Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi



Yüklə 22,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/50
tarix25.07.2023
ölçüsü22,8 Mb.
#119930
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   50
PISA 2018 Oqish savodxonligi qamrov doirasi

Matn turlari
Matnning turi uning maqsadi va ichki tuzilishi bilan bog‘liq. Asosiy matn 
turlariga tasvirlovchi matnlar, hikoyaviy matnlar, ifodalovchi matnlar, isbotlovchi 
6-shakl. Matn turlarining tasniflanishi
Fazodagi jismlarning xususiyatiga oid bo‘lgan ma’lumotlarni o‘zida 
jamlagan matnlar tasvirlovchi matnlar deyiladi. Bunday matnlar odatda 
nima?
so‘rog‘iga javob beradi. Tasvirlovchi matnlar turli shakllarda bo‘lishi 
mumkin. Impressionistik tasvirlovchi matnlar fazodagi yo‘nalishlar, sifatlar 
va munosabatlarning subyektiv tasvirlarini ifodalaydi. Boshqa tomondan esa, 
texnik tasvirlovchi matnlar fazodgi obyektiv kuzatuvlardan iborat bo‘ladi. 
Texnik tasvirlovchi matnlarda ko‘p hollarda diagramma va tasvirlar kabi kichik 
hajmli formatlardan foydalaniladi. Tasvirlovchi matn turiga oid jismlarga misol 
qilib, sayohatnoma, geografik xaritadagi yoki kundalikda biror muayyan joyni 
tasvirlanishi, onlayn parvoz jadvali, texnik ko‘rsatmalar kitobida biror vazifa 
yoki jarayonning tasvirlanishi va biror xususiyatning tasvirlanishini olishimiz 
mumkin. 
Hikoyaviy
matnlarda berilgan ma’lumotlar vaqt nuqtai nazardan jimslarning 
xususiyatlariga ishora qiladi. Hikoyaviy matnlar odatda q
achon?, qay ketma-
ketlikda? 
va
nima uchun?
savollariga javob beradi. Hikoyaviy matnlar ham turli 
shaklda bo‘ladi. 
Hikoyaviy
matnlarda harakatlar va voqealar subyektiv nuqtai 
nazardan kelib chiqib sharxlanadi. Sharxlarda voqea-hodisalar va harakatlar 
obyektiv nuqtai nazardan kelib chiqib sharxlanib, biri boshqasi orqali tekshiriladi. 
Informatsion materiallar o‘quvchilarga sodir bo‘lgan yoki bo‘layotgan voqea-
hodisalar haqida mustaqil fikr-mulohaza yuritishga undaydi. Hikoyaviy 
matnlarga misol qilib, asarlar, qisqa hikoyalar, pyesalar, tarjimai xollar, hajviy 
komikslar va voqea-hodisalar sharxi kabilarni olish mumkin.
Ifodalovchi
matnlarda murakkab yoki aqliy tushunchalar yoki murakkab 
tushunchalar yoki aqliy modellar tahlil qilinishi mumkin bo‘lgan elementlar 
kabi ma’lumotlar taqdim etiladi. Bunday matnlarda turli elementlar bir-
biri bilan o‘zaro qanday munosabatga kirishishi va mazmunan bir butunlik 
yoki yakdillikni hosil qilishi tushuntiriladi va 
qayday qilib?
so‘rog‘iga javob 
bo‘ladi. 
Ifodalovchi
matnlar ham turli shakllarda bo‘lishi mumkin. Ifodalovchi 
xarakterda yozilgan insholarda tushunchalar, aqliy tushunchalar yoki tajribalar 
subyektiv nuqtai nazardan izohlanadi. Ifodalovchi matnlar aqliy tushunchalarga 
oid terminlar yoki nomlar bilan bog‘liq bo‘lib, ularning ma’nolarini shu tarzda 
tushuniladi. Sharxlash jarayonida biror tushuncha so‘z yoki termin bilan qanday 
bog‘liqligi tushuntiriladi. Bunda, o‘sha tushuncha tarkibi alohida qismlarga 


50
ajratilib, anglashiladigan va o‘sha qismlar orasidagi munosabatlar ajratib tahlil 
qilinadigan bir butunlik yoki yaxlitlik sifatida qaraladi. Xulosalarda asliyat 
matnidan qisqaroq shakldagi matnlar tushuntiriladi va izohlanadi. Protokollarda 
esa yig‘ilish yoki taqdimotlar natijasi ko‘rib chiqiladi. Matn tahlilida bir yoki 
bir necha matnlar muhokama etilgan mavhum tushunchalar tushuntiriladi. 
Ifodaviy matn turiga misol qilib ilmiy maqolalar, (masalan, yurak kabi) biror 
biologik organning qanday ishlashini ko‘rsatib beradigan diagrammalar, aholi 
sonini ko‘rsatuvchi grafalar, onlayn ensiklopediyalardagi konseptual xaritalar va 
kiritmalarni olish mumkin. 
Isbotlovchi xususiyatli
matnlar tushunchalar yoki farazlar orasidagi 
bog‘liqlikni ko‘rsatadi. Isbotlovchi xususiyatli matnlar 
nima uchun?
so‘rog‘iga 
javob bo‘ladi. 
Isbotlovchi xususiyatli
matnlarning muhim qo‘shimcha turlariga 
so‘zlovchi tomonidan bildirilgan fikr-mulohaza va uning dunyqarashini 
ko‘rsatishga va fikrlashga undovchi matnlar kiradi. Izohlarga hodisalar, fikr-
mulohazalarning alohida tizimini tashkil etuvchi jismlar va tushunchalar, 
qadr-qimmat va ishonch kabi tushunchalar bilan bog‘liq bo‘ladi. Ilmiy nuqtai 
nazardan isbotlovchi matnlarda farazlari to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lgan bilim va 
tafakkurga oid hdoisalar, jismlar va g‘oyalar o‘rganiladi. Bularga misol qilib, 
noshirga yozilgan xatlar, reklama e’lonlari, onlayn forumdagi postlar va kitoblar 
yoki kinofilmlarga berilgan elektron taqrizlarni olish mumkin. 
Ko‘rsatma beruvchi
matnlarda, shuningdek, bularni yo‘l-yo‘riq yoki dasturiy 
matnlar deb ham atashadi, nima qilishni ko‘rsatuvchi ko‘rsatmalar beriladi. 
Ko‘rsatmalar topshiriqni bajarish bo‘yicha berilgan yo‘riqnoma hisoblanadi. 
Qoidalar, nizomlar va qarorlar ma’lum hatti-harakatlarni belgilab beradi. 
Bularga, retseptlar, birinchi tibbiy yodam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnomalar va 
raqamli dasturiy ma’lumotlarni boshqarish bo‘yicha ko‘rsatmalarni misol qilib 
ko‘rsatish mumkin. 
Kelishuv xususiyatli matnlar o‘rtoqlar bilan uchrashish yoki yig‘ilishlarni 
tashkillashtirish va qilinishi kerak bo‘lgan narsalarni so‘rash kabi ma’lum 
maqsadga erishishga qaratilgan matnlarga aytiladi. Elektron kommunikatsiya 
vositalari foydalanishga joriy etilmasdan avval ayrim turdagi xatlarning tarkibi 
va amalga oshiriladigan telefon qo‘ng‘iroqlarining asosiy maqsadi kelishuv 
asosida bajarilar edi. Hozirgacha PISA qamrov doirasida qo‘llanilib kelayotgan 
Uirlich tasnifida (1976[92]) kelishuv xususiyatli matnlarni qamrab olinmagan 
edi. 
PISA tadqiqotlarida qo‘llaniladigan “kelishuv” termini matnlar mazmunini 
aniqlashning umumiy jarayonini tasvirlamasdan, shu yerda aytib o‘tilgan 
maqsadlarda yozilgan matn turini tasvirlaydi. Kelishuv xususiyatli matnlar odatda 
xususiyatiga ko‘ra shaxsiy bo‘lib, bu ularni nima sababdan boshqa matn turiga 


51
kiritilmasligini tushuntirirshga yordam beradi. Masalan, bunday turdagi matn 
odatda veb sahifalarida uchramaydi (Santini, 2006[93]). Shaxsiy multoq vositasi 
sifatida elektron yozishmalar, matnli habarlar, bloglar va ijtimoiy tarmoqlarning 
keng foydalanishi bilan kelishuv xususiyatli matnlar endilikda o‘qish uchun 
mo‘ljallangan matnlar turi sifatida ahamiyatlidir. Kelishuvga oid matnlar odatda 
kelishuv borasida qo‘llaniladigan shaxsiy bilim va tushunchalarga asoslanadi. 
Bularga kundalik elektron yozishmalar, biror narsani so‘rash yoki rejalashtirish 
maqsadida o‘rtoqlar yoki hamkasblar o‘rtasida almashinadigan matnli habarlar 
misol bo‘lishi mumkin. 
Hikoyaviy matnlar ko‘pgina milliy va xalqaro baholash dasturlarida 
muhim o‘rin tutadi. Bunday turdagi ayrim matnlar insonlarning olam borasidagi 
tasavvurlari, fikrlarini ifoda qilib, ular faktlarga yoki hujjatlarga asoslangan 
bo‘ladi. To‘qima va hayoliy tasavvurlar dunyoga ma’joziy ko‘z bilan qarash, 
uni qanday bo‘lishi mumkinligi yoki qanday ko‘rinishda bo‘lishi mumkinligi 
haqidagi tasavvurlarni aks ettiradi. O‘quvchilarning o‘qish savodxonligini 
baholashga qaratilgan boshqa keng miqyosli tadqiqotlarda (masalan, Ta’limdagi 
Yutuqlarni Milliy Baholash Dasturi (NAEP), O‘qish savodxonligini Tadqiq 
Etishda Ta’limdagi Yutuqlarni Baholovchi Xalqaro Assosiatsiyasi (IEARLS) va 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matnni o‘qib tushunish darajasini baholash 
xalqaro dasturi (PIRLS)) matnlarning asosiy tasnifi to‘qima yoki badiiy matnlar 
va hujjatli matnlarga ajratiladi. Mualliflar badiiy asarlarni yozishda faktlarga 
asoslangan matnlarga xos format va strukturadan foydalanishi tufayli bunday 
farqlanish o‘rtasidagi chegara noaniqlashib bormoqda. PISA o‘quvchilarning 
o‘qish savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro dasturida ham faktlarga 
asoslangan ham badiiy matnlar va aniq u yoki bu turga kirmaydigan matnlardan 
foydalanishi mumkin. Shunday bo‘lsada, PISA tadqiqotlarida o‘quvchilarning 
faktlarga asoslangan va badiiy matnlarga oid bilimlari orasidagi farqni baholashni 
maqsad qilmaydi. PISA tadqiqotlarida to‘qima va badiiy matnlar hikoyaviy 
matnlar sifatida tasniflanadi.
xususiyatli matnlar, ko‘rsatma beruvchi va kelishuvga oid matnlar (Meyer va 
Rays, 1984[91]). Turli matn turiga xos xususiyatga ega real hayotiy matnlarni 
tasniflash odatda qiyinlik tug‘diradi. Misol uchun, o‘quv darsligining biror bo‘limi 
ayrim ta’riflardan (ifodalovchi), muammoni yechishga qaratilgan ko‘rsatmalardan 
(ko‘rsatma beruvchi), yechim topishning qisqacha bayonidan (hikoyaviy) va yechim 
bilan bog‘liq ayrim jismlarning tasviridan (tasvirlovchi) iborat bo‘lishi mumkin. 
Bunda, PISA kabi baholash dasturida o‘quvchilarga o‘qish savodxonligi bo‘yicha har 
xil turga oid matnlar berilishini ta’minlash maqsadida matnlarni ularning ajralib 
turuvchi o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, biror tur bo‘yicha tasniflash 


52
foydadan xoli bo‘lmaydi. 
PISA 2018 tadqiqotlarida beriladigan matnlarning muayyan turga oidligi 
Verlichning (1976[92]) ishlari asosida tasniflangan bo‘lib, bu haqda 6-shaklda 
batafsil yoritiladi. Yana shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, qator matnlar bir paytni 
o‘zida bir necha turga ajratilib, tasniflanadi. 

Yüklə 22,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə