Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi


-shakl. PISA o‘qish savodxonligini baholash dasturi doirasida yozish



Yüklə 22,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/50
tarix25.07.2023
ölçüsü22,8 Mb.
#119930
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   50
PISA 2018 Oqish savodxonligi qamrov doirasi

7-shakl. PISA o‘qish savodxonligini baholash dasturi doirasida yozish 
ko‘nikmalari
Berilgan savollarga javob berishda o‘quvchilardan odatda izoh yoki insholar 
yozish talab qilinadi va ular o‘qib tushunishdan ko‘zlangan maqsadlariga 
erishishlari uchun qaydlar, xulosalar va rejalar yozish yoki shunchaki berilgan 
matnlar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirish so‘raladi. Shuningdek, ular 
ilmiy (misol uchun, o‘qituvchiga bajarilgan vazifani elektron tarzda jo‘natishda) 
yoki ijtimoiy maqsadlarda (masalan, tengdosh o‘quvchilar bilan matnlar yoki 
maktabda o‘qitiladigan boshqa o‘qish savodxonlikka oid vaziyatlar bo‘yicha 
gaplashish) boshqalar bilan (masalan, o‘qituvchilar, tengdosh o‘quvchilar yoki 
tanishlari bilan) yozma muloqotga kirishadilar. PISA 2018 o‘qish savodxonligini 
baholash dasturi o‘qish savodxonligi bilan birga olib boriladigan muhim 
dastur hisoblanadi. Shunday bo‘lsada, beriladigan topshiriqlar shakli va test-
topshiriqlarini o‘tkazish talablarida o‘quvchilarning yozish ko‘nikmalarini 
baholashni o‘z ichiga olmagan bo‘lib, unda yozish ko‘nikmasi taqdim etishning 
sifati va tashkillashtirilishi sifatida qaraladi. Shunga qaramay, qator test 
topshiriqlari o‘quvchilardan o‘z fikr-mulohazalarini yozma shaklda ifoda 
qilishlarini talab etadi. Shunday ekan, o‘qish savodxonligini baholanishi ham 
o‘quvchilarning idrok etish ko‘nikmalarini yozma shaklda ifoda eta olishlariga 
qaratilgan. O‘z navbatida aytish o‘rinliki, PISA xalqaro dasturida to‘g‘ri yozish, 
husnixat va matn tuzilishi singari jixatlar inobatga olinmaydi.


54
Osonlik va samaradorlikni baholash
PISA 2018 o‘qish savodxonligini baholash dasturida o‘quvchilar sodda matnlarni 
o‘qib tushunishlari uchun oson va samarador usul sifatida izohlangan rovon o‘qish 
ko‘nikmasi baholanadi. Bu esa o‘quvchilarning, ayniqsa o‘qish savodxonligi past 
darajada bo‘lgan o‘quvchilarning bilimlari va ko‘nikmalari o‘rtasidagi tafavvutlarni 
aniqlash va tushunishda muhim ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi. Past darajada 
o‘qish savodxonligiga ega o‘quvchilar sodda yoki murakkab matnli, yuqori saviyada 
tuzilgan o‘qib tushuniish topshiriqlarini bajarishga qiynaladi. Bu fikr ham yosh 
ham o‘spirin yoshdagi o‘quvchilarga taaluqli (Rasinski va boshqalar, 2005[100]; 
Scammaka va boshqalar, 2007[101]). 
PISA 2018 tadqiqotlarida baholash va kompyuter yordamida test topshiriqlarini 
o‘tkazish 15 yoshli o‘quvchilar o‘qib tushunishga oid berilgan matnlarni oson va 
samarali o‘qishlarini baholash imkonini beradi. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, 
o‘quvchilarning sekin o‘qishlari ularning yomon o‘qishlarini ko‘rsatadigan 
belgi bo‘lmagani bois, o‘quvchining birlamchi o‘qish tarzining (tezligining) 
avtomatlashmaganligi (o‘qish jarayonining g‘ayriihtiyoriyligi) yuqori saviyadagi 
o‘qish samaradorligiga nisbatan yetarli bo‘lmasdan, ular o‘zlari o‘qigan ma’lumotni 
yaxshi tushunmasligiga olib keladigan dalil bo‘ladi (Rayner va boshqalar, 2001[102]). 
Shunday ekan, PISA o‘qib tushunishga oid topshiriqlarda juda past darajadagi 
samaradorlikni yaxshiroq tasvirlash va talqin etish uchun osonlik va samaradorlik 
ko‘rsatkichiga ega bo‘lish muhimdir. Talab kam bo‘ladigan sharoitlarda o‘qish 
tezligini ko‘rsatib beruvchi asosiy ko‘rsatkich ham o‘quvchilar katta hajmli matnlar 
yoki murakkabroq savollar bilan ishlaganda qanchalik o‘qish tezliklarini yoki 
strategik jarayonlarni nazorat qila olishlarini tadqiq etish kabi boshqa maqsadlarda 
qo‘llanilishi mumkin. 
Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, hozirda internetda har qanday matnlarni topish 
imkoniyati mavjud bo‘lganligi bois, XXI asr yoshlarining nafaqat qobiliyatli 
o‘quvchi bo‘lishlarini, balki samarali o‘quvchi bo‘lishlarini taqozo etadi (OECD, 
2011[103]). Oson, samarali yoki rovon o‘qish ko‘nikmasini aniqladigan, harakatga 
keltiradigan va baholaydigan usullar ko‘p bo‘lishi bilan birga, ovoz chiqarmasdan 
o‘qishga mo‘ljallangan topshiriqlardan foydalanishda eng ko‘p qo‘llaniladigan usul 
to‘g‘rilik va tezlik ko‘rsatkichi hisoblanadi. O‘quvchi ovoz chiqarmasdan o‘qiganida 
og‘zaki o‘qish rovonligi mezonlari o‘quvchining ifodali va she’riy vazn qoidalariga 
ko‘ra to‘g‘ri o‘qishlarini baholashda ishlatiladi, ammo, baxtga qarshi, PISA 
tadqiqotlari doirasida amal qiladigan barcha tillarda rovon o‘qish ko‘nikmasini 
joriy etish va baholashning hozirda imkoni yo‘q. Bundan tashqari, bunday rovon 
o‘qish ko‘nikmasini tekshiradigan mezonlar o‘quvchilarning ovoz chiqarmasdan 


55
to‘g‘ri va tez o‘qishlariga ta’sir ko‘rsatish yoki ko‘rsatmasligi isbotlanmagan (Eason 
va boshqalar, 2013[104]; Kuhn, Shuanenflugel va Meisinger, 2010[105]). Shunday 
ekan, ovoz chiqarmasdan o‘qishga oid topshiriqlaridan PISA tadqiqotlarida 
foydalanish mumkin.
PISA o‘qish savodxonligini baholash dasturida o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari past 
darajada bo‘lgan 15 yoshli o‘quvchilar duch keladigan qiyinchiliklarni yaxshiroq 
tushunish uchun ularning oson va samarali o‘qish ko‘nikmalarini baholash uchun 
baholash jarayonlarining boshlanishiga yaqin muayyan topshiriqlar o‘tkaziladi. 
Mazkur topshiriq bo‘yicha o‘quvchilarning to‘plagan natijalari shkalaga solinadi 
va asosiy o‘zlashtirish shkalasidan ajratilgan holda izohlanadi. Yuqorida ta’kidlab 
o‘tilganidek, yetarli darajada bo‘lmagan o‘qish savodxonligi birlamchi fundamental 
bilim va ko‘nikmalarni past darajada ekanini ko‘rsatadi. Shunday bo‘lsada, baholash 
dasturi tilidan boshqa, mahalliy tilda so‘zlashmaydigan test topshiruvchilarning 
o‘qish tezligi nisbatan past darajada bo‘lishi va murakkab topshiriqlarni bajarish 
uchun yetarli vaqt berilgan taqdirda avval o‘zlashtirilgan bilimlari yoki strategik 
yondashuvlari bois, topshiriqlarni yuqori saviyada bajarishlari ham mumkin. 
Shunday ekan, sekin o‘qiydigan, ammo tajribali o‘quvchilarga qaraganda 
yetarli darajada fundamental bilimga ega bo‘lmagan o‘quvchilarni farqlashga 
ko‘maklashuvchi yaqqol ko‘rsatkichlar sifatida o‘qish ko‘rsatkichining afzal 
tomonlaridan foydalanish ma’qul bo‘lgan bo‘lardi. 
Bundan tashqari, bir qancha boshqa omillardan biri sifatida, oson va samarali 
o‘qish ko‘nikmasini baholash o‘quvchilarni turli guruhlarga ajratishda qo‘llanilishi 
mumkin (“Moslashtirilgan testlarning ko‘rib chiqilishi” nomli bo‘limga qarang). 
Shunga qaramasdan, avvalgi paragrafda keltirib o‘tilgan sabablardan kelib chiqib, 
o‘quvchilarning o‘qish darajalarini ko‘rsatib beradigan yagona ko‘rsatkich asosiy 
mezon bo‘la olmaydi. 
Boshqa tadqiqotlar doirasida o‘quvchilarning oson va samarali o‘qish 
ko‘rsatkichlari sifatida samarali tarzda qo‘llanilib kelingan topshiriqlardan birida 
o‘quvchilardan biror gapni o‘qishni va gapning o‘ziga xos mantiqiy ketma-ketligi 
yoki umumiy bilimga tayanib, uning haqiqatga yaqinligi muhokama qilinadi. Ushbu 
mezon ham o‘quvchilarning matnni to‘g‘ri tushunishi va uni o‘qish va unga doir 
tuzilgan savollarga javob berishga e’tibor qaratadi. Mazkur topshiriq rovon o‘qish 
bo‘yicha Voodkok Jonson qo‘shimcha testlari (Uodkok, Makgru va Mater, 2001[62]) 
va Ovoz chiqarmasdan o‘qish samaradorligi va o‘qib tushunish testida qo‘llanilgan 
(TOSREC) (Vagner va boshqalar, 2010[60]). Shuningdek, bu topshiriq PIAAC 
o‘qish bo‘yicha topshiriqlar to‘plamida ham ishlatilgan (OECD, 2013[13]; Sabatini 
va Brus, 2009[106]). Ayni shunday topshiriq Avstriya PISA baholash dasturida 
ham ishlatilgan bo‘lib, yakuniy test natijasi bilan yuqori darajada o‘xshashlikka (r = 
64) ega bo‘lgan (Landerl va Reiter, 2002[107]). B Ilovadagi 1-testda PIAAC o‘qish 


56
bo‘yicha topshiriqlar to‘plamidan olingan test namunasi ko‘rsatilgan. 
PISA 2018 tadqiqotlarida o‘qish savodvonligi bo‘yicha tuzilgan murakkab 
testlardan olingan ma’lumotlar o‘quvchilarning rovon o‘qish ko‘nikmasini 
baholashda ishlatilmaydi. Rovon o‘qish topshiriqlariga ilova qilingan chizmalar 
va ko‘rsatmalar atayin rovon o‘qish tuzilmasiga (modeliga) qaratilgan. Shuning 
uchun, o‘quvchilar savollarga javob berayotganda strategik yoki shu kabi usullardan 
foydalanmasliklari uchun topshiriqlar tarkibidagi matnlar qisqa va sodda bo‘lishi 
kerak. Bundan tashqari, o‘quvchi matnni o‘qishga sarflaydigan vaqtini qaror qilishga 
sarflamasligi uchun topshiriq shartlari o‘quvchidan kam mulohaza yurtishni 
talab etadi. Topshiriq qancha murakkab bo‘lsa, uning rovon o‘qish ko‘nikmasini 
baholash imkoniyati shuncha kam bo‘ladi. Shunday bo‘lsada, mazkur sikl doirasida 
qayd etib boruvchi fayllar (log fayllar) gap tartibida berilgan samaradorlik 
topshiriqlari bilan aynan o‘xshash bo‘lgan yangi PISA topshiriqlar to‘plamida 
ko‘rsatkichlar mavjudligini tekshirish uchun tahlil qilinishi tavsiya etiladi. 

Yüklə 22,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə