Reja: Pedagogik qobiliyat haqida tushuncha. Pedagogik qobiliyatning turlari. Pedagogik qobiliyatning asosiy sifatlari



Yüklə 76,67 Kb.
səhifə4/4
tarix19.04.2023
ölçüsü76,67 Kb.
#106175
1   2   3   4
Pedagogik qobilyat

Empatik qobiliyat: bolalarga bo'lgan muhabbatdan kelib chiqadigan o'quvchilarning his-tuyg'usini, psixologik holatlarini qalbdan his etish, tushunish, idrok etish, ularga achinish xususiyatlaridir.
Ta’lim jarayonini muqobillashtirish qobiliyati: o'qituvchi o'z bilimini o'quvchi ongi va tafakkuriga kam kuch sarflash evaziga yetkaza olishi, ta’lim va tarbiyada belgilangan muddatda maqsadga erishish qobiliyatidir.
Didaktik qobiliyat: o'quvchilar bilan muloqot qilishda, pedagogikaning ta’lim va tarbiyaviy qonuniyatlarini hamda metodlarini chuqur o'zlashtirgan holda samarali dars berish qobiliyatidir. Shuningdek, dars pedagogik texnologiyalar asosida jahon andozalariga, hozirgi zamon talablariga javob berishi kerak.
Tashkilotchilik qobiliyati: pedagogik qobiliyatning tarkibiy qismidir. U sinf o‘quvchilarining o'qituvchi tomonidan turli jamoat ishlariga, to'garaklarga jalb qila olishida, sinf jamoasining har bir o‘quvchiga faol vaziyatni ta’minlab berishida namoyon bo'ladi.
Konstruktiv qobiliyat: o'qituvchining o'quv-tarbiyaviy faoliyatni puxta rejalashtirishi asosida yuzaga keladigan kasbiy pedagogik vaziyat bosqichlarini oldindan ko'ra olishi.
Bilish qobiliyati. O‘qituvchining o‘z fanini va boshqa fanlaRNi chuqur bilishi,o'zlashtirishi va amaliyotda namoyon etishi.
Anglash (tushunish) qobiliyati: o'qituvchining ziyrakligi va udda- buronligi, voqea va hodisalarni chuqur idrok etib, ularga adolatli muno- sabatda bo'lishi.
Pedagogik qobiliyatlaming tayanch xususiyatlari kuzatuvchanlik , ko'ra bilish ko'nikmasidir Bu-individual narsaning o'ziga xos tomonini, ijodiy faoliyat uchun boshlang'ich materialni ko'ra bilishi demakdir. Rassomning kuzatuvchanligi, tabiatshunos olimning kuzatuvchanligidan
farq qilishi o'z-o‘zidan ravshan. Ularning kuzatuvchanligi turlicha yo‘nalishda bolganligi sababli. har biri o‘z tafakkuri va dunyoqarashiga ega.
Qobiliyatning yetakchi xususiyati ijodiy tasavvur qilishdir. Bu xususiyat faqat rassomga,matematika o‘qituvchisiga, adabiyotshunosga xos bo‘lmasdan, balki aynan barcha fan o’qituvchilariga ham tegishli.Har qanday kasb sirlarini mukammal egallash uchun qobiliyat kerak
Pedagogik qobiliyat sog’lom o‘qituvchidagina shakllanadi. Biroq
yuqori, o'rtacha va past darajada bo'lishi mumkin. Ushbu turli darajada qobiliyatlarda mujassamlashgan hislatlar va xususiyatlar orasida ba’zilari
yordamchi rol o'ynaydi.
Pedagogik qobiliyatlar tizimiga kiradigan yordamchi xususiyatlari va hislatlar quyidagilardan iborat:
  • aql-idrokning muayyan turlari, hozirjavoblik, kamchiliklarga tanqidiy e’tibor. sobitqadamlik;
  • o'qituvchining nutqi: notiqlik san’ati, so‘z boyligining teranligi;
  • aktyorlik xususiyati: mimika va pantomimika, xayoliy fantaziya ishlata olish, ruhiy hissiyotni jilovlay olish.
  • pedagogik takt va pedagogik nazokatga ega bolish.

Yüklə 76,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə