|
![](/i/favi32.png) I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva Atom va atom yadrosi to‘g‘risida umumiy tushunchalarVZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG
1.5. Atom va atom yadrosi to‘g‘risida umumiy tushunchalar.
Radioaktiv nuklidlar
Moddadagi zaryadlangan zarrachalarni tormozlash.
Tormozlashdan hosil bo‘lgan nurlanish
- bu shunday elektromagnit
nurlanishki, atom yadrolari va elektronlarni kulon maydonida tez harakatlanuvchi
zaryadlangan zarrachani yoyilib tarqalishidagi (tormozlashdagi) hosil bo‘ladigan
nurlanishdir, ayniqsa, engil zarrachalar – elektronlar, pozitronlar uchun ahamiyatlidir.
Gamma va rentgen nurlanishi bilan namoyon bo‘ladi.
Ionlashtiruvchi nurlanishlarning tavsifi
Ikki turdagi ionlashtiruvchi nurlanishlar mavjud bo‘lib, ularning biri
korpuskulyar, ya’ni tinch vaqtdagi massasi noldan farqli bo‘lgan (α, β va neytronli
nurlanish) bo‘lsa, ikkinchisi to‘lqin uzunligi juda kichik bo‘lgan elektromagnit (γ va
rentgen) nurlanishidir.
Ionlashtiruvchi nurlanishlarning asosiy xarakteristikasi ularning kirib boruvchi
va ionlashtiruvchi qobiliyatidir. Korpuskulyar nurlanishlarning kirib boruvchi
qobiliyati zarrachaning havo yoki boshqa muhitda o‘tgan masofasi bilan aniqlanadi.
Bu zarrachani nurlanish manbasidan chiqqanidan so‘ng modda tomonidan yutib
yuborilmasdan oldin aniqlash mumkin bo‘lgan eng ko‘p masofadir.
Zarrachaning o‘tgan masofasi zaryadga, massaga, boshlang‘ich energiyaga va
harakat sodir bo‘layotgan muhitga bog‘liqdir. Zarrachaning boshlang‘ich energiyasi
ortishi va muhitning zichligi kamaygan sari zarrachaning o‘tgan masofasi uzunligi
ortib boradi. Nurlantirilayotgan zarrachalarning boshlang‘ich energiyasi bir xil
bo‘lgan taqdirda og‘ir zarrachalar engillariga nisbatan kamroq tezliklarga ega
bo‘ladilar.
Elektromagnit nurlanishning kirib boruvchi xususiyat (qobiliyat)i to‘lqin
uzunligi va foton energiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Yuqori energiya va kichik to‘lqin
uzunligi katta kirib borish qobiliyatini ta’minlaydi.
Nurlanishlarning ionlashtirish qobiliyati zarrachalarning energiyasi va ularnig
harakatlanish tezligiga bog‘liq. Agar zarrachalar sekinroq harakatlansa muhit
moddasi atomlari bilan o‘zaro ta’sirlashuvi samaraliroq bo‘lib, zarrachalar o‘zlaridagi
energiya zaxirasini tezroq tasarruf etadilar.
|
|
|