Bank auditi



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/38
tarix04.06.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#115463
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38
bank auditi (1)

O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki va boshqa banklardagi hisobvaraqlar 
bo`yicha foizli daromadlar . 
Bu satrni tekshirishda auditordan banklararo hisob-kitoblarda muayyan bilimga ega bo`lish talab 
etiladi. Bu satrni tekshirishda auditor IABS dasturidagi 

40200 O`zbekiston Respublikasi Markaziy Bankidagi hisobvaraqlar bo`yicha foizli 
daromadlar

40400 Boshqa banklardagi hisobvaraqlar bo`yicha foizli daromadlar

41400 O`zbekiston Respublikasi Markaziy Bankiga berilgan qisqa muddatli kreditlar 
bo`yicha foizli daromadlar

41600 Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo`yicha foizli daromadlar

44000 Boshqa banklarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo`yicha foizli daromadlar
Hisobvaraqlar qoldiqlarni yig`indisi bilan “Foyda va zararlar to`g`risida”gi hisobotning 
“O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki va boshqa banklardagi hisobvaraqlar bo`yicha foizli 
daromadlar” satrlari summalari bir xil chiqishi lozim.
Bu tenglik bajarilmagan hollarda auditor har bir bankka berilgan har bir kredit turi 
bo`yicha qoldiq summalari yig`indisini hisoblab chiqishi lozim bo`ladi. Banklararo kreditlarni 
olish, berish ishlari bilan odatda bankning banklararo hisob-kitoblar bo`limi shug`ullanadi. 
Hamma bank muassasalarida ham bunday bo`lim yo`qligini hisobga olsak, filiallarda bu ishlarni 
filial boshqaruvchisi, bosh buxgalter bilan birga amalga oshiradi. Bu tur daromadlardagi 
xatoliklarga aynan shu operatsiyani bajargan bank xodimlari javobgar bo`ladilar. 

Oldi-sotdi qimmatli qog`ozlar bo`yicha foizli daromadlar 
Bu turdagi foizli daromadlarni tekshirish uchun auditordan bir qancha sohalar, qimmatli 
qog`ozlar va ular bilan bog`liq operatsiyalarni bilishi, bu tur daromadlarning o`ziga xos 
jihatlarini, qaysi hisobvaraqda aks ettirilishini, ulardan olinadigan daromadni hisobotning qaysi 
satrida va qachon aks ettirish kerakligini bilishi talab etiladi. Bu satrda savdoga mo`ljallangan va 
savdoga mo`ljallanmagan qimmatli qog`ozlar bo`yicha foizli daromadlar hisobga olinadi. Bu 
satrni tekshirishda auditor IABS dasturidagi : 



40600 Oldi-sotdi qimmatli qog`ozlar bo`yicha foizli daromadlar 

Sotishga mo`ljallangan mavjud investitsiyalar bo`yicha foizli daromadlar
Bu satrni tekshirishda auditor IABS dasturidagi: 

40700 Sotishga mo`ljallangan qimmatli qog`ozlarga qilingan investitsiyalar bo`yicha 
foizli daromadlar 

40800 Sotib olingan veksellar bo`yicha foizli daromadlar 

44800 So`ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog`ozlarga qilingan 
investitsiyalar bo`yicha foizli daromadlar 
Hisobvaraqlari qoldiqlari yig`indisi bilan “Foyda va zararlar to`g`risida”gi hisobotning “Sotishga 
mo`ljallangan mavjud investitsiyalar bo`yicha foizli daromadlar” satri summalari teng chiqishiga 
e`tiborini qaratishi lozim hisoblanadi. Bizga ma`lumki, mamlakatimizda veksel muomalasi bekor 
qilingan va bu satr barcha banklarda hozirgi kunga kelib hech qanday summani o`zida aks 
ettirmaydi. 

REPO teskari bitimlar bo`yicha foizli daromadlar
Bu satrda auditor REPO bitimlari bo`yicha sotib olingan qimmatli qog`ozlar bo`yicha 
hisoblangan foizli daromad aks ettirilishiga e`tiborini qaratadi. Bu satr to`g`ri hisoblanganini 
tekshirish uchun auditor IABS dasturidagi : 

45000 Qimmatli qog`ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo`yicha foizli 
daromadlar hisobvarag`i qoldig`i hamda yuqoridagi satr tengligini bajarilishini tekshiradi. 

Moliyaviy ijara bo`yicha foizli daromadlar
Bu satr tog`riligini tekshirish uchun auditor dasturdagi: 

45100 lizing bo`yicha foizli daromadlar; 

45101 boshqa banklarga berilgan lizing bo`yicha foizli daromadlar; 

45103 jismoniy shaxslarga berilgan lizing bo`yicha foizli daromadlar; 

45105 yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan lizing bo`yicha foizli daromadlar; 

45107 davlat korxona, tashkilot va muassasalariga berilgan lizing bo`yicha foizli 
daromadlar; 

45109 chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan lizing bo`yicha foizli 
daromadlar; 

45111 nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan lizing bo`yicha foizli daromadlar; 

45113 xususiy korxonalar, xo`jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan lizing lizing 
bo`yicha foizli daromadlar; 

45115 bank bo`lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan lizing bo`yicha foizli 
daromadlar; 

45117 mudati o`tgan lizing bo`yicha foizli daromadlar; 



45119 shartlari qayta ko`rib chiqilgan lizing bo`yicha foizli daromadlar; 

45121 sud jarayonidagi lizing bo`yicha foizli daromadlar. 
Hisobvaraqlarning qoldiqlari yig`indisi va moliyaviy ijara bo`yicha foizli daromadlar satrini 
tengligini tekshirish kerak. Odatda lizing bo`yicha daromadlarni hisoblashdagi kamchliklar 
kreditlarni hisoblashdagi xatoliklar bilan o`xshash bo`ladi.

Jami foizli daromadlar
 
Bu satr foizli daromadlarni jami miqdorini ko`rsatadi. Bu satrni hisoblash uchun yuqoridagi 
foizli daromad satrlarining hammasi qo`shib chiqiladi.
Foizli daromadlar tekshirib bo`lingach auditor foizli xarajatlarni tekshirishni boshlaydi. 
Tekshiruv oldidan auditor xarajatlar auditining maxsus dasturini ishlab chiqadi va shu dastur 
asosida ishini olib boradi. Bu dastur taxminan quyidagicha ko`rinishga ega bo`ladi: 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə