41
daromadlar va xarajatlarni shaklantirish, mulkka egalik qilish, о‘z
zimmalariga
olgan majburiyatlarini bajarish shakllariga bog‘liq ravishda о‘ziga xos bо‘lgan
xususiyatlarga egadir. Bir vaqtning о‘zida, tijorat korxonalari va tashkilotlari
moliyasi muhim ahamiyat kasb etib, aynan shu erda moliyaviy resurslarning asosiy
qismi shakllantiriladi.
Mamlakatning umumiy moliyaviy ahvoli ana shu korxonalar
moliyasining ahvoli bilan belgilanadi.
Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar о‘zlarining faoliyatlarini tijorat
asosida amalga oshiradilar. Unga muvofiq ravishda ularning xarajatlari о‘z
daromadlari hisobidan qoplanishi kerak. Mehnat jamoalari ishlab chiqarish va
ijtimoiy rivojlanishining asosiy manbai foyda hisoblanadi.
Bu soha korxonalari real ravishda
moliyaviy mustaqillikka ega, mahsulotni
sotishdan olingan tushumni ularning о‘zi mustaqil ravishda taqsimlaydi, о‘zlarining
ixtiyoriga kо‘ra foydadan foydalanadilar, ishlab chiqarish va ijtimoiy fondlarni
shakllantiradilar, moliyaviy bozorning resurslaridan - bank kreditlari, obligatsiyalar
emissiyasi, depozit sertifikatlari va moliyaviy bozorning
boshqa instrumentlari -
foydalangan holda investitsiyalashtirish uchun zarur bо‘lgan mablag‘larni qidirib
topadilar.
Korxonalar davlatning mayda - chuyda aralashuvidan ozod bо‘lib, shu bilan
birgalikda, ishning iqtisodiy va moliyaviy natijalari uchun ularning mas’uliyati ham
keskin oshirilgan.
Bir vaqtning о‘zida mamlakatning xо‘jalik tizimi murakkab tuzilmadan iborat
bо‘lib, aralash iqtisodiyot sifatida faoliyat kо‘rsatadi. Uning tarkibida foyda olishga
qaratilgan biznes-sohasi bilan bir qatorda iqtisodiyotning boshqa sektorlari ham
mavjudki, ularning faoliyati ijtimoiy farovonlikka erishishga yо‘naltirilgan.
Bularning tarkibiga davlat sektoridan tashqari ba’zi mamlakatlarda katta
masshtablarga ega bо‘lgan va nisbatan yuqori sur’atlarda о‘sib borayotgan notijorat
sektori ham kiradi.
Dostları ilə paylaş: