|
Zamonaviy pedagogning kasbiy kompitentligini rivojlantirishning metodlari69 Amanlikova Nafisa Raxmatullayevna 508-513Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1/2), Jan., 2023
511
• Ekstremal kasbiy kompitentlik (kutilmagan vaziyatlarda ishlay olish).
Yuqoridagi tadqiqot
natijalarini umumlashtirib
aytganda
mutaxassis
ta’lmni tashkil etish jarayonida yuqori darajada bilimga ega bо‘lishi, о‘zini ustida
ishlab rivojlantira olishi va har qanday kutilmagan holatlarda ulardan chiqish yo’lini
bilishi zarur ekan.
Pedagogik texnologiyaning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda o„quv
maqsadlariga erishishni kafolatlaydigan o„quv jarayoni loyihalashtiriladi va amalga
oshiriladi.
Texnologik
yondoshuv,
eng
avvalo,
tasvirlash
emas,
balki
loyihalashtirilgan natijalarni amalga oshirish imkonini beruvchi amaliy ko’rsatmali
tuzilmada o’z ifodasini topadi. Maqsadga yo’naltirilganlik, oraliq natijalarni tashxisli
tekshirib borish, ta’limni alohida o’qitish lavhalariga ajratish kabi usullar hozirgi
kunga kelib qayta-qayta takrorlash mumkin bo’lgan ta’lim texnologiyasi g’oyasida
mujassamlangan.
U asosan o’z ichiga quyidagi omillarni oladi:
Ta’limda umummaqsadning qo’yilishi;
tuzilgan umummaqsaddan aniq maqsadga o’tish; o’quvchilarning bilim
darajasini dastlabki (tashxisli) baholash;
Ta’limga texnologik yondoshuv. Tarbiyalash texnologiyasi - nisbatan yangi
atama bo’lishiga qaramay, rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan. Tarbiyalash
texnologiyasi yoshlar bilan tarbiyaviy ishlarning g’oyasi, mazmuni, tarkibini emas,
balki bu sohadagi hukumat ishlab chiqqan maqsad va vazifalarni samarali amalga
oshirish bilan shug’ullanadi. Tarbiyalash texnologiyasi mo’ljallangan tarbiyaviy
maqsadga samarali erishuvni ta’minlovchi vositalar majmuasini ko’rib chiqadi. Shu
bois professor-o’qituvchilar uchun har tomonlama rivojlangan yuqori intellektual va
ma’naviy barkamol fuqaro shaxsini shakllantirishga qaratilgan talabalarni hukumat
siyosatiga muvofiq tarbiyalash texnologiyalarini egallashi dolzarbdir.
Zamonaviy tarbiyalash texnologiyasi - har tomonlama yondoshuvni amalga
oshiradi va quyidagi majburiy talablarga rioya qiladi; Tarbiyalanuvchilarga 3
yo’nalish bo’yicha ta’sir etiladi - tafakkuriga, sezgilariga va xulqiga.
Shaxsning ma’lum sifatlari amaldagi tarbiyaviy ishlar majmui orqali hosil
qilinadi. Bu ishlar yaqqol ko’rinishdagi ko’p yoqlik bo’lishi, bir vaqtning o’zida aqliy,
jismoniy, xulqiy, estetik va mehnat tarbiyasini uzviyligi asosida olib borishi zarur.
Har yoqlama yaxlit tarbiyaviy yondashuv tarbiyachining tizimli munosabatini va
boshqaruvini taqoza qiladi. Boshqaruv tarbiya jarayonida ishtirok etuvchi tashqi va
ichki omillarni va ularning o’zaro ta’sirini inobatga olingandagina muvaffaqiyatli
bo’lishi mumkin. Shu bois, u omillar haqida aniq tasavvurga ega bo’lishi zarur.
|
|
|