Bank auditi



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/38
tarix04.06.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#115463
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
bank auditi (1)

2.
 
Auditorlik xulosalari va ularning turlari 
 
Auditorlik hisoboti - xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari, mulkdori, 
ishtirokchilari (aktsiyadorlari) umumiy yiјilishiga taqdim etiladigan, auditorlik 
tekshiruvining borishi, buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibidan 
aniqlangan chetga chiqishlar, moliyaviy hisobotdagi huquq buzilishlari to’јrisida 
batafsil ma’lumotlar, shuningdek, auditorlik tekshiruvini o’tkazish natijasida 
olingan va auditorlik xulosasini tuzish uchun asos hisoblanadigan boshqa 
axborotdan iborat bo’lgan hujjat. 
11
Kunitsina N.N. Bankovskiy audit: Uchebnoe posobie / N.N. Kunitsina, V.V. Xisamudinov. – M.: Finansi i 
statistika, 2005. – 128 s.


Auditorlik xulosasi
- moliyaviy hisobotning haqqoniyligi va buxgalteriya 
hisobini yuritish tartibining qonun hujjatlari bilan belgilangan talablarga 
muvofiqligi to’g’risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan va 
xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun 
ochiq bo’lgan hujjat. 
 
Auditorlik xulosasining tuzilishi 
Auditorlik hisobotida quyidagilar bo’ladi: 
a) nomi ("Auditorlik hisoboti" yoki "Auditorlik tashkilotining hisoboti": 
ikkala nom bir xil kuchga ega); 
b) adresatning nomi
v) kirish qismi; 
g) tahliliy qism; 
d) yakuniy qism. 
Auditorlik hisobotining har bir sahifasiga moliyaviy hisobotning auditorlik 
tekshiruvini amalga oshirgan auditor (auditorlar) imzo chekishi shart. 
Auditorlik hisoboti buyurtmachining barcha zaruriy rekvizitlarini ko’rsatish 
bilan auditorlik tekshiruvi buyurtmachisiga yuboriladi. 
Auditorlik xisobotining kirish qismi 
Auditorlik hisobotining kirish qismida auditorlik tashkiloti rekvizitlari, shu 
jumladan auditorlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziyaning raqami va sanasi, 
auditorlar va auditorlik tekshiruvida qatnashgan boshqa shaxslar to’g’risidagi 
ma’lumotlar, shuningdek, auditorlik tekshiruvini o’tkazish uchun asos va xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt faoliyatining umumiy tavsifi keltiriladi. 
Auditorlik xisobotining taxliliy qismi 
Auditorlik hisobotining tahliliy qismi AFMAga havola qilishi va unda 
quyidagilar bo’lishi shart: 
xo’jalik yurituvchi sub’ektda ichki nazorat holatini tekshirish natijalari 
(batafsil bayoni); 
buxgalteriya hisobi holati va moliyaviy hisobotni tekshirish natijalari; 
moliyaviy-xo’jalik faoliyatini amalga oshirish paytida qonunchilik talablariga 
rioya etilishini tekshirish natijalari; 
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblash hamda to’lashning 
to’g’riligini tekshirish natijalari; 
aktivlarning butligini tekshirish natijalari. 
Xo’jalik yurtiuvchi sub’ekt ichki nazoratining holatini tekshirish natijalari 
to’g’risidagi axborot quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak: 
ichki nazorat tizimining xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining miqyoslari 
va xususiyatiga muvofiqligi umumiy bahosi; 
auditorlik tekshiruvi mobaynida aniqlangan ichki nazorat tizimining xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt faoliyatining miqyoslari va xususiyatiga jiddiy nomuvofiqliklari 
bayoni. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisoboti 
holatini tekshirish natijalari to’g’risidagi axborot quyidagilarni o’z ichiga olishi 
kerak: 


buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishning belgilangan 
tartibiga rioya qilinishini baholash; 
auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan buxgalteriya hisobini yuritish va 
moliyaviy hisobotni tayyorlashning belgilangan tartibini jiddiy buzishlar bayoni. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan moliyaviy-xo’jalik operatsiyalarini 
amalga oshirish paytida qonunlarga rioya etishini tekshirish natijalari to’g’risidagi 
axborot quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak: 
Xo’jalik 
yurituvchi 
sub’ekt 
amalga 
oshirgan 
moliyaviy-xo’jalik 
operatsiyalarining qonunchilikka muvofiqligini baholash
auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan, xo’jalik yurituvchi sub’ekt amalga 
oshirgan moliyaviy-xo’jalik operatsiyalarning qonunchilikka 
jiddiy nomuvofiqliklari bayoni. 
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblashi va to’lashning to’g’riligini 
tekshirish natijalari to’g’risidagi axborot quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak: 
tuzilgan va tegishli organlarga taqdim etilgan soliqlar va boshqa majburiy 
to’lovlar to’g’riligining bahosi; 
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblash va to’lashning belgilangan 
tartibini buzish faktlari, soliq solinadigan bazani belgilash paytidagi chetga 
chiqishlar bayoni. 
Aktivlar butligini tekshirish natijalari aktivlarni inventarlashga asoslanishi va 
o’z ichiga ularning haqiqatda mavjudligi va butligi to’g’risidagi ma’lumotlarni 
olishi kerak. 
 
Auditorlik xisobotining yakuniy qismi 
Auditorlik hisobotining yakuniy qismi auditorlik tashkilotining aniqlangan 
chetga chiqishlar va huquq buzilishlarini bartaraf etishga doir tavsiyalarini, 
shuningdek 
xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy-xo’jalik faoliyati 
samaradorligini oshirishga doir takliflari va maslahatlarini o’zi ichiga olishi kerak. 
 
Auditorlik xisoboti uchun javobgarlik 
Auditorlik tashkiloti auditorlik hisobotini tuzganlik uchun qonun hujjatlariga 
muvofiq javobgar bo’ladi. Auditorlik hisobotida keltirilgan axborot maxfiy 
hisoblanadi va oshkor etilmasligi kerak. Axborotni oshkor etganlik uchun ushbu 
axborotdan foydalana oladigan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka 
tortiladilar. 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə