Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi


O‘qish savodxonligida qobiliyatning ahamiyati



Yüklə 22,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/50
tarix25.07.2023
ölçüsü22,8 Mb.
#119930
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   50
PISA 2018 Oqish savodxonligi qamrov doirasi

O‘qish savodxonligida qobiliyatning ahamiyati
O‘quvchilarning o‘zlashtirish shkalalarini izohlanishi
PISA tadqiqotlarida o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi bo‘yicha olgan 
natijalari ta’lim tizimida qabul qilingan mezonlar bo‘yicha talqin qilishi mumkin 
bo‘lgan o‘zlashtirish shkalasida e’lon qilinadi. O‘qish savodxonligi asosiy faoliyat 
turi hisoblangan PISA 2000 tadqiqotlarida o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi 
bo‘yicha qo‘lga kiritgan natijalari o‘rtacha 500 va 100 standart og‘ishli shkalada 
baholangan edi. Mazkur shkalaga qo‘shimcha holda, o‘quvchining o‘zlashtirishi 
ham beshta qo‘shimcha shkalada berildi. Bularning uchtasi: ma’lumotlarni izlab 
topish, matnlarni talqin etish va mulohaza yuritish va ikkita matn formati (katta va 
kichik hajmli matn formatlari) hisoblangan (Kirsh va boshqalar, 2002[8]). Ushbu 
qo‘shimcha shkalalarning beshalasi ham ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida hamda 
barcha qo‘shimcha shkalalar ichidan o‘rtacha ballarni va taqsimotlarni qiyoslash 
imkonini berdi. Garchi bu qo‘shimcha shkalalar bir-biri bilan chambarchas 
bog‘langan bo‘lsa-da, ular orasida qiziqarli tafavvutlar ham mavjud edi. Mazkur 
tafavvutlar ishtirokchi mamlakatlardagi o‘quv dasturi va o‘qitish metodikasi bilan 
bog‘liq holda, tadqiq etilishi mumkin. PISA 2009 tadqiqotlarida o‘qish savodxonligi 
yana bir bor asosiy faoliyat turi sifatida qabul qilinib, asosiy va qo‘shimcha shkalalar 
joriy etildi. O‘qish savodxonligi asosiy faoliyat turi hisoblanmagan va o‘quvchilarga 
o‘qish savodxonligiga oid topshiriqlar kam berilgan.
PISA 2003, 2006, 2012 va 2015 tadqiqotlarida umumiy asosiy shkalaga 
asoslangan bitta yagona o‘qish savodxonligi shkalasi joriy etildi (OECD, 2004[128]; 
OECD, 2007[129]; OECD, 2014[130]). 2018-yilda o‘qish savodxonligi yana asosiy 
faoliyat turi hisoblandi va qo‘shimcha shkaladan foydalanish imkoniyati yuzaga 
keldi. PISA 2018 tadqiqotlari uchun joriy etilgan qo‘shimcha shkalalar (1-shaklga 
qarang) quyidagicha tartibda:
1) O‘quvchilarga tegishli matnlarni izlab topish va tanlash hamda matnlar 
ichidagi tegishli ma’lumotlarni izlab topishni talab etadigan topshiriqlardan 
tashkil topgan ma’lumotlarni topish;
2) O‘quvchilardan matnlardan anglashilgan ma’noni ifoda qilish, ma’lumotlarni 
umumlashtirish va xulosa chiqarishni talab etadigan topshiriqlardan iborat 
tushunish ko‘nikmasi; 
3) O‘quvchilardan ma’lumotlarni sifati va yaroqliligini baholash, matnning 
shakli va mazmuni haqida mulohaza yuritish va matnlarda yuzaga kelishi 
mumkin bo‘lgan ixtiloflarni aniqlash va bartaraf etishni talab etadigan 
topshiriqlardan iborat baholash va mulohaza yuritish ko‘nikmasi;


61

Yüklə 22,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə