Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1/2), Jan., 2023
508
ZAMONAVIY PEDAGOGNING KASBIY KOMPITENTLIGINI
RIVOJLANTIRISHNING METODLARI
Amanlikova Nafisa Raxmatullayevna
Toshkent davlat transport universiteti
v. b. dotsent
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada zamonaviy pedagogning kasbiy kompitentligini rivojlantirish
metodlardan unumli foydalanish hamda sifatli ta’lim berish va о‘z navbatida
pedagogning kasbiy mahoratiga bog‘liqligi haqida to’xtalib o’tilgan. Maqolada
ta’lim-tarbiya jarayoni alohida о‘ringa ega ekanligi hamda hozirgi zamonaviy
pedagogning egallashi kerak bо‘lgan kasbiy kompitentlik, pedagogning mahorati
haqida to’xtalib ilmiy jihatdan yoritilib berilgan.
Kalit sо‘zlar: Kompetentlik, o’zini o’zi tahlil qilish, autokompetentlik, ekstremal
kasbiy kompitentlik, dars berish mahorati, nazariya, pedagogika, o’zini o’zi baholash,
metodika.
ABSTRACT
In this article, the development of the professional competence of a modern
pedagogue is focused on the effective use of methods and quality education and, in
turn, the dependence of the professional skills of the pedagogue. In the article, the
educational process has a special place, and the professional competence and skills
of the modern pedagogue are highlighted scientifically.
Key words: Competence, self-analysis, auto-competence, extreme professional
competence, teaching skills, theory, pedagogy, self-assessment, methodology.
KIRISH
Zamonaviy jamiyat ta’lim tizimi oldiga yuqori malakali, intiluvchan,
raqobatbardosh, tashabbuskor, ma’naviy va jismoniy sog’lom shaxslarni tarbiyalab
berish talabini qo‘ymoqda. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasida "yuksak bilimli va intellektual
rivojlangan avlodni tarbiyalash, oliy ta’lim muassasalarida kompetentli ilmiy
pedagogik kadrlar zahirasini yaratish" vazifasi belgilandi. Kompetentli pedagog - u
kim? Uning shakllanish jarayoni qanday kechadi kabi savollar tug’iladi. Shu nuqtai
nazardan "kompetentlik" va "kompetensiya" tushunchalar mazmun mohiyatini
aniqlashimiz muhimdir. Har qanday o‘qituvchi ham "kompetentlik" nimani
anglatishini va u "kompetensiya"dan nimasi bilan farq qilishini bilavermaydi.
"Kompetentlik" tushunchasi pedagogning ma’lumoti, ko‘nikmasi, qobiliyati va
tajribasini o‘z ichiga oladi. Boshqacha aytganda, uning ma’lum bir ish turini bajarish
Dostları ilə paylaş: |