Falsafiy tafakkur taraqqiyot bosqichlari: G’arb falsafasi. Reja



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix26.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#131798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Falsafa 2 mavzu (1)

Ingliz falsafasi.
O‘sha davr falsafasining asosiy vakillaridan biri F. Bekon (1561—1626) 
yuqoridagi masala haqida shunday degan edi: «Moddiy dunyo, mamlakatlar, dengizlar, planeta 
juda keng bolgani holda insonlarning ma’naviy dunyosini eski chegaralar bilan o‘rab qo‘yilishi 
sharmandalikdan boshqa narsa emas» («Yangi Organon» kitobi). Bekon ingliz falsafasining o‘rta 
asrlardagi taraqqiyotiga eng katta hissa qo‘shgan olimlardan biridir. Uning ta’limoticha, fanning 
yangi binosini ko‘rish uchun, to‘g‘ri fikrlashga o‘rganish kerak. Bekon ta’limoticha, tabiatni 
bilishda bir necha «idollar» insonga xalaqit beradi. Ular inson aqlini o‘rab tashlaydi. Ular asosan 
to‘rtta. Birinchisi urug‘ idollari, bular inson zotiga, butun odamlarga xosdir. Masalan, Bekon 
shunday deydi: «insonning aqli qiyshiq ko‘zguga o‘xshaydi. U narsalarning tabiati bilan o‘z 
tabiatini aralashtirib yuborib narsalarni qiyshiq, buzuq ko‘rsatadi. Ikkinchisi, qor idollari. Bu har 
bir odamnning o‘z spetsifik xususiyatlari natijasida yanglishishi. Ular flkrlash ufqining 
cheklanishidan tug‘iladi. Bu narsa hamma narsani o‘z nuqtayi nazari bilan ifodalash, o‘zinnig tor 
doirasi bilan o‘lchash natijasida vujudga keladi. Uchinchisi, maydon idollari bolib, u ma’lum 
bolgan tasavvurlarga tayanish odati, noto‘g‘ri yoki noaniq termonologiyalarga tanqidiy 
yondashmaslik oqibatida vujudga keladi. Bu masalaga Bekon juda ham katta ahamiyat beradi. 
Masalan, u shuni ta’kidlaydiki, real borliqni ifodalamaydigan yoki uni noaniq, mavhum 
ifodalaydigan so‘zlar soxta tushunchalarni tug‘diradiki, ular tafakkurga teskari ta’sir qiladi. 
To‘rtinchisi, teatr idollari: ular avtoritetlar fikriga ko‘r-ko‘rona ergashib qa~ dimgilarning falsafiy 
sistemalarini davom ettiraveradilar.
Bekon tomonidan sxolastikaga qarshi qaratilgan idollarning tanqidi katta metodologik 
ahamiyatga ega. U ijtimoiy-siyosiy qarashlari bo‘yicha kuchli markazlashgan davlat tarafdori 
bo‘lgan. Jamiyat hayotida asosiy rolni Bekon fikricha san’at va savdo rivojlanishi o‘ynaydi.
Uning ta’limotini Tomas Gobbs (1588—1679) takomillashtirgan va rivojlantirgan. Gobbs 
moddiylikni asosiy substansiya deb hisoblagan, materiyaning abadiyligi, harakatning esa 
mexanistik tarzda amalga oshishining tarafdori bo‘lgan olimdir. U matematik sifatida borliqning 
namoyon bo‘lishini geometriya fani nuqtayi nazaridan tushuntirgan. Bilish nazariyasida Gobbs 
ko'proq empirik jihatlarga o‘z e’tiborini qaratgan, sezgilarning bilimlar hosil qilish jarayonidagi 
ahamiyatini tahlil qilgan. Jamiyat taraqqiyoti va unda davlatning o‘rni hamda kelib chiqishi 
masalasida Gobbs ko‘proq xususiy mulkchilikka asoslanadi. Shu bilan birga uning fikricha, 
davlatning monarxiya shakli maqsadga muvofiq bo‘lib hisoblanadi.
Ingliz falsafasida Jon Lokk (1632—1704) qarashlari alohida o‘rin tutadi. U tajribani 
bilishning asosiy manbai deb hisoblaydi. Bunda ichki va tashqi tajriba ajratib ko‘rsatiladi. 1690-
yilda Lokk tomonidan yozilgan «Inson aqli haqida tajriba» nomli asarida R. Dekartning «tug‘ma 
g‘oyalar» to‘g‘risidagi qarashlariga qarshi chiqadi. Lokkning fikricha bilish tabiat va inson 
o‘rtasidagi munosabatlardan iborat bo‘lib, haqiqatlar esa kishilarning bu jarayonda hosil qilgan 
tushunchalari, g‘oyalari va xulosalarining olamga mos kelishidan iboratdir.


Ijtimoiy-siyosiy qarashlariga ko‘ra Lokk davlatning o‘ziga xos quyidagi tamoyillarini 
ta’riflaydi:
1. Hokimiyatni qonun chiqaruvchi tizimi.
2. Hokimiyatning ijro etuvchi organlari.
3. Ittifoq federativ hokimiyati.
Ana shu tamoyillar uyg‘un bolganida davlatning faoliyati samarali amalga oshadi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə