Falsafiy tafakkur taraqqiyot bosqichlari: G’arb falsafasi. Reja



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix26.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#131798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Falsafa 2 mavzu (1)

Neotomizm
— XX asrdagi eng yirik diniy-falsafiy oqim bo‘lib, u o‘rta asrlardagi (XIII asr) 
Foma Akvinskiyning ta’limotini qay~ tadan tikladi. U (neo — yangi, tomizm — «foma», 
transkripsiyada «toma» bolib o‘zgargan) Foma Akviniyning yangi, zamonaviy ta’limoti 
demakdir. Bu ta’limotga kola, ilm va e’tiqod o‘rtasida tola muvofiqlik, uyg‘unlik bor. Ular bir-
birini toldirib turadi, har ikkisi ham Xudo tomonidan berilgan haqiqat. Neotomizm vakillari 
fikricha, ilm yetmagan joyda e’tiqod qollanishi kerak. Lekin bu e’tiqod ko‘r-ko‘rona, shunchaki 
ishonch bolmay, balki mantiqan teran anglangan e’tiqod bolishi kerak. Xudoning mavjudligini 
falsafa turli mantiqiy usullar orqali isbot qilishi lozim. Neotomizm hozirgi dunyoda 
sivilizatsiyalashgan ta’limot sifatida maydonga chiqmoqda. O‘z navbatida bu demokratiya ustuvor 
bolgan hayot tarziga muayyan darajada mos keladi.
Neokantchilik XIX asr o‘rtalarida shakllangan va XX asr boshlarida rivojlangan ta’limotdir. 
Uning vakillari I. Kant o‘z davrida qo‘ygan ilmiy bilishning umumiyligi va zaruriyati haqidagi 
hamda tajribaviy aql haqidagi muammolarni tahil etadilar. Bu ta’limotga kola, inson dunyoga bir 
marta keladi, shuning uchun har bir insonning hayoti o‘zi uchun eng oliy maqsaddir. Shunday 
ekan, inson hayotidan kimdir o‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun vosita sifatida foydalanishi 
mumkin emas. Erkin mavjudot deganda, Kant izdoshlari o‘zi xohlagan ishlarni qiluvchi kishini 
emas, balki jamoatchilik manfaatiga qarshi vurmaydigan, unga zid ish qilmaydigan, ammo o‘z 
haq-huquqlarini yaxshi biladigan insonni nazarda tutadilar.
XX asrga kelib, fan va texnika taraqqiyoti bilan ilmiy tafakkur va til muammolarini falsafiy 
tahlil qilishga qiziqish nihoyatda ortdi. Bu yo‘nalishda ishlayotgan eng yirik oqimlarga 
neopozitivizm, strukturalizm va germenevtika kabi falsafiy qarash namoyandalari misol boladi.
Neopozitivizm oqimining yirik namoyandalari Karnap, Ayer, Rassel, Vitgenshteyn va 
boshqalardir. Neo — yangi; pozitiv — ijobiy degan ma’noni anglatadi. Nepozitivizm G'arbda XIX 
asrning 20-yillarida paydo bolgan, asoschisi XIX asrda yashagan Ogyust Kontdir. Neopozitivistlar 
verifikatsiya prinsipini ilgari suradilar (lot. Veritas — haqiqat). Ularning fikricha, faqat tajribada 
o‘z tasdig‘ini topgan bilimgina haqiqiydir. Lekin nazariy, mavhum bilimlarning hammasini ham 
tajribada ekvivalentini topish, aynan shunday ekanligini isbot qilish mumkin emasligi tufayli bu 
prinsip keyinchalik inkor etildi.
Shundan so‘ng postpozitivizm (ya’ni keyingi pozitivizm) vakili K. Popper falsifikatsiyalash 
metodini ilgari surdi. Bunga kola, inson ba’zi nazariy bilimlarning haqiqatligini emas, xato 
ekanligini isbotlashi kerak. Oxir-oqibatda neopozitivizm vakillari falsafa bilimlarning 
haqiqiyligini mantiqiy — lingvistik usul orqali isbotlashi va sistemalashtirishi kerak, degan 
xulosaga keldilar. XX asrning 60—70-yillariga kelib, neopozitivizmning mavqeyi kamayib, 
asosiy o‘ringa strukturalizm va germenevtika chiqdi.



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə