3 Moyli urug‘larni saqlash


Urug’ va uning tarkibidagi moyning sifatli saqlanishiga ta‘sir etuvchi



Yüklə 292,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/14
tarix22.09.2023
ölçüsü292,41 Kb.
#122812
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
3 Moyli urug‘larni saqlash

2.Urug’ va uning tarkibidagi moyning sifatli saqlanishiga ta‘sir etuvchi 
faktorlar:
-urug’ massasining va uning alohida qismlarining namligi; 
-urug’ va uning atrofidagi harorat; 
-urug’lar orasidagi va atrofdagi havo tarkibidagi gazlar tarkibi; 
-urug’ massasining va uning alohida qismlarining pishib yetilganligi; 
-namlikning tekis taksimlanishi va urug’ massasining bir xilligi; 
-begona va moyli aralashmalar; 
-mikrofloralar bilan zararlanganligi va ularning xayot faoliyati; 
-urug’ massasi tarkibida zararkunanda xasharotlarning borligi; 
-urug’ni yig’ishtirish va undan keyingi ishlov berish shart-sharoiti, ob-havo
va boshqalar. 
Urug’ massasining va uning alohida qismlarining namligining yuqori 
bo’lishi,uning saqlanishiga ta‘sir etadigan asosiy faktorlardan biridir. 
O’simlik tanasi to’liq pishib yetilgan urug’ning namligi past va uning nafas 
olishi sekin bo’ladi.Bunday urug’lar tarkibidagi boshqa komponentlarning xayot 
faoliyati ham sekin boradi. Urug’ning tarkibida namlik oshib ketsa uning nafas 
olishi tezlashadi, urug’da biologik jarayonlar aktivlashadi va urug’ tuqimalariga 
erkin suv hosil bo’lib u kimyoviy reaktsiyalarda ishtirok etib zaxira moddalar ya‘ni 
moylarni sarflanishiga olib keladi. 
Urug’da erkin suv hosil bo’ladigandagi namlik 
kritik namlik
deb aytiladi. 
Kritik namlikni qiymati urug’ning kimyoviy tarkibiga bog’liq bo’lib, urug’ning 
moyliligi qancha oshsa uning kritik namligi ham past bo’ladi. Tekshirishlardan 
ma‘lum bo’lishicha, urug’larning kritik namligi (gel qismida)14,5 % cha bo’ladi. 
Urug’ namligining kritik namligidan yuqori bo’lishi unda nafas olish 
jarayonining jadallashishi natijasida urug’ massasida namlik va issiqlikning hosil 
bo’lishiga, buning natijasida urug’da xayot faoliyatining aktivlashishiga va 
zararkunanda va mikrofloralarning rivojlanishiga olib kelib,urug’ massasining 
mog’orlashishiga,qizishiga va chirishiga olib keladi. 
O’z-o’zidan qizish urug’ning sifat ko’rsatkichlarini rangi, hidi, massasini
texnologik, oziqali xususiyatlari pasayishiga, moyning kislota sonining oshishiga 
va uning deffektli bo’lishiga olib keladi. Deffektli urug’ni qayta ishlash juda qiyin 
bo’lib,bunda moyning yuqolishi ko’payadi. Bunday urug’dan olingan moy faqat 
texnik maqsadlarda ishlatiladi. Olingan shluxa va kunjaraning oziqaligi past 
bo’lib, ayrim xollarda ular zaharli bo’lib, chorva mollari oziqalikga yaramaydi. 

Yüklə 292,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə