Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi


O‘quvchilarning o‘qish savodxonligini oshirishga ko‘maklashuvchi



Yüklə 22,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/50
tarix25.07.2023
ölçüsü22,8 Mb.
#119930
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   50
PISA 2018 Oqish savodxonligi qamrov doirasi

O‘quvchilarning o‘qish savodxonligini oshirishga ko‘maklashuvchi 
sinf muhiti va o‘qitish amaliyotlari
O‘qish strategiyalarini o‘qitish bilan bog‘liq bo‘lgani kabi ta’lim olish amaliyoti 
o‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmalarini oshishiga yordam berishini ko‘rsatuvchi 
qator dalillar mavjud (Pressley, 2000[125]; Rosenshayn va Meister, 1997[126]; 
Uaters va Shnayder, 2010[127]). Bundan tashqari, o‘qituvchilarning o‘quvchilarni 
mustaqil ishlashlari, qobiliyatlarini oshishiga ko‘maklashishi va vazifalarga 
muqstaqil yondashishlari ularning o‘qish salohiyatlarini, o‘qish bilan bandliklarini 
va har xil strategiyalardan habardorligini oshishiga ta’sir ko‘rsatadi (Gutri, 
Klauda va Ho, 2013[39]; Gutri, Uigfild va Yu, 2012[38]). Vaholanki, ko‘pgina 
ta’lim tizimlarida 15 yoshli o‘quvchilarga o‘qish darslari matematika va tabiiy 
fanlar kabi o‘qitilmaydi, faqatgina o‘qish bilan bog‘liq ayrim ko‘rsatmalar dars 
mobaynida va boshqa fanlar o‘qitilayotgan payta og‘zaki ravishda yoki juda kam 
hollardagina aytib o‘tiladi. O‘qish savodxonligiga oid ko‘rsatmalarning tarqoq 
holdaligi o‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmalari, amaliyotlari va motivatsiyasini 
rivojlantirishni ta’minlaydigan strategiyalarni o‘rganish imkoniyati 
hamda ta’lim jarayonlarini baholab beradigan so‘rovnoma topshiriqlarini 
muvofiqlashtirishda yuzaga keladigan murakkabliklarni keltirib chiqaradi. 
Moslashtirilgan testlarning ko‘rib chiqilishi
PISA tadqiqotlarida kompyuter yordamida baholashning joriy etilishi 
moslashtirilgan testlarni o‘tkazilishiga imkon yaratadi. Moslashtirilgan testlar har 
bir o‘quvchiga imkoni boricha kamroq topshiriqlar berib, yuqori daraja baholash 
imkoniyatini beradi. Bunda o‘quvchilarga o‘zlarining qobiliyat darajalaridan kelib 
chiqib topshiriqlar beriladi.
Moslashtirilgan testlar baholash jarayonini boshqarilishini va ta’sirchanligini 
oshirish imkoniyatiga ega bo‘lib, ayniqsa, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari past darajada 
bo‘lgan o‘quvchilar bilan ishlaganda yanada qo‘l keladi. Masalan, o‘qish rovonligini 
baholashga yo‘naltirilgan topshiriqlarni yaxshi bajara olmaydigan o‘quvchilar 
ancha murakakb bo‘lgan matnli topshiriqlarni bajarishga harakat qiladi. PISA 
tadqiqotlarining kelasi sikllarida o‘zlarining o‘qib tushunish ko‘nikmalarining 
ma’lum jihatlarini yaxshiroq baholay oladigan o‘quvchilarda qo‘shimcha, 
murakkablik darajasi yuqori bo‘lmagan matnlar beriladi.


60

Yüklə 22,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə