Bank auditi


auditorlik risklarning maqbul



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/38
tarix04.06.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#115463
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
bank auditi (1)

auditorlik risklarning maqbul 
to’plami 
deb atash mumkin.
Ma’lumki, har qanday malakali va puxta o’tkazilgan auditorlik tekshiruvi ham 
auditorlik riskini to’liq bartaraf eta olmaydi. Shuning uchun auditorlik amaliyotida 
uning ( auditorlik riskining) maqbul chegarasi 
5% deb qabul qilingan.
Ya’ni, 
auditorlik tashkiloti tomonidan berilgan yuzta auditorlik xulosasidan beshtasi 
munozarali masalalar bo’yicha noto’g’ri xulosalar bo’lishi mumkin. Bunday risk 
ya’ni, 5% miqdorda noto’g’ri xulosa berish ehtimoli auditorlik tashkiloti uchun 
muhim hisoblanmaydi va uning raqobatbardoshligini pasaytirmaydi. Aksincha, bu 
ko’rsatkich (5%)ni yanada pasaytirishga urinish behuda kuch va mablag’ 
sarflashga olib keladi hamda raqobatbardoshlikka salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Umuman 
auditorlik riskining maqbul to’plamiga 
quyidagi shart-sharoitlar 
asosiy ta’sirini ko’rsatadi.
1. Mijoz-tijorat bank faoliyati(biznesi)ning ko’lami. 
Mijoz-tijorat bankda 
sodir bo’ladigan xo’jalik muomalalarining miqdori qanchalik ko’p bo’lsa, 
auditorlik riski shunchalik yuqori bo’ladi va uning moliyaviy hisobotidan shuncha 
kengroq hajmda foydalanish zarur bo’ladi. Auditorlik risk darajasini aniqlashda 
moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan foydalanuvchilarning fikrlari asos bo’lib 


hisoblanadi. Masalan, agar aktsiyadorlik jamiyati qo’shimcha aktsiya chiqarishni 
rejalishtirmagan bo’lsa, u holda faqat haqiqiy aktsiyadorlar fikri inobatga olinadi. 
Agar qo’shimcha aktsiya chiqariladigan bo’lsa, aktsiyalarga obuna bo’luvchilar 
fikrlari ham inobatga olinadi. Yangi aktsiyadorlarni asosan yuqori dividendlar va 
ijobiy auditorlik xulosasi bilan jalb qilish mumkin.
2. Mulkchilikning tashkiliy-huquqiy shakllari 
ham auditorlik risklarning 
maqbul to’plamiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Masalan, ochiq turdagi aktsiyadorlik 
jamiyatlarining moliyaviy hisobotlari yopiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlarinikiga 
qaraganda aktsiyadorlarining ishonchini ko’proq qozonganligi bois, auditorlik 
riskini pasaytirishi mumkin. Bu ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlarida har xil 
mulkdorlar mavjudligi bilan izohlanadi. Shuningdek, aktsiyadorlarning manfaatlari 
har doim ham bir-birinikiga mos kelavermaydi va shuning uchun ham ular bir-
birlarini nazorat qilib turadilar.

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə