O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti


Bitiruv malakaviy ishining tarkibi



Yüklə 438,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/20
tarix26.10.2023
ölçüsü438,53 Kb.
#131905
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
investitsiyalar hisobini buxgalteriya hisobining milliy standartlari

Bitiruv malakaviy ishining tarkibi
kirish, uchta bob, xulosa, adabiyotlar 
ro’yxatidan iborat. 



I BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALSH SHAROITIDA 
INVESTITSIYALAR HISOBINING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI 
1.1.
 
Investitsiyalarning mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishdagi 
ahamiyati
 
Iqtisodiyotni 
modernizatsiyalash 
sharoitida 
Respublikamiz 
iqtisodiyotining barcha bo’g’inlarda investitsion faollikning oshirilishi, 
investitsiya resurslaridan samarali foydalanish, katta hajmdagi investitsiyalarni 
amalga oshirish taqozo etmoqda, yangi tarmoqlar bunyod etilmoqda, qo’shma 
korxonalar soni oshib bormoqda. Respublikamiz iqtisodiyotiga safarbar etilgan 
yirik miqiyosda investitsiyalar import o’rnini bosuvchi ishlab chiqarishning 
barpo qilinishi va yangi mahsulot turlarining o’zlashtirilishi bilan bog’liq bo’ldi. 
Bunday tuzilmaviy o’zgartirishlar jahon xo’jaligiga kirib borish, 
mamlakat iqtisodiyotining barqaror o’sishiga erishish imkoniyatlarini yaratadi. 
Investitsiyalashning ustuvor yo’nalishlarini aniq belgilash, ilmiy 
asoslangan investitsiya qarorlarini qabul qilish investitsiya faoliyatini oqilona 
tartibga solish asosida ichki va tashqi moliyaviy manbalarning barcha shart-
sharoitlarini hisobga olgan holda jalb qilish milliy iqtisodiyotning kelajagini 
belgilaydi. Mamlakatimiz investitsiya faoliyatida, ayniqsa, xorijiy investitsiyalar 
ishtiroki kuchayib bormoqda.
Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov “Bir so’z 
bilan aytganda, 2016 yilda iqtisodiyotimizni rivojlantirish, modernizatsiya qilish 
va tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish uchun 17 milliard 300 million dollar 
qiymatidagi investitsiyalar yo’naltirish, ularning o’sish sur’atini 109,3 foizga 
etkazish belgilangan. Ana shu investitsiyalarning 4 milliard dollardan ortig’ini 
xorijiy investitsiyalar tashkil qiladi, bu 2015 yilga nisbatan 20,8 foiz ko’pdir. 
Shu borada muhim bir masalaga e’tiboringizni alohida jalb etmoqchiman. 
Ya’ni, ilgari tushimizda ham ko’rmaydigan investitsiyalar, avvalo, chet el 
investitsiyalarini iqtisodiyotimiz taraqqiyotiga jalb etar ekanmiz, biz avvalo, 



shular hisobidan xorijdan olib keladigan texnika va texnologiyalar zamon 
talabiga javob beradigan eng yuqori darajada bo’lishi shart”
1
.
Investitsiya faoliyatidagi burilishlar, ta’kidlangan vazifalarni echish; 
investitsiyalashning davlat mexanizmini erkinlashtirib borish va bozor 
mexanizmlarida qo’llaniladigan sohalarni kengaytirish; investitsiyalashni o’z 
jamg’armalari hisobidan ta’minlashning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish 
va joriy qilish; loyihaviy, korporativ moliyalashtirish, lizing kabi yangi 
usullardan foydalanish sohalarini kengaytirish talab qilinadi. 
Oxirgi yillar davomida bozor islohotlarining zafarli yurishi natijasida 
«investitsiyalar» atamasi keng qo’llaniladigan tushunchalardan biri bo’lib qoldi. 
Har taraflama asoslangan, puxta o’ylangan investitsiya qarorlarini 
investitsiyalarni moliyalashtirishning ishonchli manbalari bilan chambarchas 
bog’liqlikda qabul qilish zarurligini va chet el kapitalini jalb qilishning kengayib 
borayotganligini hisobga oladigan bo’lsak, hozirgi zamon moliya nazariyasi 
nuqtai nazaridan investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyatini ochib 
berish, ularning eng muhim sifat tavsiflarini aniqlash g’oyat dolzarb masala 
hisoblanadi. 
Investitsiyalarning mazmun va mohiyatini aniq ochib berish uchun pul 
oqimlarining zamonaviy va bo’lajak qiymatlaridan kelib chiqqan holda tahlil 
olib borish maqsadga muvofiq.
Iqtisod fanlarining turli tarmoqlarida, amaliy faoliyatning turli 
yo’nalishlarida investitsiyalashning maqsadlari, harakatlar yo’nalishi, sohalar 
xususiyatlari, safarbar etilish ob’ektlari, harakat yo’nalishlaridan kelib chiqib va 
ahamiyatiga qarab «investitsiyalar» tushunchasi o’ziga xos ma’noda ishlatiladi. 
Moliya nuqtai nazaridan ularning mazmun va mohiyatini aniq belgilash muhim 
vazifa hisoblanadi. Investitsiyalar bo’lajak natijalarni qo’lga kiritish maqsadida, 
mohiyatan hozirgi xarajatlarni bildiradi.
1
I.A.Karimovning “Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, 
iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va 
tadbirkorlikka yanada keng yo’l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir”T:, O’zbekiston 2016 y. 15 yanvar 6-7 
betlar. 



«Investitsiya» atamasi lotin tilidagi “Invest” so’zidan kelib chiqqan bo’lib 
«qo’yish», «mablag’ni safarbar etish» ma’nosini bildiradi. Keng ma’noda 
investitsiyalar ko’paytirib qaytarib olish maqsadlarida kapitalni bog’lashni 
bildiradi. Ko’pgina hollarda «investitsiyalar» tushunchasi iqtisodiy va boshqa 
faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga 
doir huquqlar tarzida ta’riflanadi. 
Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyatini ko’rib chiqishda 
shuni ta’kidlash lozimki, iqtisodiy adabiyotlarda «investitsiyalar» atamasini 
«kapital qo’yilmalar», «kapital» tushunchalari bilan aynan ma’nolarda qo’llash 
holatlari ko’p uchraydi. Bunday hollarda investitsiyalar asosiy kapitalga 
mablag’lar qo’yish ma’nosida talqin qilinadi. Ayni paytda shuni ham nazarda 
tutish kerakki, investitsiyalar nomoddiy aktivlarga ham, intellektual mulkka 
ham, aylanma aktivlarga, shu jumladan, moliyaviy vositalarga ham taalluqli. 
Investitsiyalarning mazmuni aniq va ishonchli manbalardan mablag’lar 
olish, ularni asosli holda safarbar etish, risklar darajasini hisobga olgan holda 
kapital qiymatini saqlash va ko’zlangan samaraga erishishdan iborat bo’ladi. 
Ana shu belgilarga ko’ra investitsiyalar boshqa qo’yilmalardan mazmunan farq 
qiladi. 
 
Bularning barchasi asosida kapitalning harakatlanish jarayoni yotadi. 
Kapitalning esa harakat qilish jarayoniga jalb etilishi investitsiyalarni mohiyatini 
aks ettiradi. 
Investitsiya kiritish maqsadlari va ular bilan bog’liq risklardan kelib 
chiqqan holda investitsiyalar venchur (riskli), bevosita, portfel va annuitet kabi 
turlarga tasniflanadi. Ma’lumki, katta risklar bilan bog’liq bo’lgan, yangi 
faoliyat sohalarida yangi aktsiyalar chiqarish venchur kapital shakli hisoblanadi 
Demak, investitsiyalar aniq va noaniq, lekin ehtimol risklar ostida 
kapitalni muayyan jarayonlarga, muayyan vaqtga bog’lash bo’lib, uning hozirgi 
qiymatini saqlash, kapitallashtirish va jamg’arish maqsadiga qaratiladi. 
Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuniga ko’ra quyidagi turlari mavjud: 
- real investitsiyalar; 



- moliyaviy investitsiyalar; 
- intellektual investitsiyalar. 
Real investitsiyalar - bu korxona asosiy vositalarini vujudga keltirish va 
takror ishlab chiqarishga, shuningdek, moddiy ishlab chiqarishning boshqa 
shakllarini rivojlantirishga qo’shiladigan investitsiyalardir. Buxgalteriya 
hisobida bu turdagi investitsiyalar kapital qo’yilmalar sifatida e’tirof etiladi.

Yüklə 438,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə