Falsafiy tafakkur taraqqiyot bosqichlari: G’arb falsafasi. Reja


XX asr va hozirgi zamon falsafasi



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix26.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#131798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Falsafa 2 mavzu (1)

XX asr va hozirgi zamon falsafasi
. Ma’lumki, hamma zamonlarda ham falsafa o‘z 
davrining dolzarb muammolarini hal etish yollarini topishga harakat qilgan. XX asrga kelib 
insoniyat fan va texnika taraqqiyoti sohasida ulkan yutuqlarni qolga kiritdi. Lekin shu bilan birga, 
aynan ushbu asr ijtimoiy silsilalar, ikkita jahon urushi, ekologik inqiroz, og‘ir yo‘qotishlar davri 
ham boldi. Bu esa falsafiy fikrning taraqqiyotida o‘z aksini topdi, uning turli yo‘nalish va oqimlari 
shug‘ullangan muammolarning salmogl, maqsad-muddaosini aniq belgiladi. Buning natijasi 
sifatida, hozirgi davr falsafasida nihoyatda xilma-xil oqim va yo‘nal ishlar mavjud. O‘z navbatida 
bu ilm-fan va amaliyotning hamda XIX asrning ikkinchi yarmi va hozirgacha bolgan falsafa ilmi 
rivojining asosiy xususiyatlarini belgilaydi.
XX asrga kelib ko‘pgina falsafiy oqimlar o‘zlarining an’anaviy falsafaga aloqador 
ekanliklarini hamda ulardan farq qilishlarini ta’kidlash maqsadida, nomlariga «nео», ya’ni yangi, 
zamonaviylashgan 
degan ma’noni anglatuvchi qo‘shimchani qo'shganlar. Masalan, 
neopozitivizm, neotomizm va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Fanning jamiyat hayotidagi 
o‘rnini belgilash va unga nisbatan munosabatga qarab, zamonaviy falsafiy ta’limotlarni asosan 
ikki yo‘nalishga ajratish mumkin.
Ulardan biri — stsientizm (lot. scientia — fan) ya’ni fan mavjud barcha ijtimoiy 
muammolarni hal etishi mumkinligini ilm-fan taraqqiyotining doimiy ijobiyligini asoslovchi 
falsafiy dunyoqarash. Stsientizm g‘oyalari, neopozitivizm, texnologik determinizm kabi 
ta’limotlarning asosini tashkil etadi.
Ikkinchisi — antistsientizm, ya’ni fan taraqqiyoti jamiyat hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini 
asoslovchi falsafiy dunyoqarash. Bunday dunyoqarash ekzistensializm, Frankfurt ijtimoiy-falsafiy 
maktabi, Rim Klubining bir qator tarmoqlarini, ba’zi diniy-falsafiy oqimlarning fanga 
munosabatini ifodalaydi. Antistsientizm ilm-fan taraqqiyotining natijalarini nazorat ostiga olish, 
bu masalada jamiyat hayotini xavf ostiga qo‘ymaslik talabi bilan bogliqdir. Antistsientizmning 
ayrim o‘ta ashaddiy namoyandalari fan-texnika taraqqiyotini tamoman to'xtatib qo‘yish g'oyasini 
ham ilgari suradilar. Umuman olganda, XX asr falsafasida birbiriga muqobil bo‘lgan yo‘nalishlar 
ratsionalizm va irratsionalizm, antropologizm va naturalizm, stsientizm va antistsientizm, 
materializm va idealizm o‘z o‘rniga ega bolmoqda.
Yangicha falsafiy tafakkurga asos solgan olimlar orasida ko‘pchilik nemis olimi Artur 
Shopengauer (1788—1860) qarashlarini tilga oladi. Shopengauer olamdagi barcha mavjud 
narsalarni irodaning namoyon bo‘lishi, irodani esa ongsiz ko‘r-ko‘rona intilish tarzida tushunadi. 
Maxluqotlarning instinktlari, xatti-harakatlari — irodaning namoyon bo‘lishidir. Inson faoliyati 


ham aqldan begona bolgan irodaning natijasidir. Shuning uchun inson mohiyati irratsional asosga 
ega. Aql esa tasodifiydir. Inson hayoti doimo aylanib turgan iroda gi’ldiragiga bogliqdir.
Shopengauer ta’limotini davom ettirgan nemis faylasufi Fridrix Nitsshe (1844—1900) 
fikricha, «borliqning eng chuqur mohiyati hokimiyatga erishish uchun bolgan irodadir». Nitsshe 
inson borlig‘ida maxluqlik va xoliqlikni birlashib ketganini asoslab berishga harakat qildi. Uning 
diyorimizda bundan ikki yarim ming yil muqaddam shakllangan zardushtiylik ta’limotini o‘rganib 
yaratgan «Zardusht tavallosi» asarida kuchli shaxslarni tarbiyaIash-g‘oyasi ilgari surilgan. U o‘z 
ortidan irodasiz kishilar ommasini yetaklashga qodir bolgan irodasi kuchli shaxslarni tarbiyalash 
tarafdori bolgan. Nitsshening sivilizatsiya va madaniyatning so‘nishi va barham topishi 
to‘g‘risidagi g‘oyasiga asoslanib, 1918-yilda G. Shpengler «Yevropaning so‘nishi» degan asarini 
yozadi.
O‘tgan asr oxiri olimlari ijtimoiy inqiroz va ma’naviy turqunlikdan chiqishning yolini 
g‘arbda klassik falsafiy merosga murojaat etishda va uni qayta tiklashda ko‘rdilar. Shu zaylda 
«Orqaga Kantga» shiori ostida neokantchilik, «Orqaga Hegelga» shiori ostida esa neohegelchilik 
paydo boldi. Shu bilan birga, falsafaning klassik ildizlarini saqlab qolishni diniy oqim bolgan 
neotomizm ham yoqlab chiqdi. Neotomizm shu bugunga qadar ham o‘z mavqeini yo‘qotmagan 
bolib, katolik cherkovi tomonidan qollab-quvvatlanadi. Bunda ayniqsa Rim papasi rahbarlik 
qiladigan Vatikanning faoliyati muhim o‘rin tutadi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə