Bank auditi


-jadval.  Daromadlar auditi ishchi dasturi(misol tariqasida)



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/38
tarix04.06.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#115463
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38
bank auditi (1)

-jadval. 
Daromadlar auditi ishchi dasturi(misol tariqasida)
8
 
№ 
Tekshiruv bosqichlari 
Talabga javob beradimi?(+:-


Shaxsiy hisobvaraqlar qoldig`i bilan balans qoldig`ini 
tekshirish 

Foyda va zararlar to`g`risidagi hisobot bilan shaxsiy 
hisobvaraqlar qoldig`ini mos kelishini tekshirish 

Daromadlarni tegishli hisobvaraqlarda aks ettirishni 
tekshirish 

Kelgusida kutilayotgan daromadni to`g`ri aks 
ettirilganligini tekshirish 
Daromadlar auditi amalga oshirilayotgan jarayonda auditor har bir daromad hisobvarag`i 
qoldig`ini to`g`ri va vaqtida aks ettirilganligini bilishi zarur. Audit jarayoni bir oy muddatgacha 
cho`zilishi mumkin. Bu vaqt auditor ishchi dasturi va filial faoliyati kattaligiga qaraladi. Auditor 
har bir shaxsiy hisobvaraq qoldig`ini tekshirishga vaqt topolmaydi va shuning uchun tasodifiy 
tanlash ishlarini olib boradi.
Tanlash jarayoni odatda ma`lum muddat yoki ma`lum mijozlarni o`z ichiga oladi. Eng muhimi 
tanlanma tasodifiy bo`lishi. Auditor dasturda aks ettirilgan ketma-ketlikda o`z ishini olib boradi 
va tekshiruv natijasida o`z hisobotini shakllantiradi.
Dastlab auditor ishni O`zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 25.10.2004 
yilda 1419-son bilan ro`yxatga olingan Nizomga asosan har bir daromad turini tekshirishni 
boshlaydi. Nizomning 2-ilovasida “Foyda va zararlar to`g`risida”gi jamlanma hisobotni har bir 
satri bo`yicha to`ldirilishiga e`tibor beradi. Dastlab auditor fozili daromadlarning to`g`ri aks 
ettirilganini tekshiradi. 

Kreditlar bo`yicha foizli daromadlar. 
Bu satrda O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki va boshqa banklarga berilgan kreditlardan 
tashqari barcha turdagi kreditlar bo`yicha foizli daromadlarning umumiy summasi, kreditlar 
bo`yicha hisoblangan vositachilik haqi hisobga olingan holda aks ettirilishi lozim. Auditor 
ushbu summani hisoblashda RS_Bank va IABS dasturlaridagi: 

41800 Hukumatga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo`yicha foizli daromadlar 

41900 Budjet tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo`yicha foizli 
daromadlar

42000 Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo`yicha foizli daromadlar 

42100 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo`yicha foizli 
daromadlar 
8
Surkova M.A, Leshina E.A, Bagdanova N.A, RyabovaM.A “Аудит банков” o`quv qo`llanma . Ulyanovsk 2009-
yil. 



42200 Davlat korxona, tashkilot va muassasalariga berilgan qisqa muddatli kreditlar 
bo`yicha foizli daromadlar 

42300 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo`yicha 
foizli daromadlar 

42400 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar 
bo`yicha foizli daromadlar 

42500 Bank bo`lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar 
bo`yicha foizli daromadlar 

42600 Xususiy korxonalar, xo`jalik shirkatlari va jamiyatlariga berilgan qisqa muddatli 
kreditlar bo`yicha foizli daromadlar 

43100 Respublika korxonalariga berilgan uzoq muddatli investitsiya kreditlari bo`yicha 
foizli daromadlar 

43600 Budjet tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo`yicha foizli 
daromadlar 

43700 Bank bo`lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar 
bo`yicha foizli daromadla 

43900 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo`yicha foizli 
daromadlar 

44100 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo`yicha foizli 
daromadlar 

44200 Hukumatga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo`yicha foizli daromadlar 

44300 Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo`yicha foizli daromadlar 

44400 Davlat korxona, tashkilot va muassasalariga berilgan uzoq muddatli kreditlar 
bo`yicha foizli daromadlar 

44500 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar 
bo`yicha foizli daromadlar 

44600 Xususiy korxonalar, xo`jalik shirkatlari va jamiyatlariga berilgan uzoq muddatli 
kreditlar bo`yicha foizli daromadlar 

44700 Sud jarayonidagi kreditlar bo`yicha foizli daromadlar 
Hisobvaraqlar qoldiqlari va “Foyda va zararlar to`g`risida”gi hisobotning “Kreditlar bo`yicha 
foizli daromadlar” satrlari teng chiqishi kerak. Bordiyu bu tenglik bajarilmasa auditor sintetik 
hisobdan analitik hisobga o`tadi va har bir mijozning shaxsiy hisobvarag`i qoldig`ini hisoblab 
chiqadi. Bu satr va bu tur daromadlar bilan bog`liq asosiy kamchilik 2 turga bo`linadi. 


1.
Foizlarni hisoblash kunlarining mos kelmasligi. Buxgalter nazoratchi dasturlardagi 
tenglikni ta`minlashi zarur. Bordiyu ikki dasturda hisoblash kunlari farq qilsa, bu 
hisobvaraqlar bo`yicha jami qoldiq olingan vaqtda yaqqol ko`rinadi.
2.
Foiz stavkasi bilan bog`liq xatolik, bu xatolik asosan foiz stavkalarini xato kiritilishi bilan 
bog`liq xatolikdir. Buning natijasida kreditlardan olinadigan foizli daromadlar ikki 
dasturda ikki xil summani tashkil etadi va auditor har bir shaxsiy hisobvaraqni 
tekshirishga majbur bo`ladi.


Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə