Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi



Yüklə 22,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/50
tarix25.07.2023
ölçüsü22,8 Mb.
#119930
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50
PISA 2018 Oqish savodxonligi qamrov doirasi

O‘qish amaliyotlari
O
‘qish amaliyoti avvlaroq turli vositalar yordamida qator matnlarni muntazam 
o‘qib borish, jumladan elektron tarzda mutolaa qilish
, sifatida izohlangan edi. PISA 
2018 tadqiqotlarida o‘quvchilarning elektron tarzda o‘qib borish amaliyoti (tarzi) 
ro‘yhati yangilanib boradi va (elektron kitoblar, qisqa habarlar va ijtimoiy tarmoqlar 
kabi) yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan boshqa ko‘nikmalar hisobiga kengaytiriladi.


58
O‘qish strategiyasidan habardorlik
Shaxsiy tafakkur qilish insonning o‘z o‘qish savodxonligi va tushunish tarzini 
nazorat qilish va u haqida tafakkur qilish qobiyati hisoblanadi. Qator tadqiqotlarda 
o‘qish qobiliyati va shaxsiy tafakkur qilish qobiliyati o‘rtasida bog‘liqlikning 
mavjudligini aniqlangan (Artelt, Schiefele va Schneider, 2001[121]; Braun, Palincsar 
va Armbruster, 1984[122]). O‘qish strategiyansiga oid rasmiy yoki tashqi ko‘rsatmalar 
o‘quvchilarning matnlarni o‘qib tushunishlari va ma’lumotlardan foydalana olish 
ko‘nikmalarini takomillashtiradi (Kantrell va boshqalar, 2010[123]). Yanada 
aniqroq aytadigan bo‘lsak, agar o‘quvchi o‘zida ayni shu ko‘nikmalarni shakllantirsa, 
u hech qanday ko‘rsatmalarsiz ham mustaqil ishlay oladi. Mazkur qobiliyatlardan 
foydalanib, o‘quvchi o‘qib tushunish ko‘nikmasini hosil qiladigan strategik fikrlash 
ko‘nikmasidan foydalanib, muammoni yechishga doir topshiriqlarni bajargani kabi 
matnlarga asoslangan savollarni ham samarali bajara oladi.
Avvalgi PISA sikllarida o‘qish bilan bandlik va shaxsiy tafakkur qilish 
o‘quvchilarning o‘qish savodvonligiga erishish vositalari (OECD, 2010[124]) va 
ular orasidagi tafavvutlarni kamayishiga olib keladigan eng samarali ko‘rsatkichlar 
sifatida qaralgan. O‘quvchilarning rag‘batlantiruvchi imkoniyatlari, shaxsiy tafakkur 
qilish ko‘nikmalari va o‘qish amaliyotlari (tarzlari) doimiy ravishda yangilanadi va 
o‘qish savodxonligini oshishini ta’minlaydigan sinf muhiti va o‘qitish amaliyotini 
yanada yaxshiroq baholash hamda o‘qish savodxonligi doirasida yuzaga kelishi 
mumkin bo‘lgan omillarni inobatga olgan holda kengayib boradi. Yuqori darajada 
takomillashgan o‘qish savodxonligi o‘quvchidan matnni o‘qish orqali erishgan 
bilim va tajribalarini yanada optimallashtirishlari uchun turli strategiyalardan 
habardorligi va ulardan foydalala olishini taqozo etadi. Masalan, o‘quvchilar qachon 
matnni o‘qib chiqishlari yoki o‘quvchidan topshiriq matnini qachon o‘qib tugatishi 
kerakligini bilishlari kerak. 
PISA 2009 tadqiqotlarida o‘quvchilarning o‘qish strategiyalari haqida ikkita 
o‘qish ssenariysi asosida ma’lumot to‘pladi. Birinchi ssenariyda o‘quvchilardan 
ma’lumotlarni umumlashtirish topshirig‘ini bajarish uchun turli o‘qish va 
matnni o‘qib tushunish strategiyalarini baholash so‘raldi. Ikkinchi ssenariyda 
esa o‘quvchilardan matnni tushunish va eslab qolishlari uchun kerakli boshqa 
strategiyalarnng samaradorligini baholash so‘raldi. O‘qish jarayonlarining yangicha 
xususiyatlaridan kelib chiqib (2-shakl), PISA 2018 tadqiqotlari ham o‘quvchilardan 
manbaalarning sifati va yaroqliligini aniqlash maqsadi bilan bog‘langan o‘qish 
strategiyalari haqida ma’lumot to‘playdi.


59

Yüklə 22,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə