Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi


-shakl. 2018-yilda o‘tkazilgan PISA tadqiqotlarida o‘qish



Yüklə 22,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/50
tarix25.07.2023
ölçüsü22,8 Mb.
#119930
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   50
PISA 2018 Oqish savodxonligi qamrov doirasi

 2-shakl. 2018-yilda o‘tkazilgan PISA tadqiqotlarida o‘qish
savodxonligiga berilgan ta’rif
O‘qish savodxonligi insonning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari-
ga erishishi, jamiyatda ishtirok etishi va o‘z bilim va imkoniyatlarini
rivojlantirishi uchun matn ko‘rinishidagi ma’lumotlardan foydalanish
ular ustida mulohaza yuritish, ular bilan ishlash va tushunish demak-
dir. 


22
bosma ma’lumotlarni o‘rganish, ulardan foydalanish va ular bilan ishlashda inson 
qobiliyatlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib kelgan bo‘lsa-da, bu odatda insonning 
ma’lum soha yoki fanga oid bilimini ifoda qiladi. Ushbu berilgan ta’rif “o‘qish 
savodxonligi” termini mazkur qamrov doirasida ifodalanadigan tushunchaga juda 
yaqindir. Bu qamrov doirasida “o‘qish savodxonligi” termini turli maqsadlar va 
vaziyatlarda o‘qishning faol, mazmundor va funksional qo‘llanilishini ifodalaydi. 
PISA tadqiqotlari doirasida ko‘plab o‘quvchilarning bilimlari baholanadi. Bu 
o‘quvchilarning ayrimlari oliy o‘quv yurtlarida o‘qishlarini davom ettiradilar
ehtimol kasbiy yoki ilmiy izlanishlar olib boradilar, ayrimlari mehnat bozorida o‘z 
o‘rinlarini topish uchun keyingi ta’lim turlari bilan shug‘ullanadilar, ba’zilari esa o‘rta 
umumta’lim maktablarini bitirib, o‘zlariga biror kasb topadilar. O‘quvchilarning 
ilm-fan yoki kasbga oid qanday maqsadlarni o‘z oldiga qo‘yganlaridan qat’iy nazar, 
o‘qish savodxonligi ularning jamiyatda, iqtisodiy va shaxsiy hayotlarida faol ishtirok 
etishlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘qish savodxonligi - bu tushunish, foydalanish, baholash, 
mulohaza yuritishdir
“Tushunish” termini keng qabul qilingan “o‘qib-tushunish” tushunchasini bilan 
bog‘lanib, bu degani, barcha o‘qish faoliyati o‘quvchining avvalgi mavjud bo‘lgan 
bilimi asosida ma’lumotlarni qaysidir darajada umumlashtirishni anglatadi. 
Hattoki, o‘qish jarayonining ilk boqichlarida o‘quvchilar matnlarni tushunishda 
ramziy bilimlarini ishga solishlari (masalan, harflardan foydalanish) va matnda 
anglashilgan ma’noni tushunish uchun lug‘at boyligini qo‘llashni talab etadi. 
Shunday bo‘lsada, mazkur umumlashtirish jarayoni ancha kengroq bo‘lib, u 
matnlar real dunyo bilan qanday bog‘lanishiga oid aqliy modellar rivojlantirilishini 
ham o‘z ichiga oladi. “Foydalanish” so‘zi qo‘llash va ishlatish tushunchalariga ya’ni 
biz o‘qiydigan ma’lumotlar bilan nimadir qilishga nisbatan ishlatiladi. “Baholash” 
termini 2018-yil o‘tkazilgan tadqiqotlarga kiritilib, u o‘qish savodxonligini odatda 
biror maqsadga yo‘naltirilganligi va natijada, matnning o‘quvchining maqsadiga 
mosligi, muallifning nuqtai nazari, matnda keltirilgan mulohazalarning ishonchliligi 
kabi omillarga oid tushunchalarni umumlashtiradi. “Mulohaza yuritish” termini 
“tushunish” termini bilan birga ishlatiladi, “qo‘llash” va “baholash” terminlari o‘qish 
faoliyati interfaol tushuncha ekanligiga urg‘u berib, o‘quvchilar matn bilan ishlash 
orqali o‘z tajribalari va tasavvurlariga murojaat qiladi. Har bir o‘qish jarayoni qaysidir 
ma’noda mulohaza yuritishni taqazo etib, unda o‘quvchi (kitobxon) matn ichidagi 
va matndan tashqaridagi ma’lumotlarni bir-biriga taqqoslaydi va qayta tahlil qiladi. 
O‘quvchi ma’lumotlar, tajribalar va bilimlar bazasini boyitib borgach, u o‘qish orqali 
olgan ma’lumotlari orttirgan bilimiga zid yoki mos ekanini doimiy tekshirib boradi 


23
va matn bilan ishlash va uni qayta tahlil qilish ko‘nikmasini rivojlantiradi. Matnlar 
borasida mulohaza yuritish muallif tomonidan ilgari surilgan fikrlarni, retorik 
va boshqa turdagi diskurslardan foydalanishini va muallifning dunyoqarashini 
baholaydi. Shu bilan birgalikda, bosqichma-bosqich va ehtimol yashirin ravishda, 
o‘quvchining matnga oid mulohazalari uning dunyoni idrok etish tarzini o‘zgartiradi. 
Mulohaza yuritish, shuningdek, o‘quvchidan matn mazmunini haqida taffakur 
qilishni va matnning strukturasi yoki shakli borasida avvalgi o‘zlashtirgan bilimi 
yoki tushunchalari yoki tasavvurini taqazo etadi. “Tushunish”, “qo‘llash”, “baholash” 
va “mulohaza yuritish” kabi ko‘nikmalarning barchasi muhim ahamiyatga ega, 
ammo ularning hech biri alohida holda samarali o‘qish savodxonligi uchun yetarli 
hisoblanmaydi.

Yüklə 22,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə