Falsafiy tafakkur taraqqiyot bosqichlari: G’arb falsafasi. Reja



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix26.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#131798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Falsafa 2 mavzu (1)

Fransuz falsafasi
. O‘rta asrlardagi Yevropa falsafasi taraqqiyotida Fransiyada shakllangan 
milliy falsafa maktabi nihoyatda katta o‘rin tufadi. Bu borada R. Dekart, Volter, Lametri, 
Gelvetsiy, Didro, Golbax va Russolarning qarashlari nihoyatda muhim.
R. Dekart (1596—1650) falsafasida dualizm asosiy o‘rin tutadi. Uning fikricha materiya va 
ruh borliqning asosida yotadi va xudoga bo‘ysunadi. Olam, Dekart fikricha cheksiz va abadiy, u 
inson tafakkuriga bog‘liq bolmagan holda rivojlanadi va takomillashadi. R. Dekartning «Men fikr 
qilayapman, demak men mavjudman» degan fikri faylasuflar orasida mashhurdir. Bilishda fikr va 
sezgilarning ahamiyatini nihoyatda ortiqcha deb bilgan R. Dekart ratsionalizm ta’limotining 
asoschisi bolib hisoblanadi. Uningcha insonning fikrlashi va mulohaza qilishi shubha ostiga olib 
bolmaydigan jarayondir, undan boshqa hamma narsani tekshirish shubha ostiga olish mumkin. 
Dekart o‘sha zamonning eng buyuk matematiklaridan biri bolib, o‘z davrida aniq fanlar sohasida 
katta ahamiyat kasb etgan deduksiya usulini falsafaga kiritgan olim hisoblanadi.
Lametri va Gelvetsiy, Didro va Golbax o‘z davrida fransuz hayotida nihoyatda katta 
ahamiyatga ega bolgan milliy davlatchilik, inson erkinligi va haq-huquqlari muammolariga 
alohida e’tibor qaratganlar. Fransuz millatini ma’naviy jihatdan yuksaklikka ko‘tarish va ma’rifatli 
xalqqa aylantirish uchun o‘z asarlarida ana shu qadriyatlarga erishishning yollari va usullarini 
kolsatib berganlar.
Ular tomonidan yaratilgan ko‘p tomlik «Ensiklopediya» o'sha zamonning ma’naviy 
muammolarini ma’rifatli yol bilan hal qilish usullari va imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan «Yevropa 
qomusi» darajasiga ko‘tarilgan edi. Bu kitobni yaratishda boshqa ko‘pgina ma’rifatparvar fransuz 
olim va mutaxassislari ham qatnashgan bolib, o‘zining ahamiyati, muammolarining umuminsoniy 
nuqtayi nazaridan yechilishi, xalqchilligi va tilining fransuz millati hayot tarziga yaqinligi bilan 
ensiklopediya XVIII asr Yevropasining tengi yo‘q kitobi edi. Aynan ana shu kitob mualliflari 
o‘zlarining boshqa asarlari va faoliyatlari bilan 1789—1884-yillardagi Fransuz inqilobi qabul 
qilgan «Inson va grajdanlar huquqlar deklaratsiyasi»da ilgari surilgan umuminsoniy qadriyatlarni 
jamiyat taraqqiyotining eng ustuvor ma’naviy mezonlariga aylantirdilar.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə