O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. N. Zaripov



Yüklə 5,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/94
tarix08.06.2023
ölçüsü5,59 Mb.
#116037
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   94
Kompyuter grafikasi o\'quv qo\'llanma

kuzatish, nazorat
) deb ataladi. Kompyuterda bo`layotgan 
jarayonlarni monitor orqali kuzatish mumkin. Monitorning tasvirlar ko`rsatiladigan 
qismi, ya’ni ekrani displey (
display

tasvirlamoq
) deb ataladi. Hozirgi paytda 
alohida korpusda yig`ilgan tasvirlash qurilmalari kompyuter monitori, kompyuter 
bilan birga joylangan tasvirlash qurilmalari (masalan, noutbuk, planshet hamda 
telefonlarda) displey deb atalmoqda. 
Displey to`g`ri to`rtburchak ko`rinishida bo`lib, uning tomonlari nisbati odatda 
16 ga 9 kabi bo`ladi. Bundan tashqari, displey tomonlari nisbati 16 ga 10, 4 ga 3, 5 
ga 4 kabi bo`lishi ham mumkin. So`nggi paytda 21 ga 9 nisbatdagi displeylar ishlab 
chiqarila boshlandi. 16x9 va 16x10 nisbatli displeylar keng, 21x9 nisbatlilari o`ta 
keng, 5x4 nisbatlilari kvadrat displeylar deb ataladi. Piksellar soni bo`yicha 
displeylardan keng tarqalganlari va ularning nomlari quyida keltirilgan: 
320x240 CGA (Color Graphic Adapter - rangli grafik qurilma); 
640x480 VGA (Video Graphic Adapter - video grafik qurilma); 
800x600 SVGA (Super VGA); 
1024x768 XVGA (extended VGA - kengaytirilgan VGA); 
1280x720 HD (High Definition - yuqori aniqlik); 
1280x800 HD+ (HD dan ko`proq); 
1366x768 WXVGA (Wide XVGA - keng XVGA); 
1440x900 HD++ (HD dan yanada ko`proq); 
1600x900 HD+++ (HD dan yanada ko`proq); 
1920x1080 FHD (Full HD - to`liq HD); 
2560x1440 QHD (Quadra HD - to`rtlangan HD); 
3840x2160 4K (4 kilo - to`rt ming ustun) yoki UHD (Ultra HD - o`ta HD) 
Displey ekrani satrlarga va ustunlarga ajratib chiqilgan bo`lib, har bir qator va 
ustun kesishgan joyda 
piksel
deb ataluvchi juda kichik tasvir bo`laklari joylashgan. 
Piksellarning har biri alohida manzilga ega va mustaqil boshqarilishi mumkin. Har 


12 
bir piksel uchun xotirada bir baytdan to`rt baytgacha joy ajratilishi mumkin. Demak, 
har bir piksel 256 tadan 4 milliardgacha bo`lgan ranglardan birida bo`lishi mumkin.
Ekrandagi har bir pikselning o`zi uchga bo`linadi. Ulardan biri 
qizil
, ikkinchisi 
yashil
, uchinchisi 
ko`k
rangda porlaydi. Bu ranglar 
asosiy ranglar
deb ataladi va 
turli nisbatda qo`shilib, tabiatda uchraydigan ranglarning deyarli barchasini yarata 
oladi.
Kompyuter grafikasi faoliyatning shunday turiki, unda kompyuter va maxsus 
yaratilgan dasturlardan foydalanib, tasvirlar yaratiladi, mavjudlari raqamli 
ko`rinishga o`tkaziladi, qayta ishlanadi, saqlanadi va qulay ko`rinishda tasvirlanadi. 
Kompyuter grafikasi o`tgan asrning 70-80-yillaridan boshlab ommaviylasha 
boshladi. Hozirgi kunda kompyuter grafikasi shu qadar rivojlanganki, uning 
ehtiyojlarini qondirish kompyuter texnikasining jadal rivojlanishining asosiy 
sabablaridan biri bo`lib qolmoqda. 
Kompyuter grafikasi ilm-fanga, tijoratga, san`at va sportga ham tegishli bo`lib, 
barcha sohalarda keng qo`llaniladi. Kompyuter grafikasi bo`yicha har yili ko`plab 
konferensiyalar o`tkaziladi, ilmiy jumallar va o`quv qo`llanmalar chop etiladi, 
dissertatsiyalar himoya qilinadi. Har yili bir necha yuz milliard dollarlik kompyuter 
grafikasi mahsulotlari ishlab chiqariladi va sotiladi. San`at durdonalari yaratiladi. 
Kompyuter grafikasi asosida yaratilgan elektron o`yinlar bo`yicha jahon 
birinchiliklari o`tkaziladi va ularda millionlab qatnashchilar ishtirok etadilar. 
Kompyuter grafikasi nimaning tasviri yaratilishiga qarab quyidagi sinflarga 
ajratiladi:
1) 
statsionar (o`zgarmas)
yoki 
oddiy grafika
;
2) 
kompyuter animatsiyasi
;
3) 
multimedia


Yüklə 5,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə