3 Moyli urug‘larni saqlash


. Moyli urug’larni saqlash omborlariga quyiladigan talablar



Yüklə 292,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/14
tarix22.09.2023
ölçüsü292,41 Kb.
#122812
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
3 Moyli urug‘larni saqlash

3
.
Moyli urug’larni saqlash omborlariga quyiladigan talablar 
Moyli urug’lar asosan ikki xil usulda – y erda uyum holda va siloslardan 
saqlanadi. Moyli urug’lar paxta chigitidan tashqari bir-ikki oy ichida yig’ishtirilib 
qayta ishlashga topshiriladi va yil davomida qayta ishlanadi. 
Bu xom ashyoni yil davomida qayta ishlash uchun ularni saqlashni tug’ri 
tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Yog’-moy zavodlari kamida ikki oyga 
yetadigan xom ashyoni saqlash sig’imiga ega bo’lgan omborlar bilan ta‘minlanishi 
zarur. 
Moyli xom ashyolarni y erda uyum holda saqlashga mo’ljallangan binolar 
omborlar deb atalib, ular bir etajli poli gorizontal va qiya shaklida bo’lib devori 
g’isht, temir-beton yoki yog’ochdan qilingan bo’ladi. Bu omborlarda xom ashyoni 
10m balandlikgacha uyum holda saqlash mumkin.
Uyum holda moyli xom ashyoni saqlanadigan omborlar konstruktsiyasining 
tuzilishi va mexanizatsiya darajasiga ko’ra turlicha bo’ladi. 
Moyli urug’larni siloslarda saqlash usuli, ular balandligining 30-40m bo’lishi 
bilan xarakterli bo’lib, bu usulda saqlanadigan omborlarga elevatorlar deyiladi. 
Bunday omborlarda hamma ishlarni to’liq mexanizatsiyalash, avtomatik 
boshqarish va sig’imlardan to’liq foydalanish imkoniyatlari mavjud. Elevatorlar 
konstruktiv to’zilishi va joylashishiga ko’ra bir necha turlarga bo’linadi. 


Moyli xom ashyolar saqlanadigan omborlar texnik, texnologik, qurilish va 
iqtisodiy talablarga javob berish zarur. Bu talablar ichida eng asosiy texnologik 
nuqtai nazardan xom ashyoga tirik organizm ekanligini hisobga olish zarur. 
1.Omborxonalar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
-moyli urug’ni sifati va miqdori o’zgarmasdan saqlashni ta‘minlanishi. 
Buning uchun uni yomg’ir, qor va yer osti suvlardan himoya qilish zarur;
-omborxona issiqlikni kam o’tkazadigan, gigroskopikligi yaxshi bo’lgan 
qurilish materiallardan qurilishi kerak; 
-xom ashyo zaxirasi turli zararkunanda xasharotlar kirishidan himoyalanishi 
kerak.
-omborxonaning qurilish konstruktsiyalari oddiy bo’lishi kerak. Omborxona 
devorlari gaz o’tkazmaydigan bo’lishi zarur;
-shamollatish qurilmalari bilan jihozlanishi, urug’lari kuchirish mexanizmlari 
va o’zining alohida tarozisi bo’lishi kerak.
2.Omborxonada 
bajariladigan 
hamma 
ishlar 
imkon 
qadar 
mexanizatsiyalashtirilgan bo’lishi kerak. 
3.Omborxonalar urug’ni tozalaydigan va quritadigan qurilmalar bilan 
jihozlangan bo’lishi va bu qurilmalar urug’ xususiyatlarga mos holda bo’lishi 
kerak. 
4.Ombordagi urug’ tozalash va quritish qurilmalarining ish unumdorligi qayta 
ishlaydigan urug’ miqdoriga, texnologik talablarga mos bo’lishi kerak. 
5.Omborxona yetarli darajadagi aloqa va yullar bilan ta‘minlangan bo’lishi 
kerak. 
6.Omborxonaning sig’imi iqtisodiy asoslangan bo’lishi va maksimal 
miqdordagi xom ashyoni saqlash imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. Omborxonada 
turli navdagi urug’lar saqlanishi uchun yetarli bo’limlari bo’lishi kerak. 
Omborxonada quyidagilar bo’lishi zarur: 
- devor va pollari tuzatilgan, osti tekis, shikastlanmagan, derazalarga shisha 
o’tkazilgan; 
-eshiklar tuzatilgan, mustaxkam bekitiladigan, omborxonani shamollatish 
vaqtida eshiklarga maxsus panjaralar bo’lishi kerak. 
-xom ashyo uyumi ustida havoni almashtirish uchun maxsus tuynuqlar kerak, 
- omborxona atrofidagi yomg’ir va qor suvlari oqadigan ariqlar tozalangan 
bo’lishi kerak. 
Omborxonalarning xom ashyo qabul qiladigan chuqurlari va tunellar quruq, 
yaxshi shamollatishga va kuzatishga qulay bo’lishi kerak. Xom ashyoni qabul 
qilmasdan oldin omborxona yaxshilab tozalanishi va dezinfektsiyalanishi kerak. 
Ishlatiladigan hamma qurilmalar texnika xavfsizligi, yong’inga qarshi himoya 
talablariga javob berishi kerak. 

Yüklə 292,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə