Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi



Yüklə 22,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/50
tarix25.07.2023
ölçüsü22,8 Mb.
#119930
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   50
PISA 2018 Oqish savodxonligi qamrov doirasi

Javob formatlari
O‘quvchi qobiliyatiga oid ma’lumotlar to‘planadigan shakl, ya’ni javob formati, 
qanday ma’lumotlar to‘planayotganidan kelib chiqib va keng miqyosdagi pragmatik 
cheklovlarga ko‘ra farqlanadi. Istalgan keng miqyosli baholash dasturida topshiriqlar 
formati cheklangan formatda bo‘ladi. Shunga qaramasdan, kompyuter yordamida 
baholashda matndagi ayrim ma’lumotlarni ajratib ko‘rsatish va olib-qo‘yish kabilar 
bilan bog‘liq javob formatlari beriladi. Kompyuter yordamida baholashda, yozma 
baholashda qo‘llanganidek, ko‘p tanlovli savollar hamda qisqa javob berishni talab 
etadigan savollar qamrab olinadi. 
Turli bilim darajasiga ega o‘quvchilar turli savollar bilan turlicha tarzda ishlashi 
mumkin. Masalan, yopiq turdagi va ko‘p tanlovli savollar ochiq turdagi savollarga 
qaraganda odatda o‘quvchilarning belgilar bilan ishlash qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi, 
chunki o‘quvchilar topshiriqlar yoki jalg‘ituvchi belgilardan (javob variantlaridan) 
to‘g‘risini ajratib olishi talab etiladi (Kayn va Oakhill, 2006[94]). PISA tadqiqotlaridan 
olingan ma’lumotlarga asoslangan ba’zi boshqa tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, 
javob formati turli guruhlarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga sezilarli darajada ta’sir 
ko‘rsatadi: masalan, turli darajadagi bilimga ega o‘quvchilar (Routitsky va Turner, 
2003[95]), turli mamalaktlardagi o‘quvchilar (Grisay va Monseur, 2007[96]), turli 
darajadagi o‘ziga xos o‘qish motivatsiyasiga ega o‘quvchilar (Shuab, Makelvani va 
Trendtel, 2015[97]) o‘g‘il va qiz o‘quvchilar (Lafontaine va Monseur, 2006[98]; 
2006[99]; (Shuab, Makelvani va Trendtel, 2015[97]). Mazkur tafavvutlardan kelib 
chiqib, ma’lum vaqt mobaynida kuzatilgan o‘zgarishlarni baholash maqsadida har 
bir PISA tadqiqotlari siklida qo‘llaniladigan topshiriqlarda javob formatlarining bir 
xilda bo‘lishi ta’minlanadi. 
O‘qish savodxonligini baholashning yana bir o‘ziga xosligi shundan iboratki, 
ochiq savolli topshiriqlar o‘quvchilarning savollarga javob berish qobiliyatidan ko‘ra 
firklash qobiliyatini tekshirishga qaratilgan, ya’ni jarayonni baholash va u ustida 
mulohaza yuritish ko‘nikmasini tekshirishga xizmat qiladi. Shunday bo‘lsada, 
baholash dasturining asosiy diqqat e’tibori ifodalash emas, balki o‘qish savodxonligini 
baholashga qaratilgani bois, yopiq savolli topshiriqlarda o‘quvchilarning grammatika 
va tinish belgilari bilan ishlash ko‘nikmasiga ko‘p e’tibor qaratilmasligi kerak (o‘qish 
savodxonligini baholashda yozish ko‘nikmasining ahamiyati borasida 7-shaklga 


53
qarang). Vanihoyat, turli mamalakatlarga tahsil oladigan o‘quvchilar har xil javob 
formatlari haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lmasligi mumkin. Topshiriqlarni 
turli formatlarda taqdim etilishi, o‘quvchilar qaysi mamlakatda tahsil olishidan qatiy 
nazar, ham o‘zlariga tanish ham notanish bo‘lgan javob formatlari bilan tanishish 
imkonini beradi. 
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, o‘quvchilarning qobiliyat darajalarini to‘liq 
qamrab olish, tetstlarni barcha ishtirokchi mamlakatlar uchun adolatli tarzda 
o‘tkazilishini ta’minlash, o‘quvchilarning baholash va mulohaza yuritish 
ko‘nikmalarini to‘laqonli baholash maqsadida, ham ko‘p tanlovli ham ochiq 
turdagi savollardan PISA o‘quvchilarning o‘qish savodxonliklarini baholashda 
qo‘llanilaveradi. O‘quvchilarning o‘qish savodvonligini yozma tarzda baholashda 
qo‘llaniladigan topshiriq turlarining taqsimlanishiga oid kiritilgan o‘zgarish ham 
sohaviy yo‘nalishlarni baholanishiga ta’sir ko‘rsatadi.

Yüklə 22,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə