3 Moyli urug‘larni saqlash



Yüklə 292,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/14
tarix22.09.2023
ölçüsü292,41 Kb.
#122812
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
3 Moyli urug‘larni saqlash

Nazorat savollari:
1.Saqlanadigan moyli urug’larning tavsifi 
2.Urug’ va uning tarkibidagi moyning sifatli saqlanishiga ta‘sir etuvchi faktorlar. 
3.Moyli xom ashyoni saqlashda ro’y beradigan fizik-kimyoviy jarayonlar. 
4.Moyli xom ashyoni saqlashda ro’y beradigan biokimyoviy jarayonlar. 
5.Moyli xom ashyoni saqlashda ro’y beradigan mikrobiologik jarayonlar. 
6.Urug’larni saqlanishiga namlikning ta‘siri. 
7.Nafas olish jarayonining moxiyati.. 
8.Saqlanadigan urug’lar sifatiga mikroorganizmlarning ta‘siri. 
9.Saqlanadigan urug’lar sifatiga haroratning ta‘siri. 
10.Saqlanadigan urug’lar sifatiga atmosfera tarkibining ta‘siri. 
11.O’z-o’zidan qizish jarayoni. 
12..Urug’larning yetilishi. 
 
IV
-
mavzu: MOYLI URUG’LARNI SAQLASH USULLARI VA
OMBORLARI 
Reja: 
1. Moyli urug’larni saqlashda quyiladigan talablar. 
2. Saqlash usullari. 
2.1.Quritilgan holatda saqlash. 
2.2.Aktiv shamollatish usulida saqlash. 
2.3.Sovutilgan holatida saqlash. 
2.4.Kimyoviy konservantlar bilan saqlash. 
3.Moyli urug’larni saqlash omborlariga quyiladigan talablar. 
4. Moyli urug’larning saqlash omborlarini turlari. 
4.1.Mexanizatsiyalashtirilgan va mexanizatsiyalashtirilmagan omborlar. 
4.2.Paxta chigiti saqlanadigan omborlar.
Adabiyotlar
: 1,2,3,4,5
 
Tayanch so’z va iboralar: 
aktiv shamollatish, saralash, kimyoviy 
konservantlar, mexanizatsiyalashtirilgan va mexanizatsiyalashtirilmagan omborlar. 
1. Moyli urug’larni saqlashda quyiladigan talablar 
Moyli urug’larni ishlab chiqarishda saqlashni tashkil etishdan maqsad xom 
ashyoni yuqolishini kamaytirish, o’z-o’zidan qizishini oldini olish, urug’ va uning 


tarkibidagi moyning sifatini yaxshilash, ishlab chiqarishni bir ma‘romda uzluksiz 
xom ashyo bilan ta‘minlash va ishlab chiqarishda zaxira xom ashyoni hosil qilish. 
Buning uchun urug’ning xayot faoliyatini maksimal saqlagan holda turli usul va 
rejimlarni qo’llash orqali urug’ saqlashga chidamli qilinadi. Urug’larni saqlashda 
quyidagilar hisobga olinadi:
1.Urug’ni saqlashda uning sifatini pasayishiga yul quymaslik; 
2.Urug’ning sifati pasayishiga saqlash rejimiga amal qilmaslik, kuzatishni 
tashkil etmaslik va saqlash muddatini cho’zilib ketishi sabab bo’ladi; 
3.Saqlash vaqtida urug’ni sifatini yaxshilash, uni saqlashda tayyorlashda 
(tozalash, quritish, saralash va boshqalar) amalga oshiriladigan texnologik 
jaraenlarni bajarish orqali erishiladi; 
4.Saqlashda urug’ massasini kamayishini minimal miqdorga yetkazish; 
5.Saqlashda texnika va texnologiyani qo’llash orqali sarf bo’ladigan 
xarajatlarni kamaytirish. 
Urug’ning holati va sifatiga qarab korxonada mavjud bo’lgan saqlash rejimi 
tanlanadi. Tanlagan rejimni amalga oshirish uchun saqlanayotgan urug’ning 
harorati, namligi va uning atrofidagi havoning holati nazorat qilib boriladi. 
Tanlanayotgan saqlash rejimi urug’ massasini va uning alohida qisimlarning 
fizik va fiziologik xususiyatlarga ta‘sir etadigan faktorlarga ko’ra tanlanadi. 
Urug’ massasini saqlashda uning yuqolishi quyidagi sxemada ko’rsatilgan 
faktorlar ta‘sirida bo’ladi. 

Yüklə 292,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə