3 Moyli urug‘larni saqlash


nafas olish koeffitsienti



Yüklə 292,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/14
tarix22.09.2023
ölçüsü292,41 Kb.
#122812
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
3 Moyli urug‘larni saqlash

nafas olish koeffitsienti
deb 
ataladi. Bu koeffitsient har xil nav urug’lar uchun turlicha bo’ladi. Nafas olish 
koeffitsienti (n.k.) qoyidagi tenglamadan aniqlanadi:
b
b
a
a
K
H


=
0
0
.

bunda, a-kolba ichidagi havo tarkibida bo’lagan CO
2
miqdori,%; a
0
- analiz 
boshlanishi oldidan olingan havo tarkibidagi CO
2
,%; 
b
0
– dastlabki davrdagi havoda bo’lgan O
2
miqdori, %; b- kolba ichidagi havo 
tarkibida bo’lgan O
2
miqdori,%. 
Urug’lar jadal nafas olganda tarkibidagi ozuqa moddalarning parchalanishi 
qoyidagi sxema bo’yicha boradi: 
Yog’ 

yog’ kislotalar 

uglevodlar 

karbonat angidrid + suv + issiqlik.
Kislorod miqdori ko’p bo’lganda nafas olish jarayoni 
aerob jarayoni
deyiladi, kislorod kamligida borsa 
anaerob jarayon
deyiladi va qoyidagicha 
boradi:
С
6
 
Н
12
 
О
6
 


С
2
 
Н

ОН
+2
СО
2
 +Q, 
 
bunda bir g-molekula hisobiga faqat 117,65 J ajraladi. 
Moyli urug’ning nafas olishi harorat ko’tarilishi bilan jadallashadi va ma‘lum 
bir haroratdan keyin sekinlashadi. Bizga ma‘lumki haroart oshishi bilan 
fermentlarning aktivligi oshadi va bu aktivlik ma‘lum bir haroratdan keyin 
pasayadi, bunga sabab harorat ko’tarilishi bilan fermentlar inaktivatsiyalanadi. 
Inaktivatsiyalanish harorati ham yuqori bo’ladi.
Harorat noldan past bo’lganda ham nafas olish jarayoni davom etadi, lekin u 
juda sekin boradi. Moyli urug’ saqlanayotgan atrof-muhit harorat tarkibidagi gazlar 
miqdori uning nafas olishga ta‘sir etadi. Xom ashyoning nafas olishi, uning 
tarkibidagi mikroorganizmlarning nafas olishi natijasida karbonat angidrid 
gazining miqdori ko’p bo’ladi. Agar atrof muhitdagi havoning nisbiy namligi 
normadan yuqori bo’lsa, moyli urug’ namlikni o’ziga yutadi va namligi oshib nafas 
olishi jadallashadi. Moyli urug’ saqlanayog’an atrof muhitda karbonat angidrid 
gazining miqdori ko’paysa nafas olish sekinlashadi. 
Saqlanayotgan urug’ning namligi normadan oshishi bilan undagi 
fermentlarning aktivligi oshadi, nafas olish tezlashadi va natijada bo’zilish jarayoni 
oshadi. Moyli urug’larda nafas olish asosan kislorodli aerob sharoitida ro’y beradi. 
Nafas olish jarayonining tezligi yutilayotgan kislorod va ajralib chiqayotgan 
karbonat angidrid gazining miqdori bilan xarakterlanadi. 


Nafas olishda uzlashtirilgan kislorod miqdorining chiqarilgan karbonat 
angidridning moylar va hajmning miqdoriga nisbati nafas olish koeffitsienti deb 
ataladi. Bu koeffitsient har xil nav urug’lari uchun turlicha bo’ladi. Urug’ning 
nafas olish tezligiga – namlik, harorat, atrof muhit havosi tarkibi va boshqalar 
ta‘sir etadi. 
Quyidagi jadvalga paxta chigitining nafas olishini jadallashishiga namlikning 
ta‘sir etishi ko’rsatilgan. 
4-jadval

Yüklə 292,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə