorlar va kreditorlarni buxgalteriya hisobvaraqlarda holati va
xarakatini aks ettirib
borish;
o Debitorlar va kreditorlar hisobi bo‘yicha to‘liq hamda aniq
buxgalteriya axborotlarini shakllantirish va boshqalar.

Yüklə 77,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə