Bank auditi


-mavzu. Tijorat banklari daromadlari, harajatlari va foydasi auditi



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/38
tarix04.06.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#115463
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38
bank auditi (1)

6-mavzu. Tijorat banklari daromadlari, harajatlari va foydasi auditi
 
Reja: 
1.
 
Bankning daromad va xarajatlarini tekshirish tartibi 
2.
 
 
Bunda oxirgi sanaga bank kunlik balansi olinib, daromad va xarajatlar ahvoli tahlil 
qilinadi. 
Bularni ko‘rishda daromad va xarajatlar smetasi tuzilishi va unga amal qilinishi 
taqqoslangan holda tekshirilib, zaruriy izohlar berib o‘tiladi. 
Daromadlarning o‘z vaqtida tegishli higobvaraqlarda to‘g‘ri aks ettirilishi, daromad va 
xarajatlarning har bir moddasining jami daromadlardagi hissasi birma-bir tahlil qilinadi. 
Bundan tashqari daromad va xarajatlarni o‘tgan davr bilan taqqoslagan holda ham tahlil 
qilinadi. 
Bank daromadlarining qonuniyligini tekshirish audit tekshiruvlarinnig asosini tashkil 
qiladi. 
Bank daromadlarining har bir hisobi alohida tekshirilib, natijalari hisobotda aks ettirilishi 
kerak. 
Daromadlarni foizli va foizsiz qismlarga bo‘lib, ularning hissasi aniqlanib, har biri 
alohida tekshiriladi. Kreditlar bo‘yicha foizli daromadlarni tekshirishda kreditlar uchui foizlar 
qayta hisoblanib ko‘riladi. Ularning stavkalari kredit shartnomalari bilan solishtiriladi. 
Komission daromadlar (debet borot) ham qayta hisoblab chiqiladi (tanlov asosida), ulariing 
shartnomalar asosida undirilayotganligiga ishonch hosil qilish maqsadida shartnomalarning 
tuzilishi, ularning shartnomada ko‘rsatilgan foizlar bo‘yicha undirilganligi tekshiriladn. 
YUqoridagi tartibda bank daromadi barcha moddalarining har biri alohida tekshirilib, 
hisobotda aks ettiriladi.
Bank xarajatlari ham foizli, foizsiz va operatsion xarajatlarga bo‘linib, ularnnng hissasi 
aniqlanadi va har bir qism bo‘yicha hisobvaraqlar alohida tekshiriladi. 
Talab qilib olinguncha dspozitlar (50100), jag‘arma depozitlar (50000), muddatln 
depozitlar (51100) bo‘yacha xarajatlar tuzilgan shartnomalar va foiz stavkalari bilan 
solishtirilgan holda tanlov asosida qayta hisoblab chiqiladi. 
Olingan kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar (53100, 53600, 54100 va h.) ham yuqoridagi 
tartibda shartnomalar asosida tanlov yo‘li bilan qayta hisoblab ko‘riladi. 
Komission xarajatlar va xizmatlir uchui xarajatlir (55100, 55300, 55800, 55900 va h.) 
oxirgi sanaga to‘liq talqin qilinib), birlamchi hujjatlar bilan solishtirish yo‘li bilan tekshiriladi. 


Operatsion xarajatlar ham birlamchi xujjatlar asosida tasdiqlanadi, yani barcha 
hisobvaraqlar bo‘yicha talqinlar talab qilinib, birlamchi xujjatlar bilan solishtiriladi. 
Jumladan, 56100 - «Ish xaqi va xodimlarga boshqa xarajatlar» - hisobi bo‘ylcha ish 
xaqlari shgat jadvali bo‘yicha o‘rnatilishi, ularni hisoblanishi, to‘lanishi, hamda ushlangan 
soliqlarning va ushlanmalarning to‘g‘riligi tekshiriladi. Xodimlarga qilingan boshqa xarajatlar 
ham qonuniy berilganligiga hisobotda izoh beriladi. 
Qolgan barcha operatsion xarajatlarning har biri alohida yuqoridagi tartibda tekshirilib, 
hisobotda izoh beriladi. 
Balansdan tashqari hisobvarqlar bo‘yicha operatsiyalarni tekshirish natijalari ham 
hisobotda o‘z aksini topishi zarur. 
Bundan tashqari buxgalteriya hisobi va hisoboti amaliyotlarini tekshirishda filial 
tomonidan soliqlarning hisoblanishi va to‘lanishi Adliya vazirligi tomonidan 1999 yil 18 martda 
677-son bilan ro‘yxatga olingan Markaziy Bankning 98-V-sonli «O‘zbekiston Respublikasi 
tijorat banklari tomonidan soliqlarni to‘lash Tartibiga asosan to‘liq qayta hisob-kitob qilib 
ko‘riladi. 


Bankning daromadliligi, birinchi navbatda, xarajatlarni kamaytirishga bog`liq. Bank 
ishi texnologiyasidagi muvaffaqiyatlar joriy xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi. 
Odatda, banklar o`z zimmasiga operatsiya xarajatlari, ustama foizlarga ketgan 
mablag`lar, shuningdek, kredit riski bilan bog`liq bo`lgan yo`qotishlarni qoplash uchun 
ajratmalarni oladilar. Buxgalteriya hisobi to`g`risidagi qonunga binoan mamlakatimizda 
hisoblash tamoyiliga asosanib bank daromadlari va xarajatlari hisobga olinadi va hisobda aks 
ettiriladi. Tijorat banklari buxgalteriya hisobi boshqa xo`jalik yurituvchi sub`ektlar 
buxgalteriya hisobidan farq qiladi. Uni o`zining maxsus hisobvaraqlar rejasi mavjud va bank 
daromadlari va xarajatlari mana shu hisobvaraqlarda aks ettiriladi. 
Respublikamiz yirik tijorat banklarida foizsiz daromadlar hajmidagi salmog`i 50 foizdan 
yuqori darajani tashkil etmoqda. Jahon banki ekspertlarining fikriga ko`ra, tijorat banklari yalpi 
daromadining kamida 70 foizi foizli daromadlardan tashkil topishi lozim.
7
Tijorat banklari hisobvaraqlar rejasida xarajatlar 50000- 56902 hisobvaraqlarda aks 
ettiriladi. Dastlab foizli xarajatlar 50100-54904 hisobvaraqlarida aks ettiriladi. Ularning tarkibi 
quyidagicha: 
- talab qilib olinguncha depozitlar bo`yicha foizli xarajatlar 
- jamg`arma depozitlar bo`yicha foizli xarajatlar 
- muddatli depozitlar bo`yicha foizli xarajatlar 
- O`zbekiston Respubikasi hisobvaraqlari bo`yicha foizli xarajatlar 
- boshqa banklarning hisobvaraqlari bo`yicha foizli xarajatlar 
- bankning tugallanmagan akseptlari bo`yicha foizli xarajatlar 
- qisqa muddatli kreditlar bo`yicha foizli xarajatlar 
- uzoq muddatli kreditlar bo`yicha foizli xarajatlar 
- chiqarilgan qimmatli aog`ozlar bo`yicha foizli xarajatlar 
- qimmatli qog`ozlar bilan oshiriladigan REPO operatsiyalari bo`yicha foizli xarajatlar 
- boshqa foizli xarajatlar 
Tijorat banklari daromadlari va xarajatlarini audit qilishda har bir balans moddalari shaxsiy 
hisobvaraq aylanmalari bilan solishtirib chiqishdan boshlanadi. Auditor bankka kelgach dastlab 
bank bosh buxgalteridan bankning kunlik balansni so`raydi. Undagi qoldiqlarni birma-bir 
tekshirib chiqadi. Balans va uning moddalari shaxsiy hisobvaraqlar qoldiqlariga tengligi 
tekshirilgach, auditor dasturlar tengligini tekshirishni boshlaydi. Hamkorbank filialida IABS 
dasturi va RS_Bank dasturlari ishlatiladi. Har bir berilgan kredit ikki dasturda ham bir xil 
kiritilishi va ulardagi qoldiq doimo teng bo`lishi lozim. Auditor har doim dastur bilan ish 
yuritadi. Uning ishchi dasturi taxminan quyidagicha bo`ladi: 
7
Jahon Banki axborotnomasi II bob 7-bet. 



Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə