Strukturalizm
(asosiy vakillari Levi — Stross va Fuko) bilishda strukturaviy usulning
ahamiyatini mutlaqlashtiradi. Bu oqim tarafdorlari narsa va hodisaning strukturasini bilish uning
obyektiv mohiyatini bilish demakdir, deb hisoblaydilar. Masalan Levi Stross mifologik tafakkurni
tahlil etib, turli joylarda yashagan qadimgi qabilalar va xalqlar yaratgan afsonalarning umumiy
strukturaga ega ekanligini isbot qildi. Uning fikricha, bu afsonalarning asosiy mazmuni bir-biriga
tola muvofiq keladi. Insoniyatning ilmiy tafakkuri ham bu ta’limotga kola shunday prinsipga,
umumiy mantiqqa ega.
Germenevtika
— qadimgi yunon afsonalaridagi xudolarning xohish va irodasini
insoniyatga tushuntirib berish uchun yerga yuborilgan elchisi — Germes nomi bilan ataladi.
Demak, germenevtika — tushunish, tushuntirish, tahlil etish g‘oyalariga asosiy diqqatini qaratadi.
Jamiyat, bu ta’limotga ko‘ra, kishilar o‘rtasidagi muloqotga asoslanadi. Muloqot jarayonida
madaniy, tarixiy va ilmiy qadriyatlar yaratiladi. Shuning uchun falsafaning asosiy vazifasi
hayotning ma’nosini, mohiyatini kishilar o‘rtasidagi muloqotdan qidirishdan iborat. Bu oqim
vaglllari Shleyermaxer va Diltey fikricha, biror-bir tarixiy manbaning to‘g‘ri tahlil etilishi
tadqiqotchining davr xususiyatlarini tola his etishi, tushunishi bilan bogliq. Hozirgi davrda bu
ta’limotning ko‘plab tarafdorlari mavjud.
XX asrning 30-yillariga kelib «ekzistensial falsafa» rivojlandi. Ekzistensiya tom ma’noda
mavjud bo‘lmoq demakdir. Ekzestensializm nihoyatda xilma-xil yo‘nalishdagi ta’limotlarni
insonning ma’naviy dunyosi, inson taqdiri, erkinligi g‘oyalari asosida umumlashtirdi. Bu
muammolarnmg talqini, ayniqsa, ijodkor ziyolilar o‘rtasida ommaviy tus oldi. Shuning uchun
ekzistensial falsafa bu davrda eng keng tarqalgan oqim bolib qoldi. Ekzistensializm vakillari
asosan ikki yo‘nalishga bolinadilar. Biri — dunyoviy (Xaydeger, Sartr, Kamyu) va ikkinchisi diniy
(Yaspers, Marsel) bolib bunday bolinish nisbiydir.
Xaydeger, Sartr, Kamyularning ta’limotiga kola, inson o‘zining yaratish jarayonini o‘zi
erkin amalga oshiradi. Insoniyat oldida ulkan imkoniyatlar mavjud bolib, ulardan qaysi birini
tanlashda u erkindir. Demak, inson o‘z mohiyatini oczi erkin belgilaydi, uning kim bolib yetishishi
faqat uning o‘ziga bogliq. Shu ma’noda, inson doimo rivojlanib boradigan, tugallanmagan
loyihaga o‘xshatiladi. Erkinlik insonning o‘zi tomonidan yaratiladigan ichki ruhiy holati tarzida
talqin etiladi. Insonga berilgan imkoniyatlarni tanlash nihoyatda mas’uliyatlidir, Chunki bunda
inson o‘zi, boshqalarni hamda uni o‘rab turgan olamni ham qayta yaratadi.
Diniy ekzistensializm vakillari Yaspers va Marsel fikricha, inson o‘z erkin faoliyati
davomida Xudoga qarab unga yetishish uchun, kamolot tomon harakat qiladi. Haqiqiy erkinlik
insonga tahlikali onlarda, tashvishda, yolglzlikda namoyon boladi. «Axlika, mas’uliyat sof
erkinlikning o‘zidir, faqat shunday sharoitda inson o‘zini tolaligicha anglaydi. Hayot va olim,
qolqinch, dahshat tushunchalari bu ta’limotning markaziy tushunchalaridir. Ekzistensialistlar
fikricha, olam ma’nosiz va uni bilib bolmasligi abadiy, inson umri olkinchi bolganligi uchun ham
dahshatlidir.
Yangi zamon falsafasining yana bir oqimi pragmatizm AQSHda keng tarqalgan. Umuman
olganda, «pragmatizm» foydali faoliyatga undovchi, «foydaga» qanday qilib erishish yollari
vausullari haqida mulohaza yurituvchi ta’limotdir. Bunda «foyda» tushunchasi «tajriba»,
«haqiqat» tushunchalari bilan aynanlashtiriladi.
Pragmatizm ta’limotining yirik namoyandalari Ch. Pirs, U. Djems, J. Dyui va boshqalardir.
Ularning ta’limotida olamning o‘zgamvchanligi o‘z ifodasini topgan. Ular tajribani turli tasodif va
kutilmagan vaziyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan, ongimizdan tezkor qarorlarni qabul qilishni
talab etuvchi hodisalar majmuyi sifatida ta’riflaydilar. Insonning xatosiz faoliyat ko‘rsatishi uchun
uning xatti-harakatlarini boshqarib turuvchi vosita — intellektdir. J. Dyui fikricha, intellekt
insonni o‘rab turgan olamdan nusxa oladi, hamda unga muhitga moslashishga yordam beradi.
Pragmatizm falsafasining maqsadi insonga olamda o‘z o‘rnini topishga yordam berishdan iborat.
Dyui tajriba natijasining «foydali» tomoniga e’tiborini qaratadi. Jems fikricha, haqiqat foydali
bo‘lgan narsa yoki hodisadir.
Pragmatizm AQSH ijtimoiy-madaniy hayotining qadriyatlarini ifoda etib, u yerdagi
ishbilarmonlar, menejerlar, siyosatchilar va davlat arboblari o‘rtasida keng tarqalgan.
Amerikaliklar bu ta’limotning nazariyotchilarini xalqning dunyoqarashi o‘zgarishida, hozirgi
amerikacha hayot tamoyillarini keng ommaga singdirishda katta xizmat qilgan faylasuflar sifatida
qadrlaydilar. Masalan, J. Dyuini «Amerikaning Arastusi» deya hurmat bilan tilga oladilar.
Jamiyat taraqqiyotiga oid g‘oyalar tahlili falsafada antik davrlardan, Suqrot va Aflotun
zamonlaridan boshlab shakllana boshlagan. Bu g‘oyalarning rivojida XVII—XVIII asrlarda
yashagan italiyalik faylasuf Dj. Viko, XVIII asrda yashagan I.G. Gerder va ayniqsa, nemis
falsafasining yirik namoyandasi Hegel katta hissa qo‘shganlar. Jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi
ta’limotlar orasida tadrijiy taraqqiyot va inqilobiy sakrashlar yo‘lidan borishni ilgari suradigan
ta’limotlar talaygina. Ko‘pchilik tadrijiy yo‘lni ma’qul ko'radi va biz yuqorida tilga olgan
faylasuflarning aksariyati ana shunday qarash tarafdorlaridir.
Afsuski, boshqacha qaraydigan ta’limotlar ham bor. Yangi davr falsafasida tarqalgan ana
shunday nazariyalardan biri marksizm bo‘lib, keyinchalik sobiq ittifoqda hukmron mafkuraga
aylangan bu ta’limotning asoslari K. Marks (1818—1883) va F. Engels (1820—1895) asarlarida
ta’riflab berilgan va keyinchalik hayotda salbiy oqibatlarga olib keldi. Uning K. Kautskiy, V.
Plexanov boshliq mo‘tadil tarafdorlari sotsial-demokratiyaga ko‘proq moyil borishdi. Rossiyada
V. Lenin boshchiligidagi tarafdorlari esa sinfiy kurash va proletariat diktaturasini mutlaqlashtirish
yolidan bordilar. Bu o‘z navbatida, inqilobiy sakrash usulini tanlashga olib keldi va Rossiyani
terror yoliga boshladi. Oqibatda esa bu tipdagi dunyoqarash jamiyat va xalqlar taqdirida g'oyat
salbiy o‘rin tutishi ma’lum boldi.
G‘arbda Marksning hozirgi davrdagi tarafdorlari «neomarksizm» oqimini tashkil etadilar.
Ko‘pgina neomarksistlar sinfiy kurashni mutlaqlashtirmaslik, inqilobiy emas, tadrijiy sakrash
yolidan borish ustuvor bolishi lozimligini e’tirof eta boshladilar. Ammo ularning asl qarashlariga
ko‘ra jamiyat, millat emas, sinf va ular o‘rtasidagi kurash taraqqiyotni belgilaydi, degan o‘sha
ta’limotga bogliqligicha qolmoqda.
Alohida ta’kidlash lozimki, yaqingacha sobiq Ittifoq va uning ittifoqchilari hududida mutlaq
hukmron bolgan ushbu mafkuraning taqdirini va oqibatini o‘rganish, uning tarixidan xolisona
xulosa chiqarish, bu ta’limotning qanday ayanchli natijalarga olib kelganini bilib qo‘yish ham
foydadan xoli emas. Bu borada lom-mim demaslik foyda bermaydi. Zero, ta’limotlar tarixi —
insonlar, xalqlar va ularning taqdiri, jamiyat va davlatlar yuksalishi yoki tanazzuli tarixidir. Bu
yuksalish yoki tanazzul ko‘p hollarda muayyan g‘oyalar, mafkuralar ta’sirida ro‘y beradi. Gohida
minglab, millionlab kishilarni maftun qilgan ba’zi g‘oyalar yoki mafkuralar oxir-oqibat ana shu
millionlarning zavoliga sabab bolishi ham mumkin. Biz qisqa tahlil qilgan marksizm va keyinroq
u paydo bolgan hududda shakllangan natsional sotsializm (fashizm) nazariyalari ana shu tarixiy
haqiqatni isbotlaydi. Bu haqiqatning ostida esa, biror ta’limot qadriyatlarini mutlaqlashtirish,
albatta, muayyan «izm»ga, aqidaparastlikka olib keladi, bu o‘z navbatida jaholat va qabohatga
eltuvchi yoldir, degan umuminsoniy tamoyil yotadi.
XX asrga kelib jamiyat. tarixiy taraqqiyotiga oid ta’limotlarni umumlashtirish natijasida
ijtimoiy taraqqiyotning plyuralistik modeli, «lokal madaniyatlar» hamda «sivilizatsiyalarning
xilma-xilligi» konsepsiyalari shakllandi. Ularga ko‘ra, jamiyat tarixi — o‘ziga xos
madaniyatlarning birligi emas, xilma-xilligidan iborat. Shu ma’noda u organik tabiatdagi hayot
shakllarining rang-barangligiga qiyoslanadi. Demak, tabiat qanday xilma-xillikning birligi bolsa,
jamiyat ham ana shunday rang-baranglikning uyg‘unligidir. Jamiyatda ham hamma va har bir
narsaning o‘z o‘rni bor.
Bu g‘oyalar nemis faylasufi va sotsiologi O. Shpengler (1880— 1936) va ingliz tarixchisi
A. Toynbi (1889—1975) ta’limotlarida har tomonlama asoslab berishga harakat qilindi. O.
Shpengler o‘zining «Yevropaning so‘nishi» nomli asarida tarixni bir-biridan mustasno bo'lgan
madaniyatlar majmuyidan iborat, deb hisoblaydi hamda mukammal rivojlangan 8 xil madaniyatni
ko‘rsatadi. Bular: arab, hind, vavilon, xitoy, yunon-rim, vizantiya-arab madaniyatlari, mayya va
russ-sibir madaniyatlaridir. Madaniyatlar o‘ziga xos diniy asosga ega bolib, ularning har biri qat’iy
biologik maromga (ritmga) bo‘ysunadi. Va quyidagi asosiy davrlarni bosib o‘tadi: tug‘ilish va
bolalik, yoshlik va kamolot, qarilik va so‘nish. Buning asosida madaniyatlar rivojining ikki
bosqichi mavjud, deb ko‘rsatiladi. Birinchi bosqich — madaniyat ravnaqi (sof madaniyat) va
ikkinchisi — uning tanazzuli («sivilizatsiya»). O. Shpengler yevropotsentrizmga, ya’ni barcha
madaniyatlarni yevropalashtirish g‘oyasiga qarshi chiqdi. Har bir madaniyatning o‘ziga xosligi,
bir-biridan mustasno holda rivojlanish g‘oyasini mutlaqlashtirdi. Ular o‘rtasidagi o‘zaro
aloqadorlik ham mavjudligiga kam e’tibor qaratdi.
Yana bir olim A. Toynbi esa o‘zining 12 jildlik «Tarixni o‘rganish» asarida
madaniyatlarning hududiy rivojlanish g‘oyasini davom ettirdi. Biroq uning ta’limoti Shpengler
konsepsiyasidan o‘zining ikki jihati bilan farqlanadi. Birinchidan, insonda o‘z hayotini erkin
belgilash imkoniyati mavjudligini, tarixiy taraqqiyot zaruriyat va erkinlikning o‘zaro birligidan
iborat ekanligini nazarda tutsa, ikkinchidan, tarixiy taraqqiyotning davriy modeli dunyoviy dinlar
(buddizm, xristianlik, islom)ning barcha xalqlarni yaqinlashtiruvchi va jipslashtiruvchi bosh omil
g'oyasi bilan boyitilgan. Toynbi G‘arb xristian sivilizatsiyasining tanazzulga qarab
borayotganligini ko‘rsatib, uning oldini olish yolini ma’naviy birlikda, jahon xalqlarining yagona
dinni qabul qilishlarida, deb hisoblaydi.
Umuman olganda, hozirgi paytda jamiyat taraqqiyotining sivilizatsion konsepsiyasi
ko‘pchilik faylasuflar tomonidan tan olinmoqda. Xususan, industrial va postindustrial jamiyat
g'oyalari, ayniqsa, ommaviylashib bormoqda. Unga ko‘ra, jamiyat taraqqiyotining bosh mezoni
— sanoatning rivojlanish darajasidir.
Shunday qilib, XX asr oxiri va XXI asr boshlariga kelib rang-barang falsafiy ta’limotlar
shakllandi. Ularning barchasini mazkur mavzuda ko‘rib chiqish imkoniyati bo‘lmasa-da, yuqorida
bayon etilgan ma’lumotlardan falsafiy plyuralizm haqida, falsafa zamon va makon bilan bog‘liq
murakkab fan ekanligi to‘g‘risida muayyan xulosaga kelish mumkin. Bu sohadagi bilimlarimiz,
o‘z navbatida bizning milliy g‘oya va mafkuramizni shakllantirishga, ma’naviyatimizning boyib,
mustahkamlanib borishiga, intellektual kamolotimizga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |