Falsafiy tafakkur taraqqiyot bosqichlari: G’arb falsafasi. Reja



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/10
tarix26.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#131798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Falsafa 2 mavzu (1)

Strukturalizm
(asosiy vakillari Levi — Stross va Fuko) bilishda strukturaviy usulning 
ahamiyatini mutlaqlashtiradi. Bu oqim tarafdorlari narsa va hodisaning strukturasini bilish uning 
obyektiv mohiyatini bilish demakdir, deb hisoblaydilar. Masalan Levi Stross mifologik tafakkurni 
tahlil etib, turli joylarda yashagan qadimgi qabilalar va xalqlar yaratgan afsonalarning umumiy 
strukturaga ega ekanligini isbot qildi. Uning fikricha, bu afsonalarning asosiy mazmuni bir-biriga 
tola muvofiq keladi. Insoniyatning ilmiy tafakkuri ham bu ta’limotga kola shunday prinsipga, 
umumiy mantiqqa ega.
Germenevtika
— qadimgi yunon afsonalaridagi xudolarning xohish va irodasini 
insoniyatga tushuntirib berish uchun yerga yuborilgan elchisi — Germes nomi bilan ataladi. 
Demak, germenevtika — tushunish, tushuntirish, tahlil etish g‘oyalariga asosiy diqqatini qaratadi. 
Jamiyat, bu ta’limotga ko‘ra, kishilar o‘rtasidagi muloqotga asoslanadi. Muloqot jarayonida 
madaniy, tarixiy va ilmiy qadriyatlar yaratiladi. Shuning uchun falsafaning asosiy vazifasi 
hayotning ma’nosini, mohiyatini kishilar o‘rtasidagi muloqotdan qidirishdan iborat. Bu oqim 
vaglllari Shleyermaxer va Diltey fikricha, biror-bir tarixiy manbaning to‘g‘ri tahlil etilishi 
tadqiqotchining davr xususiyatlarini tola his etishi, tushunishi bilan bogliq. Hozirgi davrda bu 
ta’limotning ko‘plab tarafdorlari mavjud.
XX asrning 30-yillariga kelib «ekzistensial falsafa» rivojlandi. Ekzistensiya tom ma’noda 
mavjud bo‘lmoq demakdir. Ekzestensializm nihoyatda xilma-xil yo‘nalishdagi ta’limotlarni 
insonning ma’naviy dunyosi, inson taqdiri, erkinligi g‘oyalari asosida umumlashtirdi. Bu 
muammolarnmg talqini, ayniqsa, ijodkor ziyolilar o‘rtasida ommaviy tus oldi. Shuning uchun 
ekzistensial falsafa bu davrda eng keng tarqalgan oqim bolib qoldi. Ekzistensializm vakillari 
asosan ikki yo‘nalishga bolinadilar. Biri — dunyoviy (Xaydeger, Sartr, Kamyu) va ikkinchisi diniy 
(Yaspers, Marsel) bolib bunday bolinish nisbiydir. 
Xaydeger, Sartr, Kamyularning ta’limotiga kola, inson o‘zining yaratish jarayonini o‘zi 
erkin amalga oshiradi. Insoniyat oldida ulkan imkoniyatlar mavjud bolib, ulardan qaysi birini 
tanlashda u erkindir. Demak, inson o‘z mohiyatini oczi erkin belgilaydi, uning kim bolib yetishishi 
faqat uning o‘ziga bogliq. Shu ma’noda, inson doimo rivojlanib boradigan, tugallanmagan 
loyihaga o‘xshatiladi. Erkinlik insonning o‘zi tomonidan yaratiladigan ichki ruhiy holati tarzida 
talqin etiladi. Insonga berilgan imkoniyatlarni tanlash nihoyatda mas’uliyatlidir, Chunki bunda 
inson o‘zi, boshqalarni hamda uni o‘rab turgan olamni ham qayta yaratadi.
Diniy ekzistensializm vakillari Yaspers va Marsel fikricha, inson o‘z erkin faoliyati 
davomida Xudoga qarab unga yetishish uchun, kamolot tomon harakat qiladi. Haqiqiy erkinlik 
insonga tahlikali onlarda, tashvishda, yolglzlikda namoyon boladi. «Axlika, mas’uliyat sof 
erkinlikning o‘zidir, faqat shunday sharoitda inson o‘zini tolaligicha anglaydi. Hayot va olim, 
qolqinch, dahshat tushunchalari bu ta’limotning markaziy tushunchalaridir. Ekzistensialistlar 
fikricha, olam ma’nosiz va uni bilib bolmasligi abadiy, inson umri olkinchi bolganligi uchun ham 
dahshatlidir. 
Yangi zamon falsafasining yana bir oqimi pragmatizm AQSHda keng tarqalgan. Umuman 
olganda, «pragmatizm» foydali faoliyatga undovchi, «foydaga» qanday qilib erishish yollari 
vausullari haqida mulohaza yurituvchi ta’limotdir. Bunda «foyda» tushunchasi «tajriba», 
«haqiqat» tushunchalari bilan aynanlashtiriladi.
Pragmatizm ta’limotining yirik namoyandalari Ch. Pirs, U. Djems, J. Dyui va boshqalardir. 
Ularning ta’limotida olamning o‘zgamvchanligi o‘z ifodasini topgan. Ular tajribani turli tasodif va 
kutilmagan vaziyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan, ongimizdan tezkor qarorlarni qabul qilishni 
talab etuvchi hodisalar majmuyi sifatida ta’riflaydilar. Insonning xatosiz faoliyat ko‘rsatishi uchun 
uning xatti-harakatlarini boshqarib turuvchi vosita — intellektdir. J. Dyui fikricha, intellekt 
insonni o‘rab turgan olamdan nusxa oladi, hamda unga muhitga moslashishga yordam beradi. 
Pragmatizm falsafasining maqsadi insonga olamda o‘z o‘rnini topishga yordam berishdan iborat. 
Dyui tajriba natijasining «foydali» tomoniga e’tiborini qaratadi. Jems fikricha, haqiqat foydali 
bo‘lgan narsa yoki hodisadir.
Pragmatizm AQSH ijtimoiy-madaniy hayotining qadriyatlarini ifoda etib, u yerdagi 
ishbilarmonlar, menejerlar, siyosatchilar va davlat arboblari o‘rtasida keng tarqalgan. 


Amerikaliklar bu ta’limotning nazariyotchilarini xalqning dunyoqarashi o‘zgarishida, hozirgi 
amerikacha hayot tamoyillarini keng ommaga singdirishda katta xizmat qilgan faylasuflar sifatida 
qadrlaydilar. Masalan, J. Dyuini «Amerikaning Arastusi» deya hurmat bilan tilga oladilar.
Jamiyat taraqqiyotiga oid g‘oyalar tahlili falsafada antik davrlardan, Suqrot va Aflotun 
zamonlaridan boshlab shakllana boshlagan. Bu g‘oyalarning rivojida XVII—XVIII asrlarda 
yashagan italiyalik faylasuf Dj. Viko, XVIII asrda yashagan I.G. Gerder va ayniqsa, nemis 
falsafasining yirik namoyandasi Hegel katta hissa qo‘shganlar. Jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi 
ta’limotlar orasida tadrijiy taraqqiyot va inqilobiy sakrashlar yo‘lidan borishni ilgari suradigan 
ta’limotlar talaygina. Ko‘pchilik tadrijiy yo‘lni ma’qul ko'radi va biz yuqorida tilga olgan 
faylasuflarning aksariyati ana shunday qarash tarafdorlaridir.
Afsuski, boshqacha qaraydigan ta’limotlar ham bor. Yangi davr falsafasida tarqalgan ana 
shunday nazariyalardan biri marksizm bo‘lib, keyinchalik sobiq ittifoqda hukmron mafkuraga 
aylangan bu ta’limotning asoslari K. Marks (1818—1883) va F. Engels (1820—1895) asarlarida 
ta’riflab berilgan va keyinchalik hayotda salbiy oqibatlarga olib keldi. Uning K. Kautskiy, V. 
Plexanov boshliq mo‘tadil tarafdorlari sotsial-demokratiyaga ko‘proq moyil borishdi. Rossiyada 
V. Lenin boshchiligidagi tarafdorlari esa sinfiy kurash va proletariat diktaturasini mutlaqlashtirish 
yolidan bordilar. Bu o‘z navbatida, inqilobiy sakrash usulini tanlashga olib keldi va Rossiyani 
terror yoliga boshladi. Oqibatda esa bu tipdagi dunyoqarash jamiyat va xalqlar taqdirida g'oyat 
salbiy o‘rin tutishi ma’lum boldi.
G‘arbda Marksning hozirgi davrdagi tarafdorlari «neomarksizm» oqimini tashkil etadilar. 
Ko‘pgina neomarksistlar sinfiy kurashni mutlaqlashtirmaslik, inqilobiy emas, tadrijiy sakrash 
yolidan borish ustuvor bolishi lozimligini e’tirof eta boshladilar. Ammo ularning asl qarashlariga 
ko‘ra jamiyat, millat emas, sinf va ular o‘rtasidagi kurash taraqqiyotni belgilaydi, degan o‘sha 
ta’limotga bogliqligicha qolmoqda.
Alohida ta’kidlash lozimki, yaqingacha sobiq Ittifoq va uning ittifoqchilari hududida mutlaq 
hukmron bolgan ushbu mafkuraning taqdirini va oqibatini o‘rganish, uning tarixidan xolisona 
xulosa chiqarish, bu ta’limotning qanday ayanchli natijalarga olib kelganini bilib qo‘yish ham 
foydadan xoli emas. Bu borada lom-mim demaslik foyda bermaydi. Zero, ta’limotlar tarixi — 
insonlar, xalqlar va ularning taqdiri, jamiyat va davlatlar yuksalishi yoki tanazzuli tarixidir. Bu 
yuksalish yoki tanazzul ko‘p hollarda muayyan g‘oyalar, mafkuralar ta’sirida ro‘y beradi. Gohida 
minglab, millionlab kishilarni maftun qilgan ba’zi g‘oyalar yoki mafkuralar oxir-oqibat ana shu 
millionlarning zavoliga sabab bolishi ham mumkin. Biz qisqa tahlil qilgan marksizm va keyinroq 
u paydo bolgan hududda shakllangan natsional sotsializm (fashizm) nazariyalari ana shu tarixiy 
haqiqatni isbotlaydi. Bu haqiqatning ostida esa, biror ta’limot qadriyatlarini mutlaqlashtirish, 
albatta, muayyan «izm»ga, aqidaparastlikka olib keladi, bu o‘z navbatida jaholat va qabohatga 
eltuvchi yoldir, degan umuminsoniy tamoyil yotadi.
XX asrga kelib jamiyat. tarixiy taraqqiyotiga oid ta’limotlarni umumlashtirish natijasida 
ijtimoiy taraqqiyotning plyuralistik modeli, «lokal madaniyatlar» hamda «sivilizatsiyalarning 
xilma-xilligi» konsepsiyalari shakllandi. Ularga ko‘ra, jamiyat tarixi — o‘ziga xos 
madaniyatlarning birligi emas, xilma-xilligidan iborat. Shu ma’noda u organik tabiatdagi hayot 
shakllarining rang-barangligiga qiyoslanadi. Demak, tabiat qanday xilma-xillikning birligi bolsa, 
jamiyat ham ana shunday rang-baranglikning uyg‘unligidir. Jamiyatda ham hamma va har bir 
narsaning o‘z o‘rni bor.
Bu g‘oyalar nemis faylasufi va sotsiologi O. Shpengler (1880— 1936) va ingliz tarixchisi 
A. Toynbi (1889—1975) ta’limotlarida har tomonlama asoslab berishga harakat qilindi. O. 
Shpengler o‘zining «Yevropaning so‘nishi» nomli asarida tarixni bir-biridan mustasno bo'lgan 
madaniyatlar majmuyidan iborat, deb hisoblaydi hamda mukammal rivojlangan 8 xil madaniyatni 
ko‘rsatadi. Bular: arab, hind, vavilon, xitoy, yunon-rim, vizantiya-arab madaniyatlari, mayya va 
russ-sibir madaniyatlaridir. Madaniyatlar o‘ziga xos diniy asosga ega bolib, ularning har biri qat’iy 
biologik maromga (ritmga) bo‘ysunadi. Va quyidagi asosiy davrlarni bosib o‘tadi: tug‘ilish va 
bolalik, yoshlik va kamolot, qarilik va so‘nish. Buning asosida madaniyatlar rivojining ikki 
bosqichi mavjud, deb ko‘rsatiladi. Birinchi bosqich — madaniyat ravnaqi (sof madaniyat) va 


ikkinchisi — uning tanazzuli («sivilizatsiya»). O. Shpengler yevropotsentrizmga, ya’ni barcha 
madaniyatlarni yevropalashtirish g‘oyasiga qarshi chiqdi. Har bir madaniyatning o‘ziga xosligi, 
bir-biridan mustasno holda rivojlanish g‘oyasini mutlaqlashtirdi. Ular o‘rtasidagi o‘zaro 
aloqadorlik ham mavjudligiga kam e’tibor qaratdi.
Yana bir olim A. Toynbi esa o‘zining 12 jildlik «Tarixni o‘rganish» asarida 
madaniyatlarning hududiy rivojlanish g‘oyasini davom ettirdi. Biroq uning ta’limoti Shpengler 
konsepsiyasidan o‘zining ikki jihati bilan farqlanadi. Birinchidan, insonda o‘z hayotini erkin 
belgilash imkoniyati mavjudligini, tarixiy taraqqiyot zaruriyat va erkinlikning o‘zaro birligidan 
iborat ekanligini nazarda tutsa, ikkinchidan, tarixiy taraqqiyotning davriy modeli dunyoviy dinlar 
(buddizm, xristianlik, islom)ning barcha xalqlarni yaqinlashtiruvchi va jipslashtiruvchi bosh omil 
g'oyasi bilan boyitilgan. Toynbi G‘arb xristian sivilizatsiyasining tanazzulga qarab 
borayotganligini ko‘rsatib, uning oldini olish yolini ma’naviy birlikda, jahon xalqlarining yagona 
dinni qabul qilishlarida, deb hisoblaydi.
Umuman olganda, hozirgi paytda jamiyat taraqqiyotining sivilizatsion konsepsiyasi 
ko‘pchilik faylasuflar tomonidan tan olinmoqda. Xususan, industrial va postindustrial jamiyat 
g'oyalari, ayniqsa, ommaviylashib bormoqda. Unga ko‘ra, jamiyat taraqqiyotining bosh mezoni 
— sanoatning rivojlanish darajasidir.
Shunday qilib, XX asr oxiri va XXI asr boshlariga kelib rang-barang falsafiy ta’limotlar 
shakllandi. Ularning barchasini mazkur mavzuda ko‘rib chiqish imkoniyati bo‘lmasa-da, yuqorida 
bayon etilgan ma’lumotlardan falsafiy plyuralizm haqida, falsafa zamon va makon bilan bog‘liq 
murakkab fan ekanligi to‘g‘risida muayyan xulosaga kelish mumkin. Bu sohadagi bilimlarimiz, 
o‘z navbatida bizning milliy g‘oya va mafkuramizni shakllantirishga, ma’naviyatimizning boyib, 
mustahkamlanib borishiga, intellektual kamolotimizga xizmat qiladi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə