#4, 2021
PEDAGOGIK MAHORAT*ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ МАСТЕРСТВО*PEDAGOGICAL SKILL
113
turli destruktiv
g’oyalar singishi ehtimoli ko‘pligini 48 % respondent ushbu manbani birinchi o‘ringa qo‘yish
orqali tasdiqlaga
n. Ikkinchi o‘rinni diniy ta’lim beradigan shaxslar (34,2 %), uchinchi o‘rinni do‘stlar va
qo‘shnilar (17,6 %) egallagan. Destruktiv g’oyalar manbasi sifatida keyingi o‘rinlarda
turli broshyura,
maqola va adabiyotlar (10,5 %), xorijda ta’lim olish (9,8 %),
ta’lim muassasalari (8,0 %), qarindosh
-uru
g’
lar
(8,0 %), har xil radiostans
iyalar (5,3 %) omillari ko‘rsatilgan. So‘rovga jalb etilgan rossiyaliklarning deyarli
yarmi (46,2 %) internetda destruktiv
g’
oyalar tar
g’
ib etilayotgan materiallarni doimo uchratishlarini, 20,6 %
ko‘pincha, 25,6 % aksariyat hollarda duch kelishlarini bildi
rishgan.
8-diagramma. Internet orqali yoshlar ongiga faol tar
g’
ib qilinayotgan turli destruktiv
g’
oyalar
singishi ehtimoli bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma ko‘rsatkichlari
Biroq,
yoddan chiqarmaslik kerakki, destruktiv
g’
oyalarni tar
g’
ib qilish usullari xilma-
xil bo‘lib,
ularda doim ham mavjud tuzumga qarshi ochiqdan-ochiq harakat qilish unsurlari ifodalanmasligi mumkin.
Xususan, terrorizmning oxirgi yillarda turli ko‘rinishlari vujudga keldi va internetda e’lon qilinayotgan
ushbu mazmundagi materiallar odatlanilgan, shakliy mezonlarga javob bermasligi ehtimoli mavjud. Masalan,
aholi ongiga ta’sir ko‘rsatish uchun jamiyatda mavjud turli muammolarga irqiy, diniy, milliy tus be
riladi va
ularni bartaraf
etishda radikal xatti-
harakatlarga e’tibor qaratish lozi
mligiga ur
g’
u beriladi. Yoki destruktiv
g’
oyalarni tar
g’ib qilishning nisbatan payqash mumkin bo‘lgan shakli
- mazkur harakatlarni oqlash, ularni
legitimlashtirishga urinish.
Destruktiv tar
g’
ibot-
tashviqotning o‘zgacha ko‘rinishlariga
quyidagilarni kiriti
sh mumkin:
- muayyan irq, din, millat vakillariga, ijtimoiy guruhga nisbatan salbiy ustanovkalarni,
adovat
tuy
g’
usini shakllantirish;
- muayyan destruktiv xatti-harakatlarga nisbatan xayrixohlikni tarkib toptirish (ularga masalan,
suisidni tar
g’
ib qiluvch
i yoki ekstremistik harakatlarni qo‘llab
-
quvvatlovchi saytlar faoliyati misol bo‘la
oladi).
Albatta, internetning imkoniyatlari faqat salbiy jihatlarda aks etmaydi. Uning o‘z
iga xos ijobiy
tomonlari ham mavjud. Ular sirasiga ma’lumotga darhol ega bo‘lish, axborot va ma’lumotlarning turfa
xilligi, shaxsning o‘zini namoyon qilishga yordam beruvchi muloqot
imkoniyatining mavjudligi, ta’lim
borasida internet imkoniyatlarini ko‘rsa
tish mumkin. Internetning ijobiy tomonlarini inkor etmagan holda
uning eng kam sarf-xarajat bilan yoshlar orasida samarali destruktiv faoliyat olib borish imkoniyati
mavjudligini ham ta’kidlash lozim. Har kuni turli ijtimoiy tarmoqlar (“Facebook”, “MySpace”, “Twitter”,
“Habbo Hotel”, “Friendster”, “Tagged.com”, “Одноклассники”, “Мой мир”, “В контакте”, “В кругу
друзей”, “Mening olamim”, “Sinfdosh” va hokazolar)da
milliardlab insonlar bir
-birlari bilan virtual
muloqotga kirishmoqdalar, turli saytlarga kirmoq
dalar, bloglarda o‘z
fikrlarini bayon etib, boshqalarning
mulohazalari bilan tanishmoqdalar. Yoshlarda destruktiv
g’oyalarga qarshi hali mafkuraviy immunitet to‘la
shakllanmaganligini, ularning eshitgan yoki o‘qigan ma’lumotiga juda tez ishonishini nazarda
tutsak, bu
ancha e’tibor qaratish zarur bo‘lgan jarayondir.
Dostları ilə paylaş: