Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi


O‘qish savodxonligi - bu muntazam shug‘ullanish demakdir



Yüklə 22,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/50
tarix25.07.2023
ölçüsü22,8 Mb.
#119930
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   50
PISA 2018 Oqish savodxonligi qamrov doirasi

O‘qish savodxonligi - bu muntazam shug‘ullanish demakdir
O‘qish borasida savodxon bo‘lgan inson nafaqat yaxshi o‘qish uchun kerakli 
bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi, balki o‘qish savodxonligidan turli maqsadlarda 
foydalanadi va uni qadrlaydi. Shuning uchun, bu ta’limni o‘z oldida qo‘ygan 
maqsadi nafaqat samaradorlikni oshirish, balki o‘qish bilan muntazam shug‘ullanish 
demakdir. Bu yerda shug‘ullanish deganda o‘qish uchun rag‘batlanish, doimiy tarzda 
turli adabiyotlarni o‘qish, o‘qiganlarini nazorat qilish, o‘qishdan zavqlanish va unga 
nisbatan katta qiziqish va ishtiyoqqa ega bo‘lish kabilarni tushunamiz. 
O‘qish savodxonligi – bu matnlar bilan ishlash demakdir
“Matnlar” iborasi o‘zining grafik shakliga ko‘ra yozma, bosma yoki elektron 
shakldagi barcha til vositalarini qamrab oladi. Bu ta’rifga chuqurroq yondashadigan 
bo‘lsak, biz matnlarni ovozli materiallar, film, televizion ko‘rsatuvlar, animatsion 
ko‘rgazmali materiallar va ovozsiz kinofilmlar kabi to‘laqonli tovushlardan iborat 
til artifaktlari sifatida qabul qilmaymiz. Matnlar, albatta, diagrammalar, xaritalar, 
jadvallar, grafalar va ayrim yozma til vositalaridan iborat (masalan, yozma izohli) 
hajviy komikslar kabi ko‘rgazmali materiallarni o‘z ichiga oladi. Bunday ko‘rgazmali 
matnlar ba’zan alohida beriladi yoki ular kattaroq hajmdagi matnlar ichida berilishi 
mumkin. O‘quvchilarga qaysidir ma’noda o‘qish uchun rag‘batlantiradigan va 
qaror qabul qilishga undaydigan interaktiv matnlar muayyan shakldagi turg‘un 
matnlarda bir necha ma’noda farqlanadi, jumladan, o‘quvchiga matnning hajmi va 
miqdorini baholash imkonini bermaydigan moddiy ishoralar (misol uchun, yozma 
hujjatlarning o‘lchami virtual makonda yashiringan bo‘lishi), matnning ayrim 
qismlarining boshqa matnlarning qismlari bilan giperssilkalar orqali bog‘langan 
bo‘lishi va qator umumlashtirilgan matnlarning izlanishlar natijasida ko‘rsatilishi 
shularga misol bo‘ladi. Mazkur tafavvutlar natijasida o‘quvchilar ham odatda 


24
interaktiv matnlar bilan boshqacha tarzda ishlashni afzal ko‘radi. Bosma matn bilan 
taqqoslaganda, o‘quvchilar interaktiv matnlar bilan ishlaganda o‘zlarining fikrlash 
uslubiyatini shakllantirishlari talab etiladi. 
“Ma’lumotlar” termini o‘rniga “matnlar” termini tanlab olingan, chunki bu 
termin yozma til bilan aloqador bo‘lib, u badiiy bo‘yoqdorlikka ega va ma’lumot 
olish uchun mo‘ljallangan o‘qish jarayoni bilan bog‘liq.

Yüklə 22,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə