Ma’naviy uyg‘onayotgan millat va hududda hech qachon aqidaparastlik o‘z ta’sirini tola-
to‘kis saqlab qola olmaydi. Yevropada ham xuddi shunday boldi. Ma’nan kamolga yetgan, milliy
davlatchiligiga ega bolgan va ana shu mustaqil davlatlarini kamolga
yetishi uchun qarzdor
ekanligini anglab olgan Yevropa millatlari o‘zlarininng komil insonlarini endi inkvizitsiyaning,
aqidaparastlarning hukmiga topshirishga sira ham haqlari yo‘q ekanligini angladilar. Yevropa
uyg'ondi.
Yevropada aynan ana shu davrda ilgarigi, butun mintaqa hayoti uchun xristianlik va uning
xilma-xil oqimlari umumiy va yagona mafkura rolini o‘tab kelgan davr tugadi. Endi diniy
oqimlararo kurash, xristianlikning sofligini saqlashga urinishning mutlaqlashtirilishi
natijasida
vujudga kelgan inkvizitsiya ham o‘z davrini o‘tab bo‘ldi. Butun Yevropani boshqarib kelgan qon-
qardosh va bir-biriga dushman qirollar davri ham o'tmishga aylana boshladi. Ilm-fan sohasida
chuqur o‘zgarishlar ro‘y berdi. Odamlarning dunyoqarashi keskin o‘zgara boshladi. Falsafiy
qonunlarni fanning turli sohalarida sinab ko‘rilishi o‘sha davr faylasuflari
uchun odatiy holga
aylandi. Bu tamoyillar esa milliy chegaralarni bilmaydigan, umuminsoniy qadriyatlar xususiyatiga
egadir. Uyg‘onish davri Yevropa fani va falsafasi ham insoniyat tarixida eng buyuk ko‘tarilish
davrlaridan biri bolib qoldi.
Dostları ilə paylaş: