yaratdilarki, ularning fikricha Xudo ruh sifatida yovuzlikda mutlaqo sof, inson esa o‘z tabiatining
ruhiy jihati bilan Xudoga moslashgan. Bu masalada gnostitsizm faylasuflari xristianlikni yunon
falsafasi bilan birlashtirishga harakat qildilar. Agar bu urinishda gnostitsizm g‘alaba qilsa,
xristianlik qadimgi dunyoning navbatdagi falsafiy dini bolib qolar edi va shunday boldi ham. 354-
yilda Pompey sobori xristianlikni Rim imperiyasining asosiy dini deb e’lon qildi.
Dualizm
—
gnostitsizmning asosiy yo‘nalishi, bu oqim tarafdorlari moddiy va ruhiy dunyo o‘rtasida
mustahkam chegara mavjud deb ta’kidlaydilar. Ular ta’limotida materiya hamma vaqt yovuzlik
timsolidir. Bundan ular Xudo hech mahal mod- diy
dunyoni yaratishi mumkin emas, deb
hisoblaydilar. Gnostiklar tomonidan e’lon qilingan darveshlik (asketizm) o‘rta asrlarda
monaxchilikning vujudga kelishiga sabab boldi.
Apologetlar xristianlik tarixida I va III asrlarda vujudga keldi.
Apologetika
so‘zining
lug‘aviy ma’nosi «himoya qilish» — demakdir. Apologetlar hukumatning xristianlikka bo‘lgan
dushmanligini bartaraf
qilishga, Rim davlatining xristianlikni ta’qib qilishi hech qanday oqlashga
loyiq emasligini
isbotlashga harakat qilganlar, o‘z asarlarida mushriklik (ko‘p xudolik)
adabiyotlaridan olingan bahslashish (dialog) shaklidan, yoki apologetikaning mumtoz shaklidan
foydalanganlar. Apologetlar asarlarida ikki an’ana yaqqol sezilib turadi. Ya’ni inkor qilish va
tasdiqlash. Ular eng avval mushriklar tomonidan xristianlikka qo‘yilgan ayblar — g‘ayriodatiy
harakatlar, dabdababozlik kabilarni inkor qilganlar. Xristianlikning sofligini esa tasdiqlaganlar. Bu
sohada Yustinning «Birinchi apologeya», «Ikkinchi apologeya» asarlarini, Tulean va Anaksagor
kabi faylasuflar faoliyatini ta’kidlash lozim.
Dostları ilə paylaş: