|
Zamonaviy pedagogning kasbiy kompitentligini rivojlantirishning metodlari69 Amanlikova Nafisa Raxmatullayevna 508-513Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1/2), Jan., 2023
510
qilishdagi shaxsiy bilish qobiliyatidir. Shuningdek, kompitensiya deganda ma’lum bir
tashkilot, kompaniya xodimlarining (yoki ayrim xodimlar guruhining) shaxsiy,
kasbiy va hokazo fazilatlariga rasmiy ravishda tavsiflangan talablar tushuniladi.
Kasbiy kompitentlik – mutaxasis tomonidan kasbiy faoliyatni oshirish uchun
kerak bо‘lgan bilimlarning, kо‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni о‘z
faoliyati davomida munosib qо‘llay olishidir. О‘qituvchi albatta, alohida bilim
kо‘nikmalarni egallashi bilan birga, ma’lum bir mustaqil yo’nalish boyicha bilimlar
va harakatlarni о‘zlashtirilishini nazarda tutadi.Demak, kasbiy kompitentlik
pedagogdan mutaxasislik bilimlarini boyitib borish, yangi axborotlarni kuzatib ularni
qо‘llay bilish,izlanuvchanlik va yangi bilimlarni qayta ishlab о‘z faoliyatiga qо‘llay
olish mahoratini ham talab etadi.
K. Angelovski о‘qituvchining kasbiy kompetensiyasi tuzilishini pedagogik
mahorat orqali aniqlaydi.
Pedagogik mahorat bu yerda tо‘rt guruhga ajratiladi:
1.
Ta’limning obyektiv jarayoni mazmunini aniq pedagogik vazifalarga
"tarjima qilish" qobiliyati: shaxs va jamoani о‘rganish, shu asosda yangi bilim va
dizaynni faol о‘zlashtirishga tayyorligini aniqlash, jamoani rivojlantirish va alohida
talabalar; ta’lim, tarbiya va rivojlantirish vazifalari kompleksini aniqlash, ularni
konkretlashtirish va ustun vazifani belgilash.
2.
Mantiqan tugallangan pedagogik tizimni qurish va yo’lga qо‘yish
qobiliyati: о‘quv vazifalarini kompleks rejalashtirish; uni tashkil etish shakllari,
usullari va vositalarini asosli tanlash.
3.
Ta’limning tarkibiy qismlari va omillari о‘rtasidagi munosabatlarni
aniqlash va о‘rnatish, ularni amalda qо‘llash qobiliyati: zarur sharoitlarni yaratish
(moddiy, axloqiy, psixologik, tashkiliy va boshqalar); talaba shaxsini faollashtirish,
uning faoliyatini rivojlantirish;
4.
Pedagogik faoliyat natijalarini qayd etish va baholash qobiliyati: о‘quv
jarayoni va о‘qituvchi faoliyati natijalarini introspeksiya qilish va tahlil qilish;
dominant va bо‘ysunuvchi vazifalarning yangi tо‘plamini belgilash. О‘zbekistonda
о‘qitvchining kasbiy kompitentligi va uningо‘ziga xos jihatlari tog‘risida bir qator
tadqiqot ishlari olib borilgan. B.Nazarova olib brogan tadqiqotlarga kо‘ra kasbiy
kompitentlik
quyidagi
tarkibiy
asoslardan tashkil topadi:
• Maxsus yoki kasbiy kompitentlik (kasbiy faoliyatni yuqori darajada tashkil
etish).
• Ijtimoiy kompitentlik ( kasbiy faoliyatni hamkorlikda tashkil etish, ijtimoiy
mas’ullik).
• Autokompitentlik (о‘zini ijtimoiy-kasbiy rivojlantira olish).
|
|
|