Reja: Pedagogik qobiliyat haqida tushuncha. Pedagogik qobiliyatning turlari. Pedagogik qobiliyatning asosiy sifatlari



Yüklə 76,67 Kb.
səhifə1/4
tarix19.04.2023
ölçüsü76,67 Kb.
#106175
  1   2   3   4
Pedagogik qobilyat


Mavzu: Pedagogik qobilyat – pedagogik mahoratning asosi sifatida
Reja:
1.Pedagogik qobiliyat haqida tushuncha. 2.Pedagogik qobiliyatning turlari. 3.Pedagogik qobiliyatning asosiy sifatlari.
Qobiliyat - shaxsning individual-psixologik xususiyati bo‘lib, muay­yan faoliyat yuzasidan layoqati va ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish subyektiv shart-sharoitini ifodalovchi individual psixik sifatlar yig'indisidir
Qobiliyatni inson tug'ma, tabiat in’omi sifatida tayyor holida olmay­di, balki hayotiy faoliyati davomida shakllantiradi.
Qobiliyat bu Shaxsning biror faoliyat yuzasidan bilim, ko‘nikma va malakalarni boshqalarga nisbatan tez va oson o‘zlashtirishi bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik xususiyatdir
Govard Gardner qobiliyatlarni intellektlar to’plami deb atadi va
uning yettita jihatini ajratib ko'rsatdi. Biz intellektning ushbu jihatlaridan
oltitasini o‘qituvchi pedagogik mahoratini takomillashdrish nuqtai naza-
ridan tahlil qilishimiz mumkin. Psixolog olim Olga Matyeeva ushbu
jihatlarni psixologik texnologiya bilan kuchaytirib modifikatsiyalaydi va
o'qituvchining kasbiy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kid­
lab, quyidagi qobiliyatlami ko‘rsatib o'tadi.
1.Muloqot qilish (kommunikativ) qobiliyati.
2.Voqealami oldindan ko'ra olish qobiliyati
3.Eshitish va his qilish.
4. Kinestetik (teri-muskul) qobiliyat.
5. Mantiqiy qobiliyat
6. Shaxsning ichki qobiliyati.
1.Muloqot qilish (kommunikativ) qobiliyati. O'qituvchi o'quvchilar
bilan dars va darsdan tashqari jarayonlarda, sinfda ijobiy ruhiy iqlim yarata oladi.
2.Voqealami oldindan ko'ra olish qobiliyati Ushbu qobiliyat turi
har bir o'qituvchining sergakligida, o'quvchilarning ruhiyatini, ichki dunyosini kо'ra olishida namoyon bo'ladi. Shunda о 'qituvchi kim nima- ga qodir ekanligini oldindan bashorat qila oladi.
3. Eshitish va his qilish qobiliyati. Bunday qobiliyatga ega bo‘Igan insonlar musiqani sevishadi, ohangni yaxshi his qilishadi, deklamatsiya asosida proza va poeziyani yaxshi о 'qishadi, eshitgan narsasini xotirada saqlaydi, ayniqsa, she 'r va qo'shiqlarni sevib tinglaydi.
4. Kinestetik (teri-muskul) qobiliyat. О 'qituvchining о 'z xatti harakatlarini muvofiqlashtirish qobiliyati, harakat ohangini his qilgan holda yo‘naltiradi, vaqtni harakat sur’ati bilan his qiladi,о'zi uchun maishiy qulayliklarni yarata oladi, hayot marhamatlaridan rohatlanishni biladi.
5. Mantiqiy qobiliyat. Falsafiy mulohazalar yuritishni, raqamlarni
matematikani, murakkab masalalarni hal qilishni sevadi, sababiyat va oqibat natijalarini tushunish malakasiga ega, voqelikda asosiylikni ikkinchi darajalisidan ajrata oladi;
6. Shaxsning ichki qobiliyati. О‘z-o‘zini mukammal bilishi, tushunishi va his qilish qobiliyati, erkin shaxsda ichki qobiliyat mukamma rivojlanadi, irodasi mustahkam,qat ’iyatli, har qanday vaziyatda о 'zfikr mulohazasini erkin bayon eta oladi.
Pedagogik qobiliyat- pedagogning pedagogik faoliyatni boshqara olish imkoniyatini va shu faoliyat bilan muvaffaqqiyatli shug’ullana olishini shuningdek pedagogik jarayonlarni tashkil etish borasidagi xususiyatlarining komponentlaridir.

Yüklə 76,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə