Bank auditi


-mavzu. Naqd pul va kassa operatsiyalarining auditi



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/38
tarix04.06.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#115463
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38
bank auditi (1)

3-mavzu. Naqd pul va kassa operatsiyalarining auditi 
 
Reja: 
1.
 
Naqd pul va boyliklarni audit qilish tartibi 
2.
 
Naqd pul va boyliklarni saqlash binolari va ularni qo’riqlanish 
auditi 
3.
Kassa va kassa operatsiyalarini auditi
 
1.
 
Naqd pul va boyliklarni audit qilish tartibi 
Bank kassalaridagi mavjud pul va boyliklar to’satdan, bir kunning o’zida, 
barcha boyliklar, ular bilan o’tkaziladigan operatsiyalar, pul va boyliklar sanash 
chog’ida but saqlanishini to’liq audit qilish imkoniyatini ta’minlaydigan, hamda 
boyliklar yashirilishi, pul va boshqa boyliklardan kamomad borligini yashirishga 
imkon qoldirmaydigan izchillikda audit qilinadi. 
Audit qilish boyliklar but saqlanishi uchun javobgar bo’lgan mansabdor 
shaxslarning ishtirokida o’tkazilishi hamda bank muassasalarida operatsiyalar 
amalga oshirilishining odatdagi maromini buzmasligi kerak. 
Auditdan o’tkazish paytida Yuqori lavozimdagi mansabdor shaxslar yo’q 
bo’lsa, bu holat dalolatnomada alohida qayd ztiladi, umumiy dalolatnoma audit 
rahbarining, hamda mas’ul rahbarlarning imzolari bilan tasdiqlanadi. 
Audit qilish razberi bank muassasasiga kelganidan aylanma (operatsiya) va 
kechki kassalarda, qayta pul sanash kassasida va kassirlar bilan inkassatorlarning 
javobgarligida bo’lgan jamiki naqd pulni, zaxira fondlarida bo’lgan pul bileti va 
tangalarni, chet el valyutasi va boshqa boyliklarni o’z nazoratiga qabul qiladi. 
Audit qilish rahbari, uni o’tkazishga kirishar ekan, mansabdor shaxslarning 
xuzurida Naqd pul bo’lgan barcha omborlarni uzining lavozimiga doir surg’uchli 
muxr bilan muxrlab chiqadi. Kassa tarmogida joylashgan boshqa omborlar esa 
audit boshlangan payt ularda pul va boyliklar yo’qligiga ishonch hosil qilish uchun 
ko’zdan kechiriladi. 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə