Bank auditi


 Ayrim hisob-kitob operatsiyalarini auditi



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/38
tarix04.06.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#115463
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38
bank auditi (1)

 
2. Ayrim hisob-kitob operatsiyalarini auditi 
Ayrim hisob-kitob operatsiyalarini audit qilish hujjatlarning asl nusxalari 
asosida olib boriladi. Audit jarayonida quyidagilarni tekshirish zarur: 
a) mijozlariing balans hisob-varaqlarida ochilgan hamda audit davrida 
harakatdagi va yopilgan hisobvaraqlar bo‘yicha ularga mablag‘ o‘tkazilishining 
qonuniyligi, vakolatli muassasalarning hisobvaraqlaridan mablag‘larni naqd pulsiz 
tartibda o‘tkazish va naqd pul berish qoidalariga rioya etilishi. 
Vakolatli muassasalarning operatsiyalari audit qilinayotgan hisobvaraqlari 
analitik hisobni sintetik hisobga qiyoslash orqali, ochilgan hisobvaraqlarni qayd 
etish daftari va imzolar namunalari ko‘rsatilgan varaqchalarga qarab aniqlanadi; 
b) o‘z manzilidan boshqa joyda xo‘jalik hisobida bo‘lmagan ayrim 
korxonalari, omborlari, filiallari va hokazolarga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektlar uchun, shuningdek, O‘zbekistan Respublikasi Markaziy banki 
Boshqaruvining ayrim ko‘rsatmalarida belgilangan hollarda ba’zi tashkilotlar 
uchun tushumni o‘tkazish maxsadida ochilgan ikkilamchi hisobvaraqlari bo‘yicha 
ularning ochilishi va mablag‘ o‘tkazilishi qonuniyligi, turib qolgan mablag‘lar 
yuqori tashkilotlarning hisobvaraqlariga o‘z vaqtida va to‘g‘ri o‘tkazilishi. 
Audit qilinayotgan bank muassasasining ilova xissbvaraqlari borligi 
ochilgan hisobvaraqlarni qayd etish daftariga qarab va analitik hisobni sintetik 
hisob bilan qiyoslash orqali aniqlanadi; 
v) Xalq bankining vakillik hisobvarag‘i bo‘yicha kredit operatsiyalari 
jismoniy shaxslarning omonatlariga, muassasalar va tashkilotlarning joriy 
hisobvaraqlariga noqonuniy o‘tkazilgan summalarni aniqlash maqsadida audit 
qilinadi. 
Ayni vaqtda Xalq bankida bank xodimlarining imzo namunalari borligi va 
bank muassasasidan xalk bankining hisobvarag‘iga summa o‘tkazilgani bo‘yicha 
kelgan hujjatlar to‘g‘ri rasmiylashtirilgani audit qilinadi. 
SHuningdek, bank muassasalarida hisob-varag‘i bo‘lgan barcha Xalq banki 
bo‘limlariga mablag‘ o‘tkazish uchun hujjatlarning birinchi nusxalari asosida 
qaydnoma tuzilishiga ham yo‘l qo‘yiladi. 
Vakillik hisobvaraqqa boshqa bank muassasalaridan ayrim, omonatchilar 
yoki muassasalar va tashkilotlar nomiga qonuniy tarzda o‘tkazilgani shubxa 
uyg‘otadigan summalar kelib tushganida audit o‘tkazish rahbari tegishli bank 
muassasidan shunga doir tasdiqnoma olishi kerak. 
Auditor tuman Xalq bankiga borganida Xalq bank belgilangan maqsadli 
mablag‘ pensionerlar va omonatchilarning hisobvarag‘iga bank muassasalari 
o‘tkazgan to‘lovlar summasi o‘z vaqtida o‘tkazilgani audit qilinadi; 
g) 21500, 21700 va 21900-bosh kitoblardagi balans hisobvaraqlari bo‘yicha 
foizlar hisoblanishi va ularning summasi 51700, 51800 va 51900- bosh kitobdagi 
balans hisob-varaqlarida aks ettirilishi. 
Operatsiyalarni audit qilish ushbu yo‘riqnomaning boshqa bo‘limlarida 
ko‘zda tutilmagan muddatsiz depozit hisobvaraqalari, ssuda va boshqa 


hisobvaraqlardan mablag‘ berish va o‘tkazishning qonuniyligi hujjatlar va shaxsiy 
hisobvaraqlar bo‘yicha audit rahbari belgilaydigan hajmda tekshirilishi mumkin. 
Bunda moddiy tovarlar olishga doir orderlar, ayniqsa shu mijozga xizmat 
ko‘rsatmaydigan mansabdor shaxslar imzolagan operatsiyalarga alohida e’tibor 
qaratish va ayni vaqtda hujjatlar to‘g‘ri rasmiylashtirilganini tekshirish kerak. 
Audit qilinadigan hujjatlar oldindan yoki navbati bilan hisoblanishi, hamda 
olingan natijalar balans bilan qiyoslanishi zarur. 
Buxgalteriya daftari tutiladigan, hujjatlar debetlangan balans hisobvaraqlari 
raqamlari o‘sib boruvchi tartibda tiqiladiga bank muassasalarida audit qilinadigan 
hujjatlar va kassa hujjatlari shu daftardagi yozuvlarga qiyoslanadi. 
Hisob yuritishni tekshirish uchun olingan hujjatlar summasi hujjatlarning 
xhar bir bog‘lami bo‘yicha muassasa nomi, sana, ro‘yhatlarning raqami va 
bog‘lami, berilgan guruxdagi hujjatlarning narxi, hisoblash va qiyoslashni amalga 
oshirgan operatorlarning imzolari tushirilgan hisoblash tasmalaridagi summalar 
bilan qiyoslanadi va shu kundagi barcha tasmalarning yakunlari o‘zaro qo‘shiladi 
va olingan ma’lumotlar balans bilan taqqoslanadi. 
Hujjatlarni tekshirishning ko‘rsatib o‘tilgan usullarini qo‘llashda audit 
qilinadigan hujjatlarni alohida jarayonda hisoblashga zarurat qolmaydi. 
Ayni vaqtda auditor hujjatlar shakllanishi va bog‘lam muqovalarining yuz 
tomoni rasmiylashtirilishi to‘g‘riligini ham tekshiradi. 
a) Filiallararo oborotlarning hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni audit 
qilish. 
Banklar o‘rtasidagi hisob-kitoblarni audit qilishda O‘zbekistan Respublikasi 
Markaziy bankining buxgalteriya hisobvaraqalar rejasidagi 17305, 23206-
"Aniqlanish jarayonidagi transaksiyalar", 17400 va 27400•bosh kitoblardagi 
hisobvaraqlarini tekshirish orqali amalga oshiriladi O‘zbekistan Respublikasi 
banklari o‘rtasida hisob-kitoblarni olib borilishini audit qilish O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1995 yil 19 avgustda 
tasdiqlangan yo‘riqnoma va unga 1995 yil 15 sentyabr, 1996 yil 18 maydagi 222-
sonli qo‘shimcha bo‘lgan me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. 
b) Inkasso operatsiyalarini audit qilish. 
Inkasso operatsiyalarini audit qilish har bir hisobvaraqdagi kartotekada 
bo‘lgan hujjatlarni hisoblashdan va hisob natijalarini analitik hisobvaraqchalari va 
balans ma’lumotlariga qiyoslashdan boshlanadi. 
Hujjatlarni audit qilish rahbari belgilagan mijozlar bo‘yicha tanlab hisoblash 
mumkin. 
Ikki o‘rtada farq chiqqanida uning sabablari kunlar va oylar bo‘yicha kirim-
chiqimga doir operatsiyalarni, shuningdek, aniqlangan farqlarni tartibga solish 
to‘g‘riligini tekshirish orqali aniqlanadi. 
90965 - "Inkassoga olingan (ichki) maxalliy veksellar" hisobvaraq bo‘yicha 
quyidagilar audit qilinadi: 
a) hujjatlar kartotekaga kirim qilinishining asosli ekanligi, ular orasida 
keyinchalik akseptlangan yoki akseptlanmagan holda haqini to‘lash, shuningdek, 


balansdan tashqari 90909, 90930, 90951, 90963 va 90979-hisobvaraqlarda hisobga 
olinishi kerak bo‘lgan hujjatlar bor yo‘qligi; 
b) akseptlashdan oldin yoki keyin voz kechish hollarini qabul qilish va 
hisobini yuritish qoidalariga amal qilinishi. 
"Muddatida to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari" nomli 90963-hisobvarag‘i 
bo‘yicha quyidagilar audit qilinadi; 
a) to‘lov talabnomasining orqa tomoniga "Talabnoma 2-kartotekaga 
qo‘yilgani to‘g‘risida ta’minotchining bankiga xabar berildi (sana)" deb yozilgan 
to‘rtburchak muxr urilgani; 
b) hujjatlar to‘lovlar navbatiga qarab joylashtirilgani; 
v) to‘lov hujjatlarini qaytarib olish uchun bank muassasasining kredit 
xodimlari va rahbariyati ruxsat belgisi kuygan tegishli hujjatlar borligi. 
To‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasalarida keluvchi hisob-
kitob hujjatlari uchun haq, qanchalik to‘g‘ri to‘lanayotgani audit qilinadi. 
Jumladan, quyidagilar aniqlanadi: 
a) hujjatlar bank muassasasining ekspeditsiyalaridan operatsiya bo‘limiga 
o‘z vaqtida tushishi; 
b) to‘lovlar navbatiga rioya qilinishi; 
v) o‘z vaqtida to‘lanmagan to‘lov hujjatlari bo‘yicha penyalar o‘z vaqtida 
hisoblangani va undirib olingani; 
g) bankning 60-yo‘riqnomasiga 1-ilovaning 14-bandida bayon etilgan hisob-
kitoblar bo‘yicha bank operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga muvofiq 
inkasso qilingan to‘lovlar FO hisobvaraqdari orqali o‘z vaqtida o‘tkazilgani. 
v) Banklarining vakillik hisobvaraqlarini audit qilish. 
Banklar 
o‘rtasidaagi 
barcha 
hisob-kitoblar 
banklarning 
vakillik 
hisobvaraqlari asosida amalga oshiriladi. Vakillik hisobvaraqlari hisob Markazida 
yuritiladi. 
Hisob Markazida Vakillik hisobvaraqalarini tekshirishda O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining 1996 yil 19 avgustdagi 22-sonli bayonnomasi 
"O‘zbekiston Respublikasi banklari o‘rtasida hisob-kitoblarni elektron to‘lov tizimi 
haqida" yo‘riqnomasining 3,6 bandi bo‘yicha har kuni bank ish kuni 
boshlanishidan oldin vakillik hisobvaraqalarini solishtirib borishini, utayotgan 
to‘lovlarning qonuniyligi audit qilinadi. 
Banklarning vakillik hisobvaraqlarini audit qilishda vakillik hisobvaraqlari 
orqali amalga oshiriladigan to‘lovlar vakillik hisobvarag‘idan mablag‘ doirasida 
o‘tkazilganligiga, vakillik hisobvaraq bo‘yicha debet qoldiqda pul qo‘yilmaganligi, 
hisobvaraqasining yuritilayotganligiga alohida e’tibor beriladi. 
g) Davlat byudjet” hisobvaraqlari bo‘yicha amalga oshiriladigan 
operatsiyalarni audit qilish. 
Byudjeti hisobvaraqalari bo‘yicha amalga operatsiyalari Uzmarkazbankning 
1996 yil 20 “O‘zbekiston Respublixasida Davlat ijrosi” to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga 
va 1996 yil 30 dekabrdagi 301-sonli “Davlat byudjeti hisobvaraqalariga xizmat 
ko‘rsatish tartibi”ga rioya qilingan holda audit qilinadi. Bunda quyidagilarga 
e’tibor beriladi. 


To‘lov hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilgani hamda korxonalar, tashkilotlar va 
muassasalarning hisobvaraqlaridan mablag‘lar, shu jumladan ishchi va 
xizmatchilarning ish haqidan ushlab kolingan soliklar, pensiya fondi va bandlik 
fondiga to‘langan badallar byudjet daromadi uchun o‘z vaqtida o‘tkazilgani 
aniqlanadi. 
"Respublika byudjeti qaramog‘idagi tashkilotlarning mablag‘lari" nomli 
23404 hamda Maxalliy byudjet tashkilotlarning hisobvaraqlar bo‘yicha 
tekshirishda quyidagilarga e’tibor beriladi: 
a) hisobvaraqlar ochilishining qonuniyligi va shu hisobvaraqlarni tasarruf 
etishga berilgan vakolat to‘g‘ri rasmiylashtirilgani; maxsus mablag‘larning joriy 
hisobvaraqlari bo‘yicha esa bundan tashqari shu chiqimlarning smetasi 
tasdiqlangani 
to‘g‘risidagi 
ma’lumotnomalar 
borligi 
tashkilotlar 
shu 
ma’lumotnomalarni to‘g‘ri berganligi, "Topshiriqnomalarga doir summalar" nomli 
joriy hisobvaraqlar bo‘yicha ham tegishli moliyaviy organlarning Ruxsatnomalari 
borligi; 
b) maxsus mablag‘lar bo‘yicha shu hisobvaraqlarga summalar o‘tkazish 
to‘g‘riligi 
maxsus 
mablag‘lar 
smetalarini 
tasdiqlash 
to‘g‘risidagi 
ma’lumotnomalarda ko‘rsatilgan manbalarga muvofiq, "Topshiriqnomalarga doir 
summalar" nomli hisobvaraqlarga summalar o‘tkazish to‘g‘riligi esa shu 
hisobvaraqlar ochilishiga moliya organlari bergan ruxsatnomalerga muvofiq 
nazorat qilinishi; 
v) ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lar belgilangan maqsadlarga sarflanishi; 
g) maxsus mablag‘larning joriy hisob-varaqlari bo‘yicha chiqimlar uchun 
to‘lovlar paytida hisob-kitob-pul hujjatlari va topshiriqnomalarga doir summalar 
to‘g‘ri rasmiylashtirilgani. 
d) Bankning ichki zhisobvaraqalar bo‘yicha operatsiyalarni audit qilish. 
O‘zmarkazbank tomonidan Bosh boshqarmalarga 56100 "Xodimlarning ish 
haqi va boshqa xarajatlar" bosh kitobi bo‘yicha limit o‘rnatiladi. 
Bosh boshkharmalarda ushbu o‘rnatilgan limitga asosan ish haqi va mukofot 
pullari hisoblanadi. Ish haqi hisoblashda O‘zmarkazbank tomonidan tasdiqlangan 
shtat bankning bank auditi o‘tkazish uchun sertifikat (malaka sertifikatini) berish 
va auditorlar malakasini attestatsiyadan o‘tkazish komissiyasi tartibi”, “Bank auditi 
o‘tkazish huquqini olish uchun malaka imtix,onlarini o‘tkazish” va “Bank auditi 
o‘tkazish huquqi uchun sertifikat (malaka sertifikatami) berish” tartibiga asosan 
beriladi. 
Tashqi auditning maqsadi banklarning Xalqaro buxgalteriya hisobi 
standartlariga (XBXS) mos ravshida tuzilgan moliyaviy hisobotlari haqkoniyligiga 
nisbatan mustaqil auditorlarning xolisona fikrini bildirishdir. Auditni o‘tkazish 
jarayonida auditorlar bank ichki nazoratidagi kamchiliklar haqdad alohida hisobot 
tayyorlashi kerak. 
Tijorat banklarini audit qilish to‘g‘risidagi Nizom quyidagilar bilan bog‘liq 
munosabatlarni tartibga soladi: 


- Markaziy bankning Bank auditini o‘tkazish uchun sertifikat (malaka 
sertifikatini) berish va auditorlar malakasini attestatsiyadan o‘tkazish komissiyasi 
faoliyati; 
- bank auditini amalga oshirish huquqini beruvchi malaka imtixonlarini 
o‘tkazish; 
- bank auditini o‘tkazish huquqini beruvchi sertifikatlarni olish va uni bekor 
qilish ; 
- auditorlik tashkilot (firma)larning huquq va majburiyat-larini amalga 
oshirish; 
- auditorlik tashkilotlari va auditorlar tomonidan auditni amalga oshirish; 
- auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazishda Bank kengashi va Boshqaruvi 
faoliyati. 
Auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish tartibi.
 
Tijorat banklarining auditorlik tekshiruvlari O‘zbekiston Respublikasi 
qonunchiligi va Markaziy bankning me’yoriy hujjatlariga asosan amalga oshiriladi. 
O‘zmarkazbank tomonidai limit o‘rnatiladi. Ushbu o‘rnatilgan limitga rioya 
qilinishini tekshirishda ovqat va yo‘l kira puli uchun ochilgan shaxsiy 
hisobvaraqlar bo‘yicha audit qilinadi. Boshqarmada ovqat va yo‘l kira pullari 
ishchi va xodimlarga faqat ishlagan ish kunlari uchun to‘lanishy audit qilinadi. 
Boshqaruv apparatini ta’minlash uchun qilingan sarf xarajatlarning 
qonuniyligini audit qilishda xodimlarga tegishli bo‘lgan ish haqi summalari, shu 
jumladan to‘liq bo‘lmagan oy, bayram, dam olish kunlari va ishdan tashqari 
vaqtlarda, birovning urnida vaqtincha ishlab to‘rganlik, o‘rindoshlik puli bilan 
ishlaganlik, navbatdagi ta’tillar, hamda oliy va o‘rta ukuv yurtlarining talabalariga 
beriladigan ta’tillar uchun, xodim ishdan bushayotgan paytda u foydalanmagan 
ta’til, vaqtincha mehnatga layokatsizlik uchun to‘lanadigan nafaqa, hamda boshqa 
mablag‘lar to‘g‘ri hisob-kitob qilingani va to‘langaniga e’tibor qilish kerak. 
Uzluksiz ishlagan ish stajiga to‘lanadigan to‘lovlarni Uzmarkazbank 
Nizomida belgilangan foizlarga nisbatan to‘lanishy audit qilinadi. Ushbu to‘lovda 
ustama ish haqi qo‘shilmaganligi tekshirilishi shart. 
Bosh boshqarmada O‘zmarkazbank tomonidan belgilangan yillik yakuni 
bo‘yicha mukofot pullarini hisoblanishini har bir ishchi va xodimlar uchun 
ochilgan щaxsiy hisobvaraqalarga kiritilgan ish haqi, ustama ish haqi, ish vaqtidan 
tashqari ishlagan ish kunlari uchun to‘lovlar, mukofot puli, uzluksiz ish stajiga 
to‘lanadigan to‘lovlar va ta’til pullarining (O‘zmarkazbankning yo‘riqnomasida 
ko‘rsatilgan to‘lovlarga) yig‘indisi belgilangan foizga nisbatan hisoblanishi audit 
qilinadi. 
Markaziy bank tizimida qishloq xo‘jalik mahsuloti uchun pullarning 
to‘lanishi O‘zmarkazbank tomonidan belgilangan summalar va ko‘rsatilgan 
shartlarga asosan to‘lanishining to‘g‘riligi audit qilinadi. 
Bundan tashqari O‘zmarkazbank tomonidan turli xil bayramlarga (31101) 
ajratiladigan mukofot pullari shoshilinchnomada ko‘rsatilgan summalarga asosan 
to‘lanishy audit qilinadi. 


YUqorida ko‘rsatilgan barcha to‘lovlar ishchi va xodimlar uchun ochilgan 
shaxsiy hisobvaraqlariga to‘liq kiritilishi audit qilinadi. 
Markaziy bank ishchi va xodimlarning daromadidan daromad soligi 
hisoblanishini O‘zbekistan Respublikasi Soliq Qo‘mitasining belgilangan soliq 
shkalasiga asosan har oyda va yil yakuni bo‘yicha to‘g‘ri soliqqa tortilishi audit 
qilinadi. Ishchi va xodimlarning shaxsiy hisob-kitrb varaqasiga kiritilgan barcha 
to‘lovlardan daromad solig‘i hisoblanishi shart. 
Kasallik varaqalari bo‘yicha to‘lovlar tekshirilganda quyidagilarga e’tibor 
berish kerak, ya’ni kasallik varaqalarining o‘z vaqtida buxgalteriyaga topshirilishi, 
xodimlarning kasallik varaqalarida xodimlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan 
mehnat stajlarining to‘g‘ri qo‘yilganligi shu asosda kasaba uyushmasi tomonidan 
bankning majlis bayonnomasiga asosan foizlarning aniq belgilanishi, kasallik 
varaqalari bo‘yicha nafaqalarni “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalarni 
tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan nafaqalarni to‘g‘ri 
to‘langanligi audit qilinadi. 
Xizmat safari bo‘yicha mablag‘lar to‘g‘ri sarflangani va bo‘nak hisobotlari 
o‘z vaqtida taqdim etilgani audit qilinadi. 
Xizmat safari xarajatlari bo‘yicha to‘lovlar tekshirilganda quyidagilarga 
e’tibor berish kerak, ya’ni safar xizmati guvoxnomalarining to‘g‘ri 
rasmiylashtirilishi, (safar muddatiga rioya qilinishi, safarga borish uchun 
chiqarilgan buyruq yoki farmoyish raqami, sanasi, yili, xizmat safariga boruvchi 
xodimning pasport ma’lumotlari borligi, xizmat safari guvoxnomasi rahbariyat 
tomonidan imzo va muxr bilan tasdiqlanganligi, xodimning belgilangan joyga 
borganligi va u erdan chiqib ketganligi • to‘g‘risidagi qaydlar sana, yillari va 
ularning kelib ketganligini tasdiqlovchi imzo va muxr bilan tasdiqlanganligi audit 
qilinadi 
Xizmat safariga borib kelgandan keyin bo‘nak hisobotlarini topshirilish 
muddatiga rioya qilinishi, bo‘nak hisobotlarida ko‘rsatilgan xarajatlarni to‘g‘ri aks 
ettirilganligi va buxgalteriya tomonidan to‘lov uchun qabul qilinganligi, hamda 
ortiqcha olingan bo‘nak pullarini o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash hujjatlar 
asosida ko‘rsatiladi 
Ishlab turgan pensionerlarga pensiya to‘lash qoidalariga rioya qilinishi, shu 
jumladan pensionerlarga ish joyidan maoshini hisobga olgan holda pensiya 
to‘lashni 
davom 
ettirish 
to‘g‘risida 
ijtimoiy-ta’minot 
bo‘limlarining 
topshiriqnomalari borligi, pensiya xodimi egallab to‘rgan lavozimga va amalda 
bajarayotgan ishiga qarab to‘g‘ri belgilangani, pensionerlar ishga qabul qilingani 
to‘g‘risida ijtimoiy-ta’minot organlariga o‘z vaqtida xabar berilishi audit qilinadi. 
Bundan tashqari, mablag‘lar ro‘znoma va oynomalarga obuna bo‘lish uchun 
sarflanishi me’yorlariga rioya etilishi, mablag‘lar smetaning boshqa moddalari 
asosida to‘g‘ri va maqsadga muvofiq tarzda ishlatilishi, etarlicha rasmiylashtirilgan 
asosiy hujjatlar borligi auditdan o‘tkaziladi. 
Bank faoliyati bo‘yicha operatsiyalar va boshqa x,arajatlarni hisobga olib 
boruvchi hisobvaraqlarda amalga oshirilgan operatsiyalarning qonuniyligi va asosli 
ekanligi ham shu tarzda audit qilinadi. 


Bank rezerv kapitali hisobvarag‘i bo‘yicha kredit va debet operatsiyalarning 
to‘g‘riligi aniqlanadi. 
31101-hisobvaraq bo‘yicha operatsiyalarni tekshirishda operatsiyalar 
o‘tkazish va mablar sarflash o‘rnatilgan limit va mablag‘lar doirasida amalga 
oshirilgani aniqlanadi. 
31101-hisobvaraq 
bo‘yicha 
operatsiyalar 
to‘g‘riligini 
tekshirishda 
quyidagilarga e’tibor qilish kerak: 
1) Yillik ish yakunlari bo‘yicha mukofot to‘lashning to‘g‘riligi; 
2) Xodimlarga ko‘rsatilgan moddiy yordam qay tarzda hisobga olinishi va 
berilishi; 
3) Moddiy rag‘batlantirish fondi bo‘yicha boshqa xil to‘lovlar qay tarzda 
amalga oshirilishi. 
Moddiy rag‘batlantirish uchun “O‘zbekistan respublikasi Markaziy banki va 
uning muassasalari xodimlariga ish haki to‘lash to‘g‘risida”gi Nizomga qat’iyan 
rioya qilib sarflanishi zarur. 
31101-hisobvaraq bo‘yicha operatsiyalar amalga oshirilishining to‘g‘riligini 
tekshirishda, shuningdek, ajratilgan mablag‘lar Markaziy bank ruxsatnomalarini 
hisobga olgan holda belgilangan maqsadda ishlatilishiga e’tibor qilish kerak. 
19921-hisob varag‘ida hisobga olingan arzon va tez eskiruvchi 
buyumlarning xaraja 
tini to‘g‘ri olib borilishini tekshirishda balansning tegishli xarajat hisob 
varaqlari bilan qiyoslanib audit qilinadi. Arzon va tez eskiruvchi buyumlarni 
chiqim qilishda tuzilgan yo‘qotish dalolatnomasi audit qilinadi. 19923 
hisobvaraqda ombordagi asosiy vositalar hisobi to‘g‘ri yuritiliyotganligi audit 
qilinadi. 
Bankning asosiy vositalarini, mebellarini va jixozlarining butligini audit 
qilishda 16500-bosh kitobdagi hisobvaraqlar bo‘yicha amalga oshirilgan 
operatsiyalar qonuniyligi tekshiriladi. 
16515-hisobvaraq operatsiyalarini audit qilishda ijaraga olingan binolarni 
kapital ta’mirlash uchun sarflangan harajat SHartnoma shartlariga mos kelishi, ular 
Boshqaruv apparatini ta’minlash uchun belgilanan chiqimlar smetasi bo‘yicha ana 
shu maqsadda ajratilgan mablag‘ darajasidan oshib ketmasligi; ijaraga olingan 
binolarning kapital ta’mirlanishi uchun qilingan xarajatlar 16515-hisobvaraq, 
debetiga to‘liq o‘tkazilgani, bu xarajatlar 56216-hisobvaraqdagi mablag‘lar 
hisobidan o‘z vaqtida to‘g‘ri qoplangani; asosiy vositalar, shuningdek, arzon va tez 
eskiruvchi buyumlar hisobini yuritish ishlari yo‘lga qo‘yilishi va asosiy vositalar 
ro‘yhatga olinishining to‘g‘riligi; binolar, asbob-uskunalar, mashinalar va boshqa 
jixozlar balans hisobidan chiqarilganining asosli ekanligi va maqsadga muvofiqligi 
hamda hisobdan chiqarilgan buyumlar (shu jumladan qimmatbaho metallar)ni 
sotishdan olingan mablag‘lar hisobga to‘liq olinganiga e’tibor berish kerak. Bank 
o‘z binolariga ega bo‘lgan taqdirda ular bankka tegishliligini tasdiqlovchi hujjatlar 
93609-hisobvaraqda borligi auditdan o‘tkaziladi. 
Audit jarayonida asosiy vositalar va jixozlar ro‘yhatga olingani tanlab 
auditdan o‘tkaziladi. 


“Tugallanmagan qurilish” nomli 16505-hisobvaraq bo‘yicha quyidagilar 
auditdan o‘tkaziladi: 
- bu hisobvaraq bo‘yicha o‘rnatilgan limit doirasida xarajat qilinishi; 
• mablag‘, hamda etarlicha tasdiqlangan hujjatlar, shu jumladan qurilishdagi 
ob’ektlar ro‘yhati va qurilish olib borilishiga asos bo‘lgan pudrat shartnomalari 
borligi; 
• bajarilgan ish uchun hisob-kitob qilish qoidalariga rioya etilishi; 
• kapital qo‘yilmalarga ajratilgan mablag‘lar belgilangan maqsadda o‘z 
vaqtida va to‘g‘ri sarflanishi; 
• kapital ta’mirlash operatsiyalarini nazorat qilish ham shu tartibda amalga 
oshiriladi; 
• 19909-hisobvaraqning "Scheta k polucheniyu" moddasi bo‘yicha haqi 
to‘langan hujjatlar 16529, 16535-hisobvaraqlar daftariga summasi bo‘yicha ham, 
sotib olingan buyumlarning miqdori bo‘yicha ham qiyoslanadi. Bunda shuni 
nazarda tutish kerakki, transport va yuk ortish-tushirish chiqimlari Boshqaruv 
apparatini ta’minlash smetasiga kiradi yoki buyum qiymatini oshiradi; 
• Ko‘rsatib o‘tilgan audit o‘tkazishlar bilan bir qatorda bankning boshqa 
ichki operatsiyalarning qonuniyligiga ishonch hosil qilish zarur. 
16701 hisobvarag‘i bo‘yicha ochilgan "Asosiy vositalar bo‘yicha bankning 
korxonalari va tashkilotlari bilan hisob-kitoblar" shaxsiy hisobvaraqlar bo‘yicha 
debet va kredit ezuvlarining asosli ekanligi audit qilinadi. 
Kapital qo‘yilmalar bo‘yicha debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar 
19909 va 29802, 29896 hisobvaraqlari bo‘yicha quyidagilar audit qilinadi: 
• debet operatsiyalarining qonuniyligi; 
• boyliklar talon-taroj qilingani, qilanganidan ortiqcha sarflangani, 
vazifasini suiste’mol qilish, kamomaddan kelgan zarar va shu hisob-varaqlarda 
shuningdek zarar hisobiga o‘tkazilgan qarzlar hisobvaraqda turgan boshqa 
summalarni undirib olish uchun o‘z vaqtida chora ko‘rilishi va ularning 
samaradorligi; 
• hisob berish sharti bilan summalarning topshirilishi va o‘z vaqtida 
qaytarilishi tartibiga rioya qilinishi. 
Bank xodimlarining ish haqidan ushlab kolingan summalar soliklar, ko‘ngilli 
ravishda sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha sugo‘rta badallari. kreditga harid 
qilingan tovarlar uchun to‘lovlar, ijro varaqalari bo‘yicha uchinchi shaxslar 
foydasiga ushlab qolingan summalar, shuningdek, omonatga o‘tkazilgan summalar 
va kasaba uyushmasi badallari hisobini yuritish uchun ochilgan shaxsiy 
hisobvaraqlarga o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazilgani tegishli orderlar yoki ish haqi 
berishdagi qaydnomalarning ma’lumotlari bo‘yicha xonalarda chiqarilgan umumiy 
yakunlar to‘g‘riligini avvaldan qiyoslagan holda auditdan o‘tkaziladi. 
Bundan tashqari, auditor yuqorida ko‘rsatilgan hisobvaraqlarning qoldiqlari 
belgilangan joylarga (tegishli byudjetlarga, Xalq banki, davlat sug‘urtasi, savdo 
tashkilotlari va boshqalarning hisobvaraqlariga) o‘tkazilganini audit qilish kerak. 
Xo‘jalik va qurilish materiallari hamda boshqa materiallarning shaxsiy 
hisobvaraqalari bo‘yicha quyidagilar audit qilinadi: 


a) haqi to‘langan materiallar kirimga to‘liq kiritilgani va hisobdan 
chiqarilishining asosli ekanligi; 
b) moddiy boyliklar o‘z vaqtida va to‘liq ro‘yhatga olingani, hamda 
natijalari buxgalteriya hisobida aks etgirilgani, shuningdek, aniqlangan 
kamomadlar moddiy javobgar shaxslardai undirib olishga taqdim etilgani; 
v) moddiy boyliklar but saqlanishi, ularning buxgalteriya va ombor hisobi 
to‘g‘ri yuritilishi, boyliklar saqlanishi zimmasiga yuklatilgan shaxslar bilan to‘liq 
moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnomalar tuzilgani. 
Zarurat tug‘ilganda audit jarayonida alohida materiallarning amaldagi 
miqdori buxgalteriya va ombor hisobi ma’lumotlariga mos kelishi auditdan 
o‘tkaziladi. 
Operatsiyalarga bog‘liq va xilma-xil daromadlar bo‘yicha debet 
operatsiyalarining asosli ekanligi. shuningdek, banklardan va mijozlardan undirib 
olingan foizlar, jarimalar va boshqa summalar hisobvaraq kreditiga to‘liq 
o‘tkazilgani audit qilinadi. 
Foizlarni to‘lash va undirish, inkassatsiya uchun to‘lovlar bilan bog‘liq 
operatsiyalarni audit qilib foizlarni hisoblash qaydnomalarida. Tushum 
inkassatsiya qilingani uchun to‘lov ro‘yhatlari (qaydnomalari)da turli qiymatdagi 
qoldiq summalar hisoblab chiqiladi va olingan yakunlar tegishli hisobvaraqlarning 
kredit yoki debet qismi yozuvlari bilan qiyoslanadi. Bunda passiv hisobvaraqlar 
bo‘yicha hisoblangan foizlardagi turli qiymatdagi qoldiq summalari mijozlarning 
muddatli depozit hisobvarag‘i va boshqa xil hisobvaraqlarining kredit yozuvlari 
bilan qiyoslanadi. Ayni vaqtda foiz stavkasi qo‘llanishi, hamda hisob-kitob, joriy, 
qarz va boshqa xil hisobvaraqlar bo‘yicha foizlar summasini hisoblash to‘g‘riligi 
auditdan o‘tkaziladi. 
Bundan tashqari, audit jarayonida bankdan olingan summalar hamda, bank 
undirib olgan foizlar, jarimalar, tushum inkassatsiya qilingani va boyliklar etkazib 
berilgani uchun to‘lovlar va boshqa summalar to‘g‘risida ayrim korxona va 
tashkilotlardan ma’lumotnoma so‘raladi. 
SHuningdek, shaxsiy hisobvaraqlari ko‘chirma olib tekshirilayotgan xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektlardan shu xil ma’lumotlarni olish, qolaversa, qarz olish uchun 
taqdim etilayotgan ma’lumotlar ishonchli ekanligini auditdan o‘tkazish tavsiya 
etiladi. 
Bu ma’lumotlar olingunga kadar mijozlar talab kilgan summalar to‘liq 
o‘tkazilgani va hisobdan to‘g‘ri chiqarilgani audit qilinadi. 
Zarurat tug‘ilganda korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda kapital 
qo‘yilmalar va kapital ta’mir, xo‘jalik materiallari va jixozlar sotib olingani, 
xizmat ko‘rsatilgani, fuqarolarning omonatlariga va kreditga harid qilingan tovarlar 
uchun mablag‘ o‘tkazish va boshqa xil operatsiyalar bo‘yicha muqobil tekshiruvlar 
olib borish zarur. 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə